III.TEXNOLOGIK QISM
3.1.Gazlarni guruhlanishi va ularni qayta ishlashga tayyorlash,gaz gidratlari Neftni qayta ishlash zavodlarida hosil bo’ladigan uglevodorod gazlarini qayta ishlashjarayonlari.Gazlarni hosil bo’lish joylari.Hosil bo’lgan turli gazlarni xarakteristikasi.
Tabiiy yoqilg’i gazlar metan qatori uglevodorodlari aralashmasini o’zida namoyon etadi.Ayrim konlardan chiquvchi gazlarda nordon komponentlar ( H 2 S, CO, N 2 , O2 , He, Ar) bo’ladi, shuningdek, barcha tabiiy gazlarning doimiy hamrohi suv bug’laridir.
Tabiiy gaz tarkibiga kiruvchi uglevodorodlarni shartli ravishda 3 guruhga bo’lish mumkin:
-I guruhga metan va etan kiradi, ular quruq gazlar hisoblanib, gazlarda ularning miqdori normal sharoitda 60dan 95%gacha bo’ladi;
II guruhga propan,
изо butan va
н butan kiradi.Bu uglevodorodlar normal
sharoitda gaz ko’rinishida, oshirilgan bosimlarda ular suyuq holatga o’tadi;
III guruhga
изо pentan,
н pentan va geksan, biroq yuqori molekulali
uglevodorodlar kiradi. Ular normal sharoitda suyuq holatda bo’lib, benzin tarkibiga kiradi.
Tabiiy gazning asosiy tarkibiy qismini (99%) metan tashkil etadi va qolgan qismini
CO , yonuvchi
Н 2 , N 2 , H 2 O буглари. Н 2 S , NH 3
va boshqalar tashkil qiladi.
Sun’iy gazlar qattiq va suyuq yoqilg’ilar qayta ishlash jarayonida olinadi, jumladan, sanoat gazi (domna, koks, yorituvchi katalizastiya gazlari) generator gazi va boshqalar. Ularning tarkibi va xossalari, shu jumladan, yonish issiqligi keng ko’lamda o’zgaradi. Odatda ular turli hiddagi yonuvchi va inert gazlarning aralashmasidan iborat.
Ularning tarkibida yonuvchi gazlar: СН 4 , С2 Н 6 , С3 Н8 , С4 Н10 , Н 2 , СО va boshqa
ifloslantiruvchi moddalar ( СО2 , N 2 , smola holidagi moddalar, mexanik zarralar, oltingugurtli moddalar) kiradi.
Gazsimon yoqilg’ilar siqilgan va suyultirilgan ko’rinishda ishlatiladi. Kritik harorati havo haroratidan yuqori bo’lgan uglevodorodlar past bosimda gaz holatidan suyuq
holatga o’tadi. Bunday gazlar suyultirilgan gazlar deyiladi.20 0C haroratda propanni suyuq holatga o’tkazish uchun 0,85 MPa, butan uchun 0,2 MPa bosim talab etiladi.
Suyultirilga gazlar kritik harorati havo haroratidan past bo’lgan uglevodorodlar
hisoblanadi. Siqilgan gazning asosiy tarkibiy qismi bo’lgan
СН 4 ni suyuq holatga
o’tkazish uchun -82 0C harorat talab etiladi. Atmosfera bosimida esa
СН 4
-1610C
haroratda ham suyuq holatga o’tadi. -820C haroratdan yuqori bo’lgan har qanday yuqori
bosimda ham СН 4
suyuq holatga o’tmaydi.
Gazlarni qayta ishlashning mohiyati shundaki, ularni tarkibidan nordon komponentlar va namlikni yo’qotish, so’ngra bu gazlardan I va II-guruh uglevodorodlarni ajratishdan iboratdir.
Ma’lumki uglevodorod gazlari kelib chiqishiga ko’ra ularni uch guruhga bo’lish mumkin:
Tabiiy gazlar, mustaqil hosil bo’lgan bo’lib, tarkibida juda oz miqdorda suyuq uglevodorod saqlagan gazlar;
Yo’ldosh gazlar, neft bilan birgalikda chiquvchi gazlar;
Zavod gazlari, neftni qayta ishlashdagi destruktiv jarayonlarda hosil bo’ladigan gazlar.
Tabiiy gazlardan sanoat korxonalari va aholi turar joylarida yoqilg’i sifatida keng foydalaniladi, bundan tashqari kimyoviy mahslotlar ishlab chiqarishda xom-ashyo
bo’lib xizmat qiladi. Bu mahsulotlar asosan,
Do'stlaringiz bilan baham: |