XULOSA
Mening bitiruv malakaviy ishim “Muborak gazni qayta ishlash zavodida metanni ajratish sexini hisoblash va loyihalash” mavzusida bo’lib,bunda men uglevodorod gazlarlarini adsorbtsion tozalash jarayoni tahlili va adsorberni texnologik hisoblash hamda mehanik hisoblash ishlarini olib bordim.
Bitiruv ishi quyidagicha tarkibga ega:
Kirish - bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning mamlakatimizni 2019-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2020-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan vazirlar mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi mazmun va moxiyati, o‘zbekiston gaz konlarini o‘zlashtirishning yangi bosqichi,“O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi rossiyaning «Lukoyl» neft kompaniyasi bilan hamkorlikda “Qandim-havzak-shodi-qo‘ng‘irot” mahsulotini taqsimlash to‘g‘risidagi bitim doirasida qandim gazkondensat konlari guruhini o‘zlashtirish loyihasini amalga oshirilishi, Qqandim gazni qayta ishlash majmuasi tarkibiga yiliga 8,1 milliard kub metr tabiiy gazni qayta ishlash quvvatiga ega zavod ekanligi, shuningdek, 114 qazish qudug‘i, 11 maxsus maydon va 4 yig‘uv punktini o‘z ichiga olgan tabiiy gazni to‘plash tizimi kirishi. Bundan tashqari, 370 kilometr gaz quvuri,160 kilometr avtomobil yo‘li qurish rejalashtirilganligi. Majmua va infratuzilma obyektlarini barpo etishga 7 mingga yaqin kishi jalb etilishi borasidagi ishlarni amalga oshirishda neft-gazkimyo sanoatidagi o’rni va mohiyatini yoritib yozdim.
Texnik qism - bu qismda men: gaz qonunlari, gaz holati uchun Boyl-Moriott qonuni, Gey-Lyussak va Sharlning hajmiy nisbatlar qonuni, Avogadro qonuni, uglevodorodli tabiiy gazlar xaraktersitikasi, adsorbsiya jarayoni, adsorbentlarning turlari va ulaming xossalari, adsorberlar va ularning turlari, adsorbstiya jarayonini tashkil etish usullari va desorbsiya jarayonlarini o’rgandim.
Texnologik qism - bu qism ishning asosiy qismi bo’lib, unda men asosan: gazlarni guruhlanishi va ularni qayta ishlashga tayyorlash, gaz gidratlari, gazni qayta ishlash zavodlaridagi asosiy texnologik jarayonlar tavsifi, gazlarni adsorbsiya usuli bilan tozalash, gazlarni adsorbstion tozalash qurilmasi texnologik sxemasi yozuvi, qurilmaning texnologik parametrlari, tozalangan gshazning asosiy xarakteristikasi, gaz tarkibidagi nordon komponentlar miqdorini tajribadaaniqlash, gaz tarkibidagi vodorod sulfid va merkaptanlarni aniqlash tajriba qurilmasi, gaz tarkibidagi oltingugurt (IV) oksidini aniqlash tajriba qurilmasi tajribani o’tkazish ishlarini o’rgandim.
Hisoblash qismi - bu qismda men. asosiy jarayonda qo’llaniladigan jixozning texnologik hisoblashda: Optimal ish rejimini ta’minlaydigan asosiy o’lchamlarini aniqlash. Buning uchun qayta ishlanadigan materiallarning modda oqimlari, energiya sarfi aniqlash va mexanik hisoblashda: Jarayonlar borishi uchun loyihalanadigan joxoz unga ta’sir qiluvchi parametrlar, temperatura, bosim va muhitning fizik-kimyoviy xossalari asosiy ishchi parametrlarini hisoblash ishlarni amalga oshirdim.
Hayot faoliyati xavfsizligi qismi - bu erda esa men texnologik tizimdan foydalanishda rioya qilinishi kerak bo’lgan barcha texnika xavfsizligi qoidalarini, yong’in xavfsizligi chora-tadbirlari, shuningdek ishchi-xodimlarning mehnati muxofazasi to’g’risidagi barcha tegishli chora-tadbirlar to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’ldim.
Bu ish yuqorida keltirilgan qismlardan iborat bo’lib, jarayoni to’g’risidagi deyarli barcha ma’lumot va yangiliklar to’liq yoritilgan. Bu ishni bajarish mobaynida men ko’pgina o’zbek va chet el adabiyotlari bilan tanishib mavzuga tegishli bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldim va bu olgan bilimlarim kelajakda amaliyotda tadbiq qilishimga eng asosiy omil bo’ladi deb hisoblayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |