2.2-jadval
Beton uchun ishlatiladigan qumlarning donadorlik tarkibi
chegaralari
Elak teshigining o’lchamlari, mm
|
5
|
2,5
|
1,25
|
0,63
|
0,31
5
|
0,16
|
0,16
kichik
|
Elakdagi to’la qoldiqlar, massasiga nisbatan % hisobida
|
0-2
|
0-20
|
5-45
|
5-70
|
0-90
|
0-100
|
0-10
|
Beton tayyorlash uchun ishlatiladigan qumlarning tarkibi toza bo’lishi lozim. Ya’ni, qumdagi slyuda miqdori 0,5 % dan,ohak va gips 1 % dan, gil va changsimon zarralar miqdori esa 3 %dan ko’p bo’lmasligi kerak.
Qumning donadorlik tarkibiga bog’liq holda, uning muhim tavsifi solishtirma yuzasi hisoblanadi. Qumning solishtirma yuzasi uning diametriga teskari proportsionaldir. Ya’ni, dona- larning o’lchami kichraysa uning solishtirma yuzasi ortadi.
Qum donador tarkibining yuzasi A. S. Ladinskiy formulasi yordamida, taxminan quyidagicha hisoblanadi:
Sq16,5kG’1000(a Q 2b Q 4c Q 8d Q 16e Q 32f) (2.5)
bu yerda k –qumning xilini hisobga oluvchi koeffitsient bo’lib, tog’ qumi uchun kq2; daryo va dengiz qumlari uchun kq1,65; mayda qumlar uchun kq1,3 olinadi; a, b, c, d, e-mos holda teshiklari 2,5, 1,25, 0,63, 0,314, 0,16 bo’lgan elaklardagi xususiy qoldiqlar, f- teshiklari o’lchami 0,16 mm bo’lgan elakdan o’tgan to’la qoldiq (% hisobida)
O’rta donador tabiiy qumlarning solishtirma yuzasi 50 dan 100 sm2G’g gacha o’zgaradi. Qum donalarining diametri 1 mm dan kichiklashsa uning solishtirma yuzasi sezilarli ortadi.
Qumning donadorligi uning tarkibida har hil o’lchamli donalarning bo’lishi bilan tavsiflanadi. Uning donadorligini aniqlash uchun teshiklarining o’lchamlari 5; 2,5; 1,25; 0,63; 0,315 va 0,16 mm bo’lgan standart elaklardan foydalaniladi. Elaklar ustma-ust qo’yilib eng ustkisiga ma’lum miqdorda qum solinib elanadi va har qaysi elakdagi qolgan ayrim qoldiqlar (a2,5; a1,25; va sh. k.), so’ngra esa to’la qoldiqlar (A2,5; A1,25 A0,63 va sh. k.) foiz hisobida aniqlanadi. Istalgan elakdagi to’la qoldiq shu elak- dagi ayrim qoldiqlar va yuqorida joylashgan barcha elakdagi qoldiqlar yig’indisiga teng bo’ladi. To’la qoldiqlarning umu- miy miqdori qumning donador tarkibining tavsifi hisoblana- di.
Qumning elanish natijalarini analiz qilish asosida dona- larning yiriklik moduli My quydagi formula yordamida aniqlanadi:
My q (A2,5 QA1,25 QA0,63 QA0,315 QA0,16)G’100 (2.6)
Qumlar yirik, o’rtacha, mayda va juda mayda turlarga bo’li- nadi (2.3-jadval)
2.3-jadval Qumning mayda-yiriklik tavsifi
Qumning turlari
|
№63 elakdagi to’la qoldiq,
|
Yiriklik moduli, My
|
Suv talabchanligi,
%
|
Yirik
|
50-70
|
3,5-2,5
|
4-6
|
O’rtacha
|
35-50
|
2,5-2
|
6-8
|
Mayda
|
20-35
|
2-1,5
|
8-10
|
Juda mayda
|
20 dan kam
|
1,5-1,0
|
10 ko’p
|
Yuqori mustahkam betonlar tayorlash uchun yiriklik moduli My q2-3,5 bo’lgan yirik va o’rtacha qumlar ishlatiladi. Yiriklik moduli My q1-1.5 bo’lgan qumlarni mayda donali betonlar uchun ishlatish tavsiya qilinadi. Qumning yiriklik moduli qanchalik kichik bo’lsa, beton uchun tsement sarfi shuncha yuqori bo’ladi.
Qumning o’rtacha zichligi uning g’ovakligi va namligiga bog’liq bo’ladi. Uning g’ovakligi qancha kam bo’lsa, o’rtacha zichligi shuncha yuqori bo’ladi. Zich, mustahkam va sovuqqa chidamli donador qumlarning o’rtacha zichligi 1550 kg/m3 atrofida bo’ladi. Boshqa xollarda o’rtacha zichlik 1450 kg/m3 dan kam bo’lmasligi talab etiladi. Qum 5-7 % namlikda eng katta hajmga ega bo’ladi. Beton uchun ishlatiladigan tabiiy kumlarning o’rtacha suv shimuvchanligi (namkashligi) 4-14 % atrofida bo’ladi. Yirik donali qumlarniki 4-6 %, o’rtacha yiriklikdagi qumlarniki 6-8
%, mayda qumlarniki 8-10 % va juda mayda qumlarniki 10 % dan ortiq bo’ladi.
Yirik to’ldiruvchilar. Beton tayyorlash uchun yirik to’ldiruvchilar sifatida asosan donadorligi 5-70 mm bo’lgan shag’al, chaqiq tosh va sanoat chiqindilari ishlatiladi (O’zRST 8267-93).
Shag’al pishiq tog’ jinslarning tabiiy raishda emirilishi natijasida vujudga kelgan va donalari yalpoq yumoloqsimon materialdir (2.2-rasm). Shag’al hosil bo’lishiga ko’ra tog’, daryo va dengiz shag’allariga bo’linadi. Tog’ shag’alining tashqi ko’rinishi g’adir-budir va tarkibida odatda qum, gil, chang va organik moddalar aralashmalari bo’ladi. Daryo va dengiz shag’ali suvda ko’p yuvilganligi sababli sirti silliq bo’ladi. Bu esa ularning
tsement-qum qorishmasi bilan birikishini yomonlashtiradi. Beton uchun ishlatiladigan shag’al tarkibida yapoloq donalarning miqdori 15 % dan va ninasimon cho’zinchoq donalarning miqdori esa 25 % dan ko’p bo’lmasligi kerak (og’irligi bo’yicha). Shag’al asosan mustahkamligi uncha yuqori bo’lmagan (sinfi V25 gacha) og’ir betonlarni tayyorlash uchun ishlatiladi.
Chaqiq tosh qattiq tog’ jinslarini maydalash yo’li bilan olinadigan yirik to’ldiruvchidir (2.3-rasm). U qirrali va o’tkir burchakli donalardan tashkil topgan bo’lib, donalarining sirti g’adir-budirligi bilan farqlanadi. Bu esa uning tsement xamiri bilan mustahkam birikishini ta’minlaydi. Shu sababli chaqiq toshlar sinfi V30 dan katta bo’lgan yuqori mustahkam betonlar tayyorlashda ishlatilishi tavsiya etiladi.
Yirik to’ldiruvchilarning sifati donalar tarkibi, shakli va undagi zararli aralashmalarning miqdori bilan tavsif- lanadi. Otqindi tog’ jinslaridan olingan chaqiq toshdagi ara- lashmalar suv bilan tozalash usulida aniqlanadi va sinfi V25 va undan yuqori bo’lgan betonlar uchun bu miqdor 1 %, nisbatan pastroq sinfdagi (mustahkamligi past) betonlar uchun esa 2 % miqdorda bo’lishiga ruxsat etiladi. Cho’kindi jinslardan olin- gan chaqiq toshlarda aralashmalarning umumiy miqdori 2-3 % dan, shag’alda esa 1 % dan ko’p bo’lmasligi kerak.
2.2-rasm. Tog’ jinslarining 2.3-rasm. Tog’ jinslarini emirilishidan hosil bo’lgan maydaldash orqali olingan shag’al chaqiq tosh
Organik aralashmalar yirik to’ldiruvchilar sifatini sezilarli pasaytiradi, shu sababli uning miqdori qumdagi singari “kolorimetirik” usulda aniqlanadi.
Donalarining o’lchamlariga qarab yirik to’ldiruvchilar juda mayda (5-10 mm), mayda (10-20 mm), o’rtacha (20-40 mm) va yirik (40-70 mm) fraktsiyalarga bo’linadi. Ularning xar-bir miqdorida barcha o’lchamdagi juda mayda va yirik o’lchamgacha bo’lgan donalar bo’lish kerak. To’ldiruvchi donasining yirikligi betonlanadigan konstruktsiyaning o’lchami va armatura sterjenlari orasidagi masofa bilan belgilanadi. Yo’l pilitalarini betonlashda donalarining o’lchamlari 40-70 mm bo’lgan yirik to’ldiruvchilar miqdori 50 % gacha bo’lishiga ruxsat etiladi. Zich armaturalangan kichik o’lchamli temirbeton konstruktsiyalar uchun yirikligi 20 mm gacha bo’lgan to’ldiruvchilar ishlatilishi maqsadga muvofiq.
Yirik to’ldiruvchilarning donadorligi massasi 10 kg bo’lgan o’rtacha namunani (shag’al yoki chaqiq tosh) teshiklarining o’lchamlari 70, 40, 20, 10 va 5 mm li standart elaklarda elab, ke- yin har bir elakda qolgan qoldiqlarni tarozida o’lchash orqali aniqlanadi. So’ngra alohida va to’la qoldiqlar foizda hisob- lanadi. To’ldiruvchi donalarining katta kichikligi aniqlanadi va Deng kat., Deng kich. deb belgilanadi.
Donalarning eng yirigi uchun to’la qoldiq 5 % dan oshmay- digan eng ustki elak teshiklarining o’lchami qabul qilinadi. Eng kichik yirik dona uchun esa eng pastki elak teshiklarining o’lchami (unda to’la qoldiq kamida 95 % ni tashkil qilishi kerak) qabul qilinadi. Bundan tashqari 0,5 (Deng kat.Q Deng kich.) va 1,25 Deng kat. qiymatlari hisoblab topiladi. So’ngra yirik to’ldiruvchi- larning donadorligi va uning beton tayyorlash uchun yaroqlili- gini baholash uchun elash natijalari chizig’i chiziladi.
Turli xil beton sinflari uchun shag’al va chaqiq toshning yaroqliligi oldindan, ya’ni po’lat tsilindrda ezilganda maydala- nuvchanlik ko’rsatkichi bo’yicha baholanadi. Yirik to’ldiruvchilar bu ko’rsatkich bo’yicha quydagi markalarga bo’linadi: Mk-8; Mk-12; Mk-16; va Mk-24. Bunda 8; 12; 16 va 24 raqamlar to’ldiruvchi namunasini ezishda hosil bo’lgan diametri 5 mm dan kichik mayda donalarning eng ko’p miqdorini (massasiga ko’ra foizlarda) bildiradi (GOST 8269-87).
Shag’al va chaqiq toshning sovuqqa chidamliligi uning tuzili- shiga bog’liq. Sovuqqa chidamlilikni davriy o’zgaruvchan muz- latish va suvda eritish yo’li bilan yoki natriy sulfat tuzining eritmasida sinash orqali aniqlanadi (tezlashtirilgan usul).
Yirik to’ldiruvchilarning sovuqqa chidamliligi Sch15 dan Sch300 gacha o’zgaradi va asosan jinsning tuzilishga bog’liq bo’ladi. To’ldiruvchining g’ovakligi va suv shimuvchanligi ortishi bilan uning sovuqqa chidamlilik xususiyati sezilarli pasayadi va x.k.
Betonning talab etilgan mustahkamligini ta’minlash uchun shag’al yoki chaqiq toshning yaroqliligi uzul kesil ayni shu to’ldi- ruvchi asosida tayyorlangan betonni sinash natijalari bo’yicha belgilanadi.
G’ovakli to’ldiruvchilar. Yengil betonlarni tayyorlash uchun qo’yidagi g’ovakli to’ldiruvchilar ishlatiladi:
G’ovakli tog’ jinslarni maydalab olinadigan qum va chaqiq toshlar (pemza, vulqon tufi, ohaktoshlar, chig’anoqtoshlar va sh. k.lar);
Sanoat chiqindilari asosidagi g’ovak to’ldiruvchilar (yoqilg’i shlaklari; donalangan xumdon shlaklaridan olinadigan shag’al; issiqlik elektrostantsiyasi kulidan olinadigan shag’al va h. k.lar);
Maxsus tayyorlanadigan (sun’iy) g’ovak to’ldiruvchilar: loy va loyli jinslarni ko’pchitib va kuydirib olinadigan keramzit shag’ali va qumi; g’ovakli xumdon shlaklarini suv bug’i orqali ko’pchitib va maydalab olinadigan shlakli pemza shag’ali va qumi; kul va yoqilg’i shlaklarini aglomeratsiyalab kuydirish natija- sida olinadigan agloporit shag’ali va qumi; tog’ jinslarini ko’pchitib kuydirish orqali olinadigan perlit va shungizit sha- g’ali hamda qumi; shlaklarni mahsus qayta ishlash orqali olinadigan g’ovakli shag’allar;
Polimerli g’ovakli to’ldiruvchilar (ko’pikpolistrol, ko’pikplast, ko’pikpolivinilxlorid, mipora, poroizol, soto- plast, ko’pikpolietilen va boshqa plastmassa mahsulotlari chiqindilari va sh. k.lar) kiradi.
Yengil to’ldiruvchilarning uyma zichligi 1000 kg/m3 dan kam ya’ni, 200-800 kg/m3 bo’lishi kerak (oddiy qum va shag’alga nis- batan ikki marotaba kam).
Yengil betonlar uchun yirik g’ovakli to’ldiruvchilarning 5-10, 10-20, 20-40 mm li fraktsiyalari va maydalab olingan 0,16-5 mm li yengil qumlar ishlatiladi.
Betonning mustahkamligiga to’ldiruvchilarning ta’sirini tahminiy baholash qorishma va betondan tayyorlangan namuna- larni sinab ko’rish natijalari asosida amalga oshiriladi. Beton mustahkamligini aniqlash formulasidagi mustahkamlik koeffitsientining miqdori quyidagicha aniqlanadi:
A q RbG’Rts(TsG’S) - 0,5 (2.7)
Qumning qorishma va mayda donali beton mustahkamligiga ta’siri namunalarni 28 kundan keyin sinash natijalari bo’yicha baholanadi. Mustahkamlik koeffitsienti A qum uchun 0,3-0,6 oraliqda, shag’al va chaqiq tosh uchun esa 0,34-0,75 oraliqda bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |