Yig‘ma temir – beton buyumlarini ishlab chiqarish stend va ketma-ketlik(potok) usullari bilan amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishni stend usulida tashkil qilish, buyumni qoliplash statsionar ko‘chmasqoliplarda (ishlab chiqarishning stend usuli yoki stend texnologiyasi va kassetaqoliplari yoki uskunalar), buyumlarni ketma-ketlik usulida tayyorlashda esa ko‘chma qoliplarda (agregat –oqim va konveyer usullariyoki texnologiyalarda) amalga oshiriladi.
Mahsulotning bir turini ishlab chiqarishni turli usullarini tashkil qilib va turli texnologiyalarda tayyorlash mumkin.
Texnologik jarayonni tashkil qilish usuli va buyumishlab chiqarish usulini oldindan tanlab olish zarur . Bu tanlovni mavjud ishlab chiqarishusullari va jarayonlarining adabiyotlarda yoritilgan sharxlari va tahlillari ko‘rinishida, ularning afzalligi va kamchiliklarini ko‘rsatgan holda asoslash kerak.
Texnologik jarayonni etarlicha to‘liq va ketma-ket yoritish kerak.YOritilayotgan materialloyihaning grafik qismi chizmalaridagi uskunalar va alohida agregatlarning joylashuviga to‘liq mos bo‘lishi kerak.
Har bir texnologik jarayon vazifasiga, buyumni qoliplash rejimi va issiqlik bilan ishlov berishga, armaturani tortish usullariga, ish joylarini tashkil qilish, nazorat masalalariga alohida e’tibor berish kerak.
Ishda mahsulot va konstruksiyalarning mantaji vaqtini qisqartirish maqsadida, ularning zavoddagi tayyorgarlik darajasini oshirish masalalari chuqur o‘rganilishi kerak.
Sexning ish rejimi
Yig‘ma temir-beton buyumlari korxonalari uchun quyidagilar qabul qilinadi:
-bir yildagi ish kunlari soni-262;
-temir-yo‘l transportidan xom ashyo va materiallarni tushirish bo‘yicha -365;
-sutkadagi ish smenalari soni (issiqlik ishlovsiz)-2;
-issiqlik ishlovi uchun sutkadagi ish smenalari soni-3;
-xom ashyo va materiallarni qabul qilish hamda tayyor mahsulotlarni jo‘natish bo‘yicha sutkadagi ish smenalari soni:
a)temir-yo‘l transporti bilan-3;
b) avtotransport bilan-2 yoki 3, mahalliy sharoitlarga ko‘ra.
5-kunlik ish haftasidan kelib chiqqan holda, yildagi ish kunlari soni-262.
5-kunlik ish haftasida ish rejimi quyidagicha qabul qilinadi:
a) ikki smenada: har smenada 8 soatdan, jami sutkada 16 soat, bundan tashqari tushlik uchun 1 soatdan tanaffus;
b) uch smenada: birinchi va ikkinchi smenalar 8 soatdan (bundan tashqari 0,5 soatdan tanaffus); uchinchi smena 7 soat tanaffussiz. Jami sutkada 23ish soati.
Asosiy texnologik uskunaning yillik ish vaqti fondini 247 kun deb qabul qilinadi.
Asosiy texnologik uskunadan foydalanishning yillik koeffitsienti–247:262=0,943.