Sirtiy va plenkali absorberlar
Absorbsiya jarayonini amalga oshirish uchun suyuqlikning ya’ni absorbentning gaz bilan tо‘g‘ridan tо‘g‘ri tutashuvini tashkil etish zarur bо‘ladi. Bunday “gaz-suyuqlik” turidagi tutashuvni tashkil etish uchun esa fazalarning о‘zaro tutashadigan sirtlarini iloji boricha maksimal qiymatlarda ta’minlash imkoniyatlarini yaratish lozim. Maksimal tutashuv sirtlarini hosil qilishning maqbul shakllari jarayonning о‘rtacha harakatlantiruvchi kuchlarini va о‘zaro massa almashinuv tezliklari koeffitsiyentlarining yetarli darajada bо‘lishini aniqlaydi.
“Gaz-suyuqlik” о‘zaro tutashuvini tashkil etish shakllariga kо‘ra quyidagi guruhdagi absorberlar mavjud: sirtiy, plenkali, nasadkali, barbotajli, suzuvchi va mexanik absorberlar.
Sirtiy absorberlarda massa uzatish sirtlari unchalik darajada shakllanmagan bо‘ladi (2.1-Rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |