Rsiq (cho`z) = R/F, MPa, Bunda, R — siquvchi yoki cho‘zuvchi kuch, kg; F — sinalayotgan namunaning kuch tushayotgan yuzasi, sm2, m2. Ashyolarning mustahkamlik chegarasi 5 dan 100 t gacha quvvatga ega bo‘lgan gidravlik zichlagichlarda aniklanadi. Namunalarning shakli va o‘lchamlari O‘zRST da ko‘rsatilgani-dek, turli ashyolar uchun turlicha bo‘ladi. Masalan, betonning siqi-lishga mustahkamlik chegarasini topish uchun beton qorishmadan to-monlari 15 sm li (har bir qorishmadan kamida 3 tadan) kublar, sement markasini aniqlash uchun esa 4x4x16 sm li to‘sinlar tayyorlanadi. Namunani buzish uchun ketgan kuchni topishda manometr ko‘rsat-kichini porshen yuzasi qiymatiga ko‘paytirish kerak. Moy vosita-sida namunaga bosim asta-sekin, ya’ni sekundiga 3—20 kg/sm2 tez-likda berilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |