Avogadro qonuni
Italiya fizigi Amedeo Avogadro (1776-1856) birikmalarning sifat va miqdoriy tarkibini ular hosil qiladigan gazsimon moddalar hajmlari nisbatidan sistemali ravishda aniqlashni boshlab beradi. Natijada, u qator gazlarning formulalarini to’g’ri aniqlashga erishdi. Avogadro vodorod, azot va kislorod atom holda emas, balki ikki atomli molekulalar holda mavjud bo’lishini amalda ko’rsatadi. U gazlarning molekular massalarining nisbiy massalarini aniqlashning oddiy hamda ishonchli usulini topdi. Molekulani moddaning eng kichik zarrachasi sifatida qabul qilib, moddaning barcha xossalarini o’zida namoyon qiluvchi bu zarracha o’zida atomni ham mujassamlanganini bilgan holda masalani to’g’rihal qildi. 1811-yili u o’z qonunini quyidagicha ifodaladi:
bir xil harorat va bosimda olingan gazlarning baravar hajmida bo’lgan molekulalar soni teng bo’ladi.
Avagadro qonunidan uchta xulosa kelib chiqadi:
1.Oddiy gazlarning kislorod,vodorod,azot,xlor molekulalari kki atomdan iborat.
2.Normal sharoitda bir mol miqdordagi gaz 22,4 l hajmni egallaydi.
3.bir xil sharoitda baravar hajimda ikkala gaz massalari orasidagi nisbatga teng.
Berstelius va uning tarafdorlari Avogadro topgan qonuniyatni e’tirof etmadilar.
1840 yildagi kimyogarlar xalqaro s’ezdidan keyin bu gipoteza Avogadro qonunn deb tan olindi, molekula va atomga quyidagi ta’rifni berdilar.
Molekula modaning mustaqil mavjudbo’la oladigan va moddaning kimyoviy xossalariga ega bo’lgan eng kichik zarrachasidir.
Atom elementning kimyoviy xossalarini o’zida saqlovchi eng kichik zarrachasidir. Franstuz fizigi Perren atom va molekulalar avval mavjudligini tekshirish maqsadida olib borgan tajribalariga asoslanib, zarrachalarda doimiy harakat mavjudligini isbotladi. Suspenziyadagi zarrachalarning o’rtacha tezligini aniqladi, kinetik energiyasini hisoblashga muvaffaq bo’ldi. Zarrachalar kinetik energiyasi gaz
molekulasi kinetik energiyasiga mos tushib kinetik nazariyasini tasdiqladi.
Perren zarrachalari vodorod molekulasiga qaraganda 1012 baravar og’ir bo’lishiga qaramay, ularning kinetik energiyasi deyarli bir xil chiqadi. Mana shu malumotlar atom va molekulalarning real majvudligini to’laligicha isbotladi. Perren tajribalari bir gramm- molekulasi gazdagi molekulalar sonini hisoblab topishga imkon beradi. Ana shu kattalik endilikda avogadro soni nomi bilan malumdir. Avogadro sonining aniqqiymati 6,02 1023 ga teng.
Har qanday gazning gramm-molekulasi normal sharoitda 22,4 1 hajmi egallaganligi tufayli 1 ml gazda shu sharoitda 2,7 . 1010 ta molekula mavjud bo’ladi. Molekulalar diametri juda kichik sonlarni tashkil etadi. Agar molekulani sharsimon deb belgilasak, unda uning diametri santimetrning milliondan bir ulushiga ham to’g’ri kelmaydi. Masalan, kislorod molekulasi diametri taxminan 3,2 .10-8, vodorodniki 2,6
10-8 sm va vodorod atominiki esa 1,0 ·10-8 atrofidadir. 1 sm3hajmdagi molekulalar sonini er kurasidagi barcha odamlar soniga baravar kelishi mumkinligi hisoblangan. Atom va molekulalarning chiziqligi kattaligi angstrem (A0) yoki nm.larda o’lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |