3.2 Oqqo‘rg‘on shahrida topografo-geodezik ishlar loyihasi
Obekt yaqinida IV klass triangulyatsiya punkti bo‘lib, bu bizga ishni loyxalashtirishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
“Davlat geodezik to‘rining asosiy tizimi”ga binoan davlat geodezik to‘ri 5 ta tizimdan iborat.
1. I klass qatorlari va II klass turlarini qamrovchi kosmik geodezik to‘r.
2. Kerakli geodezik punkglarning sonini kuyidagi zichlashtirish me’yorlariga binoan xisob kilindi.
1 va 3 klass punktlari har 50 km2 ga bittadan kam bo‘lmagan xolda, qilinayotgan loyihada har 20-30 km2 maydonda bittadan geodezik punkt joylashtirildi. Loyhada 3 klass triangulatsiya to‘ri loyihalangan. Bu loyiha avval saqlanib qolingan 2 klass punktlariga asoslangan.
Loyihada bajarilayotgan ish xududi uchun kartorafik xujjat mavjud bo‘lmaganligi uchun joyning grafik sxemasini tuzish imkoni bo‘lishi uchun
geodezik punktlarning zichligi me’yoridan kelib chiqqan xolda triangulatsiya
va poligonometriya ishlarining xajmi xisoblandi. Xisoblash uchun geodezik asos yaratish usulining qiska tavsifnomasi berildi va quyida keltirilgan.
Davlat geodezik to‘rlari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar
Davlat geodezik to‘ri geodezik punktlar majmui ko‘rinishida butun mamlakat xududida tekis joylashgan bo‘lib, joylarda uzoq vaqt saqdanadigan qilib maxsus markazlar bilan maxkamlananadi.
Davlat geodezik to‘rlari (DGT) astronomik, geodezik, kosmik geodezik, radiogeodezik usullarda barpo etiladi. DGTlarni barpo etilish usuliga qarab quyidagicha nomlanadi: kosmik geodezik to‘r (KGT), astronomo-geodezik to‘r (AGT).
Yuqorida sanab o‘tilgan to‘rlarning punktlari birlashtirilgan yoki o‘zaro geodezik jixatdan bog‘langan bo‘ladi.
Davlat geodezik to‘rlaridan foydalanib mamlakat xo‘jaligi va mudofasiga turli ilmiy va texnikaga oid turli-masalalarni yechish mumkin.
Davlat geodezik to‘ri qo‘yilgan maqsad va yechiladigan masalalarga qarab quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1. Mamlakat xududida yagona geodezik koordinatalar sistemasini o‘rnatish va uni zamon talabiga javob beradigan darajada saqlash;
2. Mamlakat xududida bajariladigan kartografik ishlarni geodezik ta’minlash;
3. Yerdan foydalanish, yer resurslarini o‘rganish, kadastr, tabiat resurslarini qidirish va ularni o‘zlashtirishni geodezik ta’minlash;
4. TabIIy va texnologik muxitni aerokosmik monitoringi, yerdan olib boriladigan aerokosmik navigatsiyani boshlangich geodezik ma’lumotlar bilan ta’minlash;
5. Yer shakli va kattaligini, gravitatsion maydonini, yer po‘stlog‘ining xarakati, qit’alar siljishi, okean va dengizlar satxining farqini o‘rganish;
6. Yirik injenerlik inshootlarining loyihalarini joyga ko‘chirishga xizmat qilish;
7. Yer kutblarining xarakati va Yerning notekis aylanishini o‘rganish;
8. Turgan joyni aniqlash va orientirlashni yuqori aniqlikdagi texnik vositalarini metrologik ta’minlash.
Planli davlat to‘ri bilan bir qatorda davlat nIVelir (balandlik) to‘ri, davlat gravimetrik to‘ri va maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan geodezik to‘rlar barpo etiladi.
Respublikamiz xududida davlat geodezik to‘rlari 1920 yillardan boshlab barpo etila boshlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |