Reja: - Bozor iqtisodiyoti sharoitida maxsulot ishlab chiqarish rejasining mazmuni va ko‘rsatkichlari tizimi.
- Bozor sharoitida qurilish materiallari korxonalarining ishlab chiqarishni tashkil qilishining iqtisodiy asoslari.
- Korxonaning xo‘jalikni samarali yuritishlarini ta’minlovchi omillar.
-
Bozor iqtisodiyoti sharoitida maxsulot ishlab chiqarish rejasining mazmuni va ko‘rsatkichlari tizimi. - Bozor iqtisodiyoti sharoitida maxsulot ishlab chiqarish rejasining mazmuni va ko‘rsatkichlari tizimi.
-
- Qurilish korxonalari og‘ir sanoat tarkibiga kiradi. Korxonalar maxsuslashganlik, kombinatlashganlik va kooperatsiyalashganlik, ishlab chiqarish xajmi, ishlab chiqarish faoliyat turiga qarab saralanadilar.
- Maxsuslashganlik tavsifiga ko’ra, korxonalar ishlab chiqarish texnologiyasiga, chiqarayotgan mahsulot turiga, bir birlashmada turli ishlab chiqarishlarning kooperatsiyalashganligi va kombinatlashganligiga qarab saralanadi.
- Texnologik maxsuslashganlik turli texnologik jarayonlarda turli mahsulot (buyum, konstruksiya) ishlab chiqarilib, maxsuslashganlikning bunday turi turli beton korishmalari ishlab chiqarish, sun’iy yengil to’ldiruvchilar ishlab chiqarish va xokazolarga xosdir.
- Mahsulot turiga ko’ra korxonalarning maxsuslashganligi buyumli va predmetli maxsuslashganliklarga bulinadi.
- Buyumli maxsuslashganlikda turli xil texnologik jarayonlar mavjudligida belgilangan aloxida tur buyumlari keng ko’lamda ishlab chiqarilishi tushuniladi. Bunday tur maxsuslashganlik asbotsement, yog‘och qayta ishlash, yig‘ma temir-beton korxonalariga ko’proq xos, chunki bu korxonalar aloxida detall, yarim tayyor mahsulot, materiallar ishlab chiqarishga maxsuslashgan (masalan, mineral plitalar, aloxida tur duradgorlik mahsulotlari).
- Predmetli ixtisoslashgan, yagona tip binolarni yotish imkonini beradigan komplekt mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga xos. Bunda bu korxonalar ichida texnologik yoki buyumli ixtisoslashganlikka asoslashgan aloxida sex yoki bo‘limlar mavjud bo‘lishi mumkin. Masalan predmetli ixtisoslikka uy-joy qurilish kombinatlari kiradi. Bu korxona mahsulotlari turli binolarni yqish imkonini beradi. Buyumli maxsuslashganlikni predmetli maxsuslashganlikdan farqi shundaki, buyumli maxsuslashgan korxonalar keng miqdorda belgilanmagan haridorga mahsulot chiqaradi, predmetli maxsuslashgan korxonalar esa ma’lum bir ob’ektni yotish uchun tuplam mahsulotlar turlarini ishlab chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |