4
|
1-ish. Haqiqiy zichlikni aniqlash.
|
9
|
5
|
2-ish. O‘rtacha zichlikni aniqlash.
|
10
|
6
|
3-ish. G‘ovaklikni aniqlash.
|
11
|
7
|
4-ish. Qattiqlikni aniqlash.
|
11
|
8
|
5-ish. Issiqlik o‘tkazuvchanlikni aniqlash.
|
13
|
9
|
Tabiiy tosh materiallari bo‘yicha laboratoriya ish daftari.
|
14
|
10
|
Tabiiy tosh materiallari bo‘yicha misol va masalalar.
|
17
|
11
|
Bilimlarni tekshirish uchun savollar.
|
18
|
12
|
Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbalari.
|
19
|
Kirish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi № 343-sonli (tuzatish va qo‘shimchalar bilan), 2018 yil “Oliy ta’lim to’g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarorlarida belgilangan talab va vazifalar asosida “Qurilish materiallari va buyumlari” fanidan ushbu “Uslubiy ko’rsatma” 340 000-“Arxitektura va qurilish” ta’lim sohasining tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari malaka talablari asosida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv reja va o‘quv fan dasturlari asosida ishlab chiqildi.
Tabiiy tosh materiallari tog‘ jinslaridan portlash, portlamasdan sindirib ajratish, mashina va mexanizmlar yordamida olinadi va mexanik usulda ishlov berib: maydalab; arralab; o‘yib; tekislab, silliqlab pardoz berib va boshqa yo‘llar bilan ishlov berib qurilishda keng qo‘llaniladigan asosiy materiallardir.
Bitta mineraldan tashkil topgan tog‘ jinslariga oddiy yoki monomineral jinslar deyiladi. Ikki va undan ziyod minerali bo‘lgan tog‘ jinslariga murakkab yoki polimineral (ko‘pmineralli) jinslar deyiladi. Mineral esa yer qatlamida murakkab fizik va kimyoviy jarayonlar natijasida hosil bo‘lgan bir jinsli moddadir. Minerallarga misol etib quyidagilarni keltirish mumkin: kvarts, dala shpati
(ortoklaz, plagioklaz), slyuda (muskovыy, biotit), Kaltsit, magnezit, dolomit, kaolinit va hokazo.
Tog‘ jinslari kelib chiqishiga qarab quyidagicha (1 -jadval) sinflanadi:
1.Magametik yoki vulqondan otilib chiqqan (birlamchi)-olovsuyuk massa - magmaning sovushi natijasida hosil bo‘lgan.Magma yer qobig‘ini yorib chiqib yer yuzasida yoyiladi yoki qobig‘i ustida sovuydi.
2.Cho‘kindi (ikkilamchi) - magmatik va boshqa tog‘ jinslarini tashqi sharoitlar ta’sirida (haroratni o‘zgarishi, havo, shamol, suv va boshqa omillar tog‘ jinslarini asta-sekin yemirila boshlaydi, sochiluvchan yoki chang holatiga o‘tib suv va shamol vositasida daryo, dengiz ostiga tushib cho‘kindi ashyolarga aylanadi) yoki
qandaydir muhitdan moddalarning cho‘kishi natijasida yemirilishdan hosil bo‘ladi.
3.Metamorfik yoki ko‘rinishi o‘zgargan - magmatik yoki cho‘kindi tog‘ jinslarining yuqori haroratda hamda yuqori bosimda va boshqa omillarning ta’sirida o‘z ko‘rinishlarini o‘zgartirishlari natijasida yer po‘stining qalinligida hosil bo‘lgan.
Tabiiy tosh materiallar qurilishda keng qo‘llaniladi. Devorlarning ichki va tashqi sirtlarini qoplashda ko‘pincha marmar, angidrit, granit chig‘anoqtosh kabi toshlar ishlatiladi. Tog‘ jinslari sopol va issiqlikka chidamli buyumlar, bog‘lovchi moddalar, shisha va boshqa buyumlar ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida ishlatiladi.
Chig‘anoq tosh, pemza, tuf kabi jinslardan yengil va issiqlikni kam o‘tkaziladigan materiallar tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |