2. Presslash. Presslaganda beton qorishmasining qattiq bo‘lakcha-larining curilishi va o‘zaro yaqinlashuvi ro‘y beradi. Juda bikir, oz suv tarkibli qariyb bog‘lanmagan qorishmalarni presslaganda eng yuqori samaraga erishiladi.
Har bir beton qorishmasi o‘ziga xos optimal presslash bosimiga ega. Bu bosim bo‘lakchlar o‘rtasidagi ishkalanish va tishlashishdagi kuchlarni bartaraf etishga sarflanadi. Qoliplashda bosim barcha qalinlikka birdaniga berilmaydi, lekin, yuqori qatlamlarning zichlanishi bilan u sekin kechadi. Presslash bosimining ortishi bilan tizimni deformatsiyalashtirishga qarshilik kuchi ortadi, shuning uchun bikir qorishmalarni qatlamlab presslash ma’qul.
Beton qorishmalari bo‘lakchlarining o‘zaro yaqinlashuviga donalar o‘rtasidagi maydonda qariyib siqilmaydigan suvning mavjudligi sabab bo‘ladi, uni yo‘q qilish zarur. Natijada ichki va tashqi kuchlar o‘rtasidagi mutanosiblik vujudga keladi. Bunda qorishma bo‘lakchlari qoliplanadigan beton hajmida zich va kompakt joylashmasada ancha ustun mavqega ega. Natijada zichlanish tamomlanmaydi. SHunday qilib, presslash uslubi bikir mayda donali qorishmalarni zichlashda va uncha qalin bo‘lmagan mahsulotlar uchun juda samarali hisoblanadi. Ancha qalin mahsulotlarni tayyorlaganda qatlamli qoliplashtirishni qo‘llash kerak.
Presslash bosimi qorishmaning bikirligi va tarkibiga, zichlanuvchi uchastkaning o‘lchamlari va hajmiga bog‘liq va 0,2dan 15 MPa gacha o‘zgaradi. YUqori bosim maydonini uncha katta bo‘lmagan mahsulotlarni qoliplashtirishda vujudga keltirish mumkin. Presslashning bunday usuli ancha samarali va texnik jihatdan juda yyengil bajariladi. Ammo sof ko‘rinishda, titratish bilan uyg‘unlashmagan presslashni samarali deb bo‘lmaydi.
SHibbalashni zudlik bilan beriladigan presslash bosimi sifatida qarash mumkin. Beton qorishmasini shibbalashda ko‘pmarotabali shibbalash zarbalari orqali bo‘lakchalarga kinetik quvvat beriladi, uning ta’sirida yirik to‘ldiruvchining donasi va bo‘laklari ta’sir kuchi yo‘nalishida harakatlanadi, beton qorishmasining asosiy massasiga kiradi va unda o‘ta zich joylashib oladi. SHibbalash zarbalarida to‘ldiruvchining bo‘lakchalari beton qorishmasi pastki qatlamlariga kiradi va uni zichlashtiradi.
SHibbalashni, presslashdan farqli o‘laroq, ancha qalin mahsulotlarni qatlamlab qalinlashtirishda qo‘llash mumkin. Yirik donali qorishmalarni ham shibbalash mumkin. Zichlantirish darajasi qorishmaning bikirligi va muayyan mahsulot hajmida shibbalashga ketgan mehnatga bog‘liq. Sof ko‘rinishdagi shibbalash zavod texnologiyasida cheklangan holda qo‘llaniladi, u asosan uzun bo‘lmagan truba va halqalarni vertikalli qoliplashtirishda ishlatiladi.
3. Markazdan qochirma qoliplash. Markazdan qochirma qoliplash shundan iboratki, qolip unga quyilgan beton qorishmasi bilan birga o‘z o‘qi atrofida belgilangan tezlikda aylanadi. Rivojlanuvchi markazdan qochirma kuchlar ta’sirida qorishma bo‘lakchlari qolip devorlariga uloqtiriladi, ularga yopishadi va qorishma qolipda teng qatlam bo‘lib taqsimlanadi. Bunda yuzaga keladigan presslovchi bosim o‘lchami, beton qorishmasi bo‘lakchlari massasi, ularning aylanish o‘qi orasidagi masofaga va burchak tezligi kvadratiga proporsional bo‘lib, qorishmadagi suvni bir qismini siqib chiqaradi va betonning zichlanishiga olib keladi. Markazdan qochirish bosimli va bosimsiz trubalarni, LEP tayagichlarini, ustun va aylanma shakldagi boshqa konstruksiyalarni tayyorlashda samarali qo‘llaniladi.
Markazdan qochirma qoliplash jarayoni ikki bosqichga bo‘linadi: beton qorishmasini qolip devorlari bo‘ylab taqsimlash va mahsulotda ichki yuzasini shakllantirish, ya’ni mahsulotlarni qoliplashning boshlang‘ich bosqichi, ohirgi bosqich – qoliplangan mahsulotda beton qorishmasini zichlantirish.
Birinchi bosqichda beton qorishmasi aylanuvchi qolipga quyiladi va uning devorlarida xosil bo‘lgan ishqalanish ta’sirida u bilan birga aylana- boshlaydi. Plastikligi va harakatchanligi tufayli qorishma qolip devorlari bo‘ylab o‘z tuzilmasining yaxlitligini saqlagan holda tekis qatlam bo‘lib taqsimlanadi.
Qolip aylanganda beton qorishmasining bo‘lakchlari bir vaqtning o‘zida ikki kuch maydonining ta’sirida bo‘ladi: og‘irlik kuchi va markazdan qochuvchi kuch. Birinchi bosqichda dastlabki aylanish tezligi truba diametriga qarab 60dan 150min-1gacha aylanadi. Zichlanish bosqichida bu tezlik sezilarli ravishda ortadi va 400-900 min-1 darajasida bo‘ladi. Markazdan qochirma qoliplashtirish uchun plastik beton qorishmalari ishlatilishi sababli betonga presllashtiruvchi bosim etkaziladi va u betondagi donalar o‘rtasidagi maydonni to‘ldiradigan sement qorishmasi orqali tekis taqsimlanadi.
Beton qorishmasining zichlanishi va taqsimlanishi qolipning aylanish vaqtida kechadi. Bunda markazdan qochuvchi bosim yuzaga keladi, natijada qattiq faza bo‘lakchalari yiriklikdan ajraladi va yaqinlashadi. Markazdan qochirishdan chiquvchi presslash bosimi qalinlik bo‘yicha noteng taqsimlanadi. Siqib chiqariluvchi suv miqdori sentrifuga rejimi va qorishma tarkibiga qarab 25-30%gacha etishi mumkin.
Mahsulotning tashqi qatlamlarida betonning zichligi baland. Umuman, beton strukturasi mahsulotning kesimi bo‘ylab noteng bo‘ladi – tashqi qatlamda juda zich va ichki qatlamlarda g‘ovakli bo‘ladi. Buni bartaraf etish va qatlamlashuvning oldini olish uchun to‘ldiruvchining yirikligi 10-20 mm gacha kichraytiriladi va birnecha qatlamlab (2-4 qatlam) qoliplanadi. Ammo qatlamlashtirib qoliplash belgilab olingan uskunalar unumdorligini pasayishiga olib keladi. Beton qorishmasining yopishqoq plastik tuzilmasini olish uchun sement miqdori 350kgm3dan ko‘p olinmaydi.