MA’MURIY (ADMINISTRATIV) IDORA XONALARI VA UMUMIY TAShKILOTLAR
Ma’muriy idora xonalarining maydoni 12-18m2 bo‘lib, xonalar soni 4-5 ta olinadi.
Madaniy-ommaviy xizmat xonalari quyidagicha olinadi:
majlislar zali- agar smenadagi eng ko‘p ishchilar soni 100 tagacha bo‘lsa, har bir o‘rin uchun 1,2 m2 ;
100 tadan ko‘p bo‘lsa, har bir o‘rin uchun 0,9 m2 olinadi.
Ma’muriy- idora, kasaba uyushmasi xonalari -12m2 dan bo‘lib, xonalar soni 3 tagacha olinishi mumkin.
Ma’muriy - idora xonalari va umumiy tashkilot xonalari tabiiy yorug‘lik bilan ta’minlanadi.
LOYIHALASH USLUBIGA QO‘LLANMA
Loyihalashga kirishishdan oldin topshiriq va metodik qo‘llanmani o‘rganish, tavsiya etilgan adabiyotlar, normativ va loyiha materiallari bilan tanishish lozim.
Ushbu uslubiy qo‘llanmaga asoslangan holda berilgan topshiriq bo‘yicha yordamchi xonalarni hisoblashga kirishiladi. Undan keyin qavatlar aro rejalash na’munasini tuzishga va konstruktiv yechim sxemasini tanlashga kirishiladi.
Talaba tomonidan ishlangan yordamchi binolar konstruktiv yechimi o‘qituvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng, talaba berilgan (masshtab) miqyos bo‘yicha quyidagi chizmalarni cho‘zishga kirishiladi:
Yordamchi binolar qavatlararo rejalariga ustun, devor, parda devor, proyomlar, pillapoya katagi va h.k.o. joylashgan bo‘ladi.
Yordamchi binolarni ko‘ndalang kesim ko‘rsatiladi. (8-rasm).
Yordamchi binolarning rejasiga garderob shkaflari va sanitar-texnik jihozlar ko‘rsatiladi.
Yordamchi binolarning chizmalarnini bezash umumiy qoidalarga asoslangan holda bajariladi.
Talaba tomonidan tuzilgan tushuntirish xatida kerakli garderob jihozlari va sanitar-texnik priborlar, kerakli maydonlar hisobi, tuzilmaviy sxema tanlangan bo‘lishi shart.
5-jadval
Nomlanishi
|
Ko‘rsatgichi, m
|
Rejada o‘lchamlari.
|
Kabinalar:
|
yopiq dushlar
|
1,8x0,9
|
ochiq dushlar, to‘g‘ri yo‘lakli
|
0,9x0,9
|
Xotin-qizlar shaxsiy gigienasi uchun kichik dushlar
|
1,8x1,2
|
hojatxonalar
|
1,2x0,8
|
Garderob skameykalari
|
0,3x0,8
|
Suv ta’minlash qurilmasi
|
0,5x0,7
|
Ko‘cha va uy kiyimlari uchun garderob shkaflari (iqlimiy rayonga va maxsus kiyimlar va poyafzallarga bog‘liq holda):
llB, llV, llG, lllB, lllV, lV
lV, lD, llA, lllA
lA, lB, lG
|
0,25x0.5
0,33x0,5
0,4x0,5
|
Balandlik o‘lchamlari
|
Ajratuvchi pardadevorlar:
|
|
Pardadevor tepasigacha
|
1,8
|
Poldan pardadevor pastigacha
|
0,2
|
Kiyim javoni
|
1,65
|
Sanitar jihozlar o‘qlari orasidagi masofalar
|
Bittalik umivalniklar
|
0,65
|
Qo‘l va oyoq vannalari, pissuarlar
|
0,7
|
Qatorlar orasidagi o‘tish joyi eni
|
Yopiq dush kabinalari, guruhli umivalniklar
|
1,2
|
Ochiq dush kabinalari va hojatxonalar, pissuarlar
|
1,5
|
Bittalik umivalniklar
|
1,8
|
Qo‘l va oyoq vannalar, xotin-qizlar shaxsiy gigiena kabinasi
|
2
|
Ko‘cha kiyimlari uchun garderob shkaflari, qatorda bo‘limlar soni:
18 tagacha
18 dan 36 tagacha
|
1,4/1*
2/1,4*
|
Do'stlaringiz bilan baham: |