Qurilish ashyolarining mexanik xossalarini aniqlash. Ashyolarning siqilishga mustahkamlik chegarasini aniqlash. Asbob-uskunalar: gidravlik zichlagich, namuna tayyorlash uchun qolip, namunalar, moy, temir chizg‘ich. Ashyolar, asosan, siqilishga, egilishga va cho‘zilishga ishlaydi. Beton va g‘isht kabi ashyolarning cho‘zilish va egilishga mustahkamligi siqilishdagiga nisbatan 5—50 marta kam bo‘ladi. Yog‘och, po‘lat kabilar esa buning aksidir. Ashyolarning siqilishga va cho‘zilishga mustahkamlik chegarasi quyidagi formuladantopiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |