Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalari ishlab chiqarish



Download 20,24 Mb.
bet64/166
Sana17.03.2023
Hajmi20,24 Mb.
#919930
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   166
Bog'liq
УМК БТБТ 21 asosiy

4. Zichlashtirishning kombinatsiyalashtirilgan usullari. Ancha bikir beton qorishmalaridan tayyorlanuvchi mahsulotlarni qoliplashga o‘tgan sari vibratsion ta’sir roli susayadi, ammo vibroishlovning bosim bilan uyg‘unlashuvi zichlashning samaradorligini oshiradi.
Harakatchan qorishmalar uchun asosiy usullar bilan birga vakuumlash ishlatiladi. Bu texnologik usul atmosfera bosimi va betonning tutashuvchi teshiklar va kapillyarlari o‘rtasidagi tafovutni yaratishga asoslanadi; yuzaga kelgan gradient natijasida namlik bosimi, suv bug‘i, havo yoki bug‘-havo aralashma betondan ajraladi, beton zichlanadi, bo‘shagan maydon esa qattiq komponentlarning mayda bo‘lakchlari bilan to‘ladi. Bunda shuni ta’kidlash kerakki, hajmni kamaytirmasdan ortiqcha suvni yo‘q qilish kerakli samarani bermaydi, u presslash yoki titratishning uyg‘unligida ratsional bo‘ladi.
Beton qorishmasini zichlash va mahsulotlarni qoliplashtirish ham zarba va zarba-titratish vositalarini qo‘llash bilan amalga oshiriladi. Zarba vositalari qorishmaning nochiziqli quyilishini ta’minlaydi, bunda tizimda navbatdagi impulsgacha susayuvchi o‘zining chayqalishi natijasida yuzaga keluvchi zarba impulsi uyg‘onadi. Zarbalar chastotasi odatda 2,5-6,6 Gs oralig‘ida bo‘ladi. Zarba-titratish vositalari qorishmaning murakkab nochiziqli quyilishini ta’minlaydi, bunda majburiy chiziqli chayqalishlarga zarba impulzlari yotadi. Bunday davriy chayqalishlar chastotasi 8-25 Gs oralig‘ida bo‘ladi. 1 min chayqalishlar chastotasi  chayqalishlarning burchak chastotasi bilan, rads bog‘liqlik bilan bog‘liq

 30 


CHayqalishlarning shartli chastotasi , s-1, chayqalishlar chastotasi bilan quyidagi bog‘liqda bog‘langan


2.

CHayqalishlar chastotasi T, s, chayqalishlar davri bilan bog‘liq
 1T
 sms tezlikdagi, o‘zgarish amplitudasi A, sm, vaWtezlanish, smsm2, chiziqli chayqalishlar quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:

A = QsinT; A; WA2


1.22. Beton qorishmasini joylash va taqsimlash
Qoliplarning ichida beton qorishmasini joylash va teng taqsimlash – muhim va mehnat talab qiladigan texnologik operatsiya, shuning uchun zavod sharoitida u bunkerlar bilan, beton taqismotchilar va beton joylovchilar yordamida amalga oshiriladi. Ixtisoslashtirilgan texnologik tizimlarda beton qorishmasini joylashda masofaviy avtomatlashtirilgan va yarim avtomatlashtirilgan boshqaruv qo‘llaniladi.
Bunkerlar va beton taqsimlovchilar qolipga qorishmani odatda tekislamasdan etkazishadi. Beton joylovchilar ramada statsionar o‘rnatilgan va ayrim hollarda yon bo‘ylab yo‘nalishda harakatlanadigan bunkerlarga ega bo‘ladi, ular beton qorishmasini taqsimlaydigan qo‘shimcha moslamalar bilan jihozlanadi. Bukner va beton taqsimotchilardan beton qorishmasini tinimsiz ta’minlab turish zatvorlar (ochib-yopuvchi mexanizm) bilan, ayrim hollarda lentali iste’molchilar bilan amalga oshiriladi.
SMJ-71A konsolli beton taqsimotchisi (rasm) qorishmani chiziqli stendlarda joylash uchun qo‘llaniladi. U 1,8 m3hajmli, 340 burchakka buriladigan iste’molchi vositasiga ega bunker bilan jihozlangan; beton taqsimotchi moslama qoliplashtirish yo‘lagi bilan relslar bo‘yicha parallael ravishda harakatlanadi.
SMJ-354 beton taqsimlash moslamasi (4.11-rasm) sentrifugalash usuli bilan 500 va 900 mm diametrdagi trubalarni tayyorlashda qo‘llaniladi.



rasm. SMJ-71A betontaqsimlash mexanizmining tuzilishi
1-zanjir; 2-aylanma ta’minotchining muruvvati; 3-hizmat ko‘rsatish maydonchasi; 4-bunker; 5-prujinali bunker osqichi; 6-ta’minotchi manbaning ko‘tarilishini boshqaruvchi bloklar tizimi; 7-qorishmani uzatuvchi tarnov; 8-qo‘shimcha kirituvchi; 9-aylanma platforma; 10-dvigatel

rasm. Lentali uzatma mexanizmining sxemasi
1-sentrifuganing shovqindan ximoyalovchi g‘ilofi; 2-SMJ-106A rusumdagi rolikli(g‘ildirakchali) sentrifuga; 3-lenta; 4-vintsimon qorishma kirituvchining tayanchi; 5-vintsimon qorishma kirituvchi



rasm. Turli ishchi qismlarga ega bo‘lgan beton qorishmasini to‘kuvchi moslamalar sxemalari
1-qolip; 2-bunker; 3-lentali taqsimotchi; 4-tebranma kallak(vibronasadok); 5-tebranmarolikli taqsimotchi; 6-plujkali tekislagich; 7-aylanma voronka; 8-vintsimon taqsimlagich; 9-taqsimlovchi konus

rasm. SMJ-166A rusumli betonyotkizgichning sxemasi
1-voronka; 2-kanat-richag mexanizmi; 3-harakatlantiruvchi manba; 4-tekislovchi brus; 5 va 6-katta va kichik bunkerlar; 7-aravachani harakatlantiruvchi manba

Bunkerning hajmi 2,6 m3, iste’molchi lentasining kengligi 205 mm. Bunk ‘yyerdan qorishmani lentaga to‘kish uchun shneklar ko‘zda tutilgan.


Portal tipdagi SMJ-69 beton taqsimotchisi hajmli dozalashtirish va beton qorishmasini kengligi 2 m gacha bo‘lgan mahsulotni tayyorlashda qolip maydoni bo‘ylab taqsimlash uchun ishlatiladi.
SMJ-306A yirikpanelli uy qurilishi zavodlarida kasseta moslamalari otseklariga qorishmani etkazish va joylashga mo‘ljallangan. U qiya konveyerga ega bo‘lib, estakadli lentali konvey ‘yyerdan qorishmani oladi va qorishma kasseta moslamalarining otseklariga tushadi.
Joylashtirilgan qorishmaning turi va maqsadiga qarab beton, faktura, qorishma, beton-qorishma joylovchilar qo‘llaniladi; ayrim hollarda ular pardozlovchi osma moslamalar bilan jihozlanadi. Beton joylovchilar vibronasadkalar (rasm), vibrolotokli va vintli iste’molchilar (rasm), tekislovchilar (rasm), buriladigan voronkalar (rasm) bilan jihozlanib, ular qorishmani qoliplarda teng taqsimlaydi. Kam harakatlanuvchan va mo‘‘tadil bikir beton qorishmalarni joylash va taqsimlash tekis bir xil mahsulotlar yoki murakkab konfiguratsiyali, lekin bir xil kenglikdagi mahsulotlarni nasadka, vibronasadka, plujkali tekislovchilar va buriluvchi voronkalar yordamida amalga oshiriladi.
SMJ-166A universal beton joylovchi (rasm) keng nomenklaturadagi plitali mahsulotlarni qoliplash uchun mo‘ljallangan. Beton joylovchi portal ramasining ikki bunker bilan portal bo‘yicha 180o gradusli buriluvchi voronka bilan yon bo‘ylab harakati qorishmaning har qanday shakldagi mahsulotlar, shu jumladan panjarali konstruksiyalar ustida taqimlash imkonini beradi.
SMJ-162 universal beton joylovchi sanoat binolari konstruksiyalarini tayyorlash bo‘yicha potok-agregatliniyalarini jihozlar komplektiga kiradi. Uning uch bunkeri ko‘ndalang yo‘nalish bo‘ylab harakatlanishi mumkin. Beton joylovchi qorishmanivoronkada joylash, taqsimlash va zichlantirish uchun vibronasadkaga ega. SMJ-3507 beton joylovchi plita konstruksiyalarini ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan liniyalar uchun mo‘ljallangan, bunkerning hajmi 3m3. Qorishmaning sarf qilinishi masofaviy pnevmatik boshqaruvli sharnirliqopqoq bilan tartibga solinadi.
SMJ-69A beton joylovchi 2 m kenglikkacha bo‘lgan ko‘p bo‘shliqli ora yopma va boshqa plita mahsulotlarini qoliplash postlarida qo‘llaniladi.
SMJ-168 beton joylovchi qorishmani chiziqli konstruksiyalarning tor qoliplariga etkazishga mo‘ljallangan: LEP, yoritish va aloqalar tayanchi,tiragich, svay, shpal va eni bo‘yicha o‘lchami qolip enidan foydalanish imkonini beruvchi boshqa mahsulotlarni.
Glavmospromstroymateriallar SKTB tomonidan ishlab chiqilgan 10-36S beton joylovchi 1 m enli bo‘shliqli panellarni qoliplash liniyalarini jihozlash komplektiga kiradi. Betonning quyi qatlamini plastifikatsiyalash uchun forsunkalar bilan jihozlangan.
Beton qorishmasini joylash va taqsimlash moslamasining parametrlari quyidagi ko‘rsatkchilar bilan ifodalanadi. Bunker-joylashtiruvchilarning foydali hajmi ular davriy to‘ldirib turilganda qoliplanadigan mahsulotning maksimal hajmini kamida 1,1-1,2 deb qabul qilinadi, tinimsiz qoliplashda esa – kamida 1 m3. Unumli hajmning geometrik hajmga nisbatini 0,7-0,8 deb qabul qilinadi.
Bunker devorlarining vertikalga qiyalik burchaklari suyuq va harakatchan qorishmalarni joylaganda 55-65deb qabul qilinadi, kam harakatchan va bikir qorishmalarga esa – 65-70o. Barcha beton joylovchi va taqsimotchilarning bo‘sh yurish tezligi 20-40 m minutni tashkil etadi; qorishmani beton taqsimotchilar va nasadkali joylovchilarda qolipga joylashtirishning ishchi yurishini tezligi 10-12 minutni tashkil etadi. Barcha holatlarda joylash qorishmaning 1 m balandlikdan ko‘p bo‘lmagan gorizontal qolipga tushishi bo‘yicha amalga oshiriladi.



Download 20,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish