Qurilish ishlari muddatlarini qisqartirish va tannarxni pasaytirish


Geodezik to‘r barpo etishda GPS ni qo‘llash



Download 2,61 Mb.
bet10/13
Sana20.05.2023
Hajmi2,61 Mb.
#941462
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
rasulov I hisobot

Geodezik to‘r barpo etishda GPS ni qo‘llash
O‘zbekistonda 1995 yildan boshlab geodezik to‘r barpo etishda GPS texnologiyadan keng foydalanilmoqda. Yo‘ldoshli radionavigatsiya tizimi, boshqachasiga turgan joyni aniqlash global (dunyo miqyosi) tizimi-GPS (Global Position System) deb ham ataladi. Bu tizimdan foydalanib yerning ixtiyoriy nuqtasidagi Obyekt ni (nuqtani) kecha-yu kunduz-ixtiyoriy vaqtda, har qanday ob-havo sharoitida yuqori aniqlikda koordinatasini, tezligini va aniq vaqtni aniqlash mumkin.
GPS tizimi 1970 yillarda tez rIVojlanib bordi. (Bu tizimdan oldin TRANSIT-yo‘ldoshli tizimi qo‘llanilgan bo‘lib, u aniqlik jihatidan ancha past bo‘lgan). Dastlab bu tizimni faqat navigatsiya maqsadlarida qo‘llash ko‘zda tutilgan edi, lekin 1976-78 yillarda Massachuset texnologiya institutida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki GPS ni qo‘llash yordamida koordinatalarni millimetr aniqlikda topish mumkin ekan, shundan so‘ng bu tizim geodezik o‘lchashlarni bajarishda keng qo‘llanila boshlandi. GPS ning ishlash prinsipi umumiy holda quyidagicha. Yer oldi fazosida Yer sun’iy yo‘ldoshlaridan iborat bo‘lgan to‘r hosil qilingan. Bu to‘r butun Yer yuzasini bir tekislikda «qoplab» turadi. Yer yo‘ldoshlarining orbitasi juda yuqori aniqlikda hisoblanadi. Shuning uchun ham har bir yo‘ldoshning koordinatasini ixtiyoriy vaqtda bilish mumkin. Yo‘ldoshga o‘rnatilgan radiouzatgichlar Yer yuzasiga yo‘naltirilgan uzluksiz signallar yuborib turadilar. Bu signallarni koordinatalari aniqlanayotgan nuqtaga o‘rnatilgan GPS qabul qilish moslamasi (priyomnik) qabul qiladi. GPS va priyomnik apparatlari majmuasiga etalon soat ham kiradi. Bu soatning sutka davomida chastotasini stabilligi  ga teng. Barcha Yer yo‘ldoshlariga o‘rnatilgan soatlar sinxronlashtirilgan va «vaqt tizimi»ga bog‘langan. GPS-priyomnikni vaqt etaloni aniqligi unchalik yuqori emas (priyomnik narxini juda ham oshirib yubormaslik maqsadida aniqlik keragidan oshirib yuborilmagan). Bu etalon o‘lchash ishlari olib borilayotgan qisqa vaqt davomida chastotalarni stabilligini ta’minlab bersa yetarlidir. Amalda vaqt o‘lchashda xatolik bo‘ladi, bunga sabab Yer yo‘ldoshi va priyomnikdagi vaqt shkalalarining mos kelmasligidir. Shu sababli priyomnik yo‘ldosh uzoqligini noto‘g‘ri hisoblaydi. Bunga «sohta uzoqlik» (psevdodalnost) deyiladi. Priyomnik ishlash jarayonida barcha Yer yo‘ldoshlarigacha bo‘lgan masofalar bir vaqtda o‘lchanadi. Demak, barcha o‘lchashlar uchun vaqt mos kelmasligini doimiy deyish mumkin. Matematik nuqtai nazardan qaraganimizda bizga nafaqat X,U,N, koordinatalar, priyomnik soatiga tuzatma ∆t ham noma’lumdir. Bularni aniqlash uchun to‘rta va undan ortiq yo‘ldoshlargacha bo‘lgan soxta uzoqliklarni o‘lchashimiz kerak. O‘lchash natijalarini priyomnikda qayta ishlash natijasida (X, U, N) koordinatalar va aniq vaqt hisoblanadi. Agarda priyomnik xarakatlanuvchi Obyekt ga o‘rnatilgan bo‘lsa u vaqtda soxta uzoqlikdan tashqari radiosignallar chastotalarining dopler siljishlari ham o‘lchanadi, unda Obyekt tezligi hisoblab topilishi mumkin. Demak, GRSda o‘lchash ishlarni bajarish uchun kamida to‘rtta yo‘ldoshning doimiy ko‘rinishini ta’minlash zarur. Yer sun’iy yo‘ldoshlarini to‘liq yoyish natijasida Yerning ixtiyoriy nuqtasidan har qanday vaqtda beshtadan o‘n ikkitagacha yo‘ldosh ko‘rinadi. Zamonaviy GPS priyomniklarida 5 tadan 12 tagacha kanal bo‘lib, u bir vaqtni o‘zida shuncha Yer sun’iy yo‘ldoshlaridan signallarni qabul qiladi. To‘rttadan ortiq yo‘ldoshlardan foydalanib o‘lchash keragidan ortiqcha (izbo‘tochno‘y) o‘lchash bo‘lib, koordinatalarni aniqlashning aniqligini oshiradi va navigatsiya masalalarini yechishning uzuliksizligini ta’minlaydi.
GPS tizimiga quyidagilar kiradi:
1. Kosmik segment - Yer sun’iy yo‘ldoshlari guruhi.
2. Boshqarish segmenti – yerdan kuzatish stansiyalari va boshqarish to‘ri.
3. GPS priyomniklar – foydalanish apparatlari.
Poligonometriya yo‘lini chizmasi 2 -rasmda ko‘rsatilgan.



Download 2,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish