LABORATORIYA ISHI №13
Yog’ochning namligini aniqlash. Yog’ochning nuqsonlarini o’rganish.
Laborotoriya ishining maqsadi
«Yog’ochning nuqsonlarini o’rganish. Yog’ochning namligini aniqlash» mavzusi bo’yicha laboratoriya ishi ma’ruzada olingan bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash, shuningdek qurilish materiallarining alohida xossalarini o’rganish maqsadida bajariladi.
O’quv qo’llanmada laboratoriya ishlarini bajarish uchun zarur uskunalar, bajarish usullari va tartibi keltirilgan.
Umumiy ma’lumotlar
Yog’ochning har bir xossasini aniqlashda uning tabiiy namligi oldindan
aniqlangan bo’lishi kerak. Yorochning namligi deb, uning tabiiy holatdagi massasi bilan turg’un vazngacha quritilgan massasi orasidagi farqqa (% da) aytiladi. Buni aniqlashda sinash uchun tayѐrlangan reykadan tomonlari 20x20x20 mm li namuna arralanadi. Bu ѐg’och namuna mutlako nuqsonsiz (ko’z, darzsiz) va chirimagan bo’lishi kerak.
Laboratoriya ishi uchun materiallar va uskunalar
«Yog’ochning nuqsonlarini o’rganish. Yog’ochning namligini aniqlash» mavzusi bo’yicha laboratoriya ishi laboratoriyada mavjud bo’lgan uskunalar yordamida bajariladi:
Quritish shkafi;
Dastarra;
CHizg’ich;
SHisha;
Stakan;
Analitik tarozi;
Tarozi toshlari;
Yog’och namunasi.
ISHNI BAJARISH TARTIBI.
Tabiiy nam reykadan arralab tayyorlangan beshta namunaning har birini alohida-alohida qilib analitik tarozida 0,001 g aniqlikkacha tortiladi (m1) va ularni beshta shisha stakanchaga solib, temperaturasi 100-105°S li quritish shkafida turg’un vazngacha quritiladi. Agar sinalayotgan yog’och namuna yumshoq jinslar guruhidan (qarag’ay, archa, terak va hakazo) bo’lsa 6 soat, qattiq jinslardan bo’lsa (eman, qora qayin, shumtol, tiloroch va hokazo) 10 soat quritiladi. SHunda ham namunalar turg’un vaznga ega bo’lmasa, ularni yana 2 soat quritib, keyin tortiladi. Namunaning keyingi massasi oldingi massasiga teng bo’lsa yoki 0,002 g farq qilsa, quritish to’xtatiladi. Stakanchalarda kuritilgan namunalar usti mahkam qilib yopilgan holda kalьtsiy xlor yoki sulьfat kislotasi solingan eksikatorga solinadi. Namunalar eksikatorning yuqori panjarasi ustiga qo’yilgan holda xona temperaturasigacha (+20°S) sovitiladi va namunalarni yana tortib, quritilgan holatdagi massasi (m2 topiladi. Yog’och namunaning namligi (W) 1-formuladan aniqlanadi. Olingan natijalar 1-jadvalga yoziladi.
Jinsi –
Havo harorati -..........
Havo namligi - ......
namlikning o’rtacha qiymati - %
Hisoblash formulasi: (1)
bu yerda m1- namunaning tabiiy holatdagi massasi, g;
m2 – namunaning quritilgandan keyingi massasi, g.
a) N.N. CHulitskiy diagrammasi bo’yicha yog’och namligini aniqlash.
Ishlash tartibi. Uzoq vaqt ochiq havoda saqlangan yog’ochning namligi atrof-muhitning namligiga tenglashib qoladi, bunday yog’ochning muvozanat namligi deb ataladi. U 1-grafik CHulitskiy diagrammasi bo’yicha aniqlanadi. 1-grafikdagi ko’ndalang joylashgan sonlar xona havosining harorati, bo’ylama joylashgan sonlar xona havosining namligini bildiradi. Yog’och namligini bilish uchun shu xona ѐki shu muhitdagi issiqlik va namlikka e’tiborimizni qaratishimiz lozim. Masalan: harorat 200S, namlik 70% bo’lsa, grafikdan qaralaganda ko’rsatkich 13% ni ko’rsatib turibdi. Demak rasmdagi CHulinskiy diagrammasi bo’yicha ѐg’ochning namligi 13% ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |