3-Reja:
Mustaqillik deklarasiyasi va uning tarixiy ahamiyati.
O’zbekistonning mustaqillikka erishishdagi qo’yilgan navbatdagi muhim qadamlaridan biri 1990-yil 20-iyundagi Respublika Oliy Soveti tomonidan 12-moddadan idorat bo’lgan «Mustaqillik deklarasiyasi»ning qabul qilinishi yedi.
Bu hujjatning tarixiy ahamiyati shundan iboratki, u o’zbek davlatchiligi tarixidagi birinchi tinch yo’l bilan o’z taqdirini o’zi belgilash huquqi to’g’risidagi hujjat yedi. Unga ko’ra, o’zbek xalqi davlat boshqaruvida har bir millatning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqini va farovon hayot kechirishini ta’minlashni oliy maqsad deb o’z zimmasiga olgan holda, xalqaro huquq qoidalariga asoslanib, o’zining «Mustaqillik deklarasiya»sini e’lon qildi. Va bundan buyon O’zbekiston o’zining tashqi munosabatlarida, davlat hokimiyati masalalarini hal yetishda tanho hokimligini, uning chegaralari va hududi daxlsiz ekanligi, o’z taraqqiyot yo’lini, o’z nomini, davlat ramzlarini (gerb, bayroq, madhiya) o’zi ta’sis etishi va demokratik huquqiy davlat tashkil topganligini butun dunyoga ma’lum qildi. Davlat va jamiyat hayotidagi muammolarni tezkorlik bilan hal etish kechiktirib bo’lmas ahamiyatga yega edi. Chunki o’sha vaqtlarda SSSRning taqdiri hal bo’layotgan edi. Markaz rahbarlari xalqni har xil siyosiy yo’llar va kuch bilan qo’rqitib, ittifoqni saqlab qolishga harakat qilayotgan yedilar. O’sha davrda ittifoqni tish-tirnog’i bilan saqlab qolishga intilayotgan qora kuchlar milliy nizolarni avj oldirish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solgan.Bundan tashqari 1991 yil 31-avgust sanasiga qadar mavjud bo’lgan boshqaruvda mustaqil siyosat olib boorish imkonini berdi.O’zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma’rifiy yangilanish istiqbollari rejalarini belgilab berdi. Batamom mustaqillikni qo’lga kiritish uchun ma’lum bir vaqt talab qilinar yedi. Chunki sobiq ittifoq markazida bunga qarshi juda katta kuchlar tayyor bo’lib turar yedi. Mana shunday og’ir bir vaziyatda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov zimmasiga jamiyatning murakkab ichki va tashqi siyosiy sharoitlarida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va davlat huquqi masalalarini hal qilishga da’vat etilgan, uning qayta o’zgartiruvchisi bo’lishdek nihoyatda og’ir vazifani yukladi. Shunday vaziyatda ham Islom Karimov o’zini buyuk rahbar sifatida ko’rsatdi.Xalqning asrlar davomidagi mustaqillik uchun kurashi ro’yobga chiqib, mamlakatda huquqiy, demokratik jamiyat shakllanishiga shart-sharoit yaratildi. O’zbekistonning boy imkoniyatlaridan xalq turmushini yaxshilash uchun foydalanish mumkin bo’ldi. Mustaqil O’zbekiston bozor munosabatlariga o’tishda har xil salbiy holatlar tug’diradigan «falaj» yo’li bilan emas, asta-sekinlik bilan o’tish yo’lini tanladi. Istiqlolga erishgan xalqimiz jahon minbarida o’z manfaatlari haqida bor ovoz bilan gapirish, xalqaro tashkilotlar ishida faol qatnashish imkoniyatiga ega bo’ldi. Eng asosiy natijalardan yana biri-xalqning tarixiy merosini o’rganish, ma’naviy qadriyatlarini tiklash imkoni tug’ildi.O’zbekistonda mustaqillik sharoitida siyosiy va iqtisodiy qayta qurishlar amalga oshirila boshlandi, birinchi navbatda mustaqil davlatning huquqiy asoslari yaratildi.1991 yil 18 noyabrda Respublika Oliy Kengashi VIII sessiyasi 1991 yil 29 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov va Mustaqillik g’oyasini butun xalqning muhokamasidan o’tkazish to’g’risida qaror qabul qildi. Saylov komissiyalari tashkil qilinib, ularga O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovlar va referendum to’g’risidagi qonunning bajarilishini ta’minlash, O’zbekiston fuqarolariga o’z xohishlarini erkin bildirish, Prezidentlikka nomzodlar uchun teng shart-sharoitlar yaratish vazifalari yuklandi. 29 dekabr kuni muqobillik asosida o’tkazilgan saylovda Islom Abdug’aniyevich Karimov nomzodiga saylov qatnashchilarining 86 foizidan ko’prog’i o’z ovozini berdi. Markaziy Saylov komissiyasi okrug komissiyalari bayonnomalarini ko’rib chiqib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov haqidagi qonunning 35-moddasiga asosan I.A. Karimov birinchi O’zbekiston Prezidenti etib saylanganligi to’g’risida qaror qabul qildi. I.A. Karimov 1991 yil 31 dekabrdan o’z vazifasini bajarishga kirishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |