1 – beton truba; 2 – tashqi qolip; 3 – presslovchi o‘zak; 4 – presslovchi lippaklar; 5 – poddon; 6 – beton qorishmasini eltuvchi
rasm. Kesim yuzasi shakli halqasimon bo‘lgan mahsulotlarni qoliplash uskunasi
a - kesim yuzasi shakli xalqasimon bo‘lgan maxsulotlarni rolikli qoliplash sxemasi; 1 – roliklar; 2 – mo‘‘tadillashtiruvchi silindr; 3 – shakl berilayotgan maxsulot; b – umumiy ko‘rinish; 1 – gidrouzatma; 2 – elektr jixozlari; 3 – aylanuvchi mexanizmli traverslar; 4 – bunker; 5 – qorishma uzatuvchi manba; 6 – aylantiruvchi moslamali aylanma stol; 7 – truba tutashuv qismini shakllantiruvchi moslama
Silindrli mahsulotlarni qoliplashda (rasm) roliklarning o‘qlari agregatning aylanuvchi barqorlashtirish silindiriga joylashtiriladi. Mahsulotlarni beto‘xtov qoliplash tezligi 0,5-12mminni tashkil etadi. Bu usul bilan mayda zarrali qorishmalardan silindr shaklli (bosimsiz trubalar) yoxud tekis yuzali (reshetkalar yoki qovurg‘ali plita) temir-beton va beton mahsulotlari qoliplanadi. Qoliplanuvchi qatlam qalinligi 1,5-20 sm ni tashkil etadi.
Rolikli qoliplash mahsulotlari yaxshi sifatdagi yuz qismga, sovuqqa chidamli, kam sement harajatida yuqori beton marakalariga ega bo‘ladi.
Jihoz uzoq chidaydi, kam shovqinli va yuqori darajali mexanizatsiyalashuvni ta’minlaydi.
Trubalarni vertikal rolikli qoliplash SMJ-194 stanogi (1.71-rasm) qoliplarni o‘rnatish uchun ikki uyali buriluvchi stolga ega.
Sentrifugalash
Sentrifugalash bosimli va bosimsiz trubalarni, elektr uzatgich tayanchlarini, yoritish, aloqa, ustunlar va halqali boshqa konstruksiyalarni tayyorlashda ishlatiladi. Sentrifugalash usuli bilan qoliplashda rolikli, remenli yoxud o‘qli sentrifugalar qo‘llaniladi; qoliplar echilmaydigan va ikki yarim qolipdan tarkib topgan echiluvchi bo‘ladi.
Mahsulotlarni bu usul bilan qoliplash (rasm) beton qorishmasini aylanuvchi qolipga uzatishdan iborat, qorishma uning o‘qi bo‘ylab taqsimlanadi. Katta uzunlikdagi mahsulotlarda qorishma avvaldan yarim qolipga joylashtiriladi. Aylanma bo‘yicha qorishmani taqsimlash va zichlantirish markazdan qochuvchi va dinamik kuchlar hisobiga amalga oshiriladi. Trubalarni qoliplash uchun 4-6 sm harakatchanlikdagi beton qorishmasi qo‘llaniladi, bunda to‘ldiruvchining yirikligi 15-20 mm dan oshmasligi, sement sarfi 400 kgm3dan kam bo‘lmasligi lozim. 500-1500 mm diametrdagi mahsulotlarni qoliplashning davomiyligi 15-25 min, qorishmani ta’minlovchi bilan joylash esa – 10-20 min.
Qolipni aylanish chastotasi 1 minutda qorishmani taqsimlash bosqichida aniqalanadi:
taqs ;
qorishmaning zichlanish bosqichida:
zichl ,
bu ‘yyerda rt va ri - mahsulotning tashqi va ichki radiuslari; R - qorishmaga radial bosim (rolikli sentrifugalarda R0,065 MPa, klinoremenniylarda R0,14 MPa).
SMJ-106A va SMJ-104A rolikli sentrifuga moslamalari bosimsiz trubalarni qoliplash uchun mo‘ljallangan; ular sentrifuga o‘qi bo‘ylab harakatlanadigan tovushni izolyasiyalovchi moslamalarga ega. Qorishma qolipga lentali ta’minlovchilar yordamida joylashtiriladi.
SMJ-169A rolikli sentrifuga (rasm) katta uzunlikdagi temir-beton tiragichlarni – LEP tayanchlari, yoritish, svetofor, aloqa liniyalari va boshqalarni qoliplash uchun mo‘ljallangan. Sentrifugalash vaqtida vertikal bo‘yicha qolipning chayqalishidan va ishdagi xavfsizlikni ta’minlash maqsadida barcha tiragichlar bosib turadigan mexanizmli predoxranitelli roliklar bilan jihozlangan. Qoliplarda qorishmani taqsimlashning davomiyligi 8 minutdan, zichlashtirishda – 12 minutddan oshmaydi, butun qoliplash sikli, shu jumladan moslamani o‘rnatish, qorishmani yuklash, uni taqsimlash va zichlashtirish bilan birga 25-50 minutni tashkil etadi. To‘ldiruvchi donalarining maksimal yirikligi 20 mm, qorishmadagi sement miqdori 350-400 kgm3.
rasm. Trubalarga shakl beruvchi sentrifugalarning prinsipial sxemalari
a – rolikli; b – osma tasmada aylanuvchi (klinoremenniy); 1 – xarakat uzatuvchi rolik; 2 – truba qolipi; 3 –erkin harakatlanuvchi rolik,; 4 – xarakat manbayi
rasm. SMJ-169A rususmli sentrifuganing umumiy ko‘rinishi
1 – shit; 2 – val; 3 – tish muruvvatli mufta; 4 – rama; 5-elektrodvigatel
rasm. Trubani markazdan qochma prokat bilan qoliplash sxemasi
1 – prokat mashinasining vali (o‘q); 2 – echiladigan xalqa; 3 – qolip; 4 – lentali qorishma eltuvchi
Markazdan qochuvchi prokat – sentrifugalash turlaridan biri bo‘lib, 5 metrgacha uzunlikdagi va 1200-3000 mm diametrdagi kam bosimli va bosimli trubalarni ishlab chiqarish uchun qo‘llaniladi.
Markazdan qochuvchi kuchi asosan beton qorishmasini taqsimlashga mo‘ljallangan. Truba devorlari beton qorishmasining prokat mashinasining aylanuvchi vali va qolip o‘rtasida prokat orqali qoliplanadi (rasm). Qolipning ichida val bo‘ladi. Val aylanish harakatini qolipga uzatadi va lentali ta’minlovchi tomonidan uzatilgan 150-300 s bikirlikdagi beton qorishmasi markazdan qochuvchi kuchi bilan qolipning devorlari bo‘ylab taqsimlanadi va qolipning og‘irligi bilan hosil qilinuvchi 1-5 MPa bosim ostida zichlanadi.
Vakuumlash va vibrovakuumlash
Vakuumlash – bu betondagi tutash g‘ovaklar va kapillyarlardagi past bosim va atmosfera bosimi o‘rtasida tafovutni yaratishga asoslangan beton qorishmasini zichlash texnologik jarayonidir. Namlik bosimi gradienti natijasida suv bug‘i, havo va havosimon qorishma atmosferali bosim zonasidan vakuum-manbaga intiladi va betondan chiqib ketadi. O‘sha bosim gradient ta’siri ostida va kapillyar siqilish kuchlari ta’sirida hosil bo‘luvchi (suvning kapillardan chiqarilishiga qarab) beton zichlanadi. Bunda shuni e’tiborga olish kerakki, erkin suvning ortiqcha miqdorini hajmni kamaytirmasdan yo‘qotish qandaydir texnik samara bermaydi, shuning uchun vakuumlashni titratish bilan, ya’ni vibrovakuumlash bilan uyg‘unlashtirish maqsadga muvofiq.
Titratish beton qorishmasini joylashtirish va zichlash uchun amalga oshiriladi, so‘ngra esa qoliplangan mahsulot vakuumlashtiriladi. Vibratsiya juda qisqa muddatga qorishma bo‘lakchalari o‘rtasidagi qarshiliklarni yo‘q qilish va g‘ovakli bo‘shliqni qattiq komponentlarning bo‘lakchalari bilan to‘ldirish uchun ishga solinadi.
SHu bilan birga, titratishda vakuumlashtirish zonasidan tashqaridagi ortiqcha namlik vakuum harakatlanish zonasiga ko‘tariladi va betondan chiqariladi. SHunday qilib, vibrovakuumlash moslamasi nafaqat beton qorishmasini zichlashtiradi, balki betondan siqib chiqariladigan suv miqdorini ham oshiradi. Ikki-uch kun yoshdagi vakuumlashtirilgan betonning mustahkamligi titratilgan beton zichligiga nisbatan 40-60%ga ko‘p bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |