Qurg‘oq dasht shamoli paydar-pay esar, har



Download 108,86 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.01.2022
Hajmi108,86 Kb.
#395547
Bog'liq
Hazrati Hizr izidan. Isojon Sulton



Isajon Sulton. Hazrati Hizr izidan (hikoya)

 

Опубликовано: 04.02.2014 20:18 

Qurg‘oq dasht shamoli paydar-pay esar, har 

yer-har yerda o‘sgan daraxtlarning qurigan 

yaproqlarini band-bandidan uzib uchirar va oyog‘im 

ostiga to‘zon qilib urar edi.  

Dashtning sariq o‘tlari chuchmal is taratardi. Havo 

issiq bo‘lsa-da, uzoq-uzoqlarda nima uchundir 

siyrak tumanga o‘ralib olgan ko‘kimtir tog‘lar ko‘zga 

tashlanadi. Balki masofa juda uzoq bo‘lgani uchun 

shunaqa ko‘rinayotgandir? Tog‘lar yonbag‘rida 

to‘p-to‘p yashil qishloqlar bor, Arslonbob tog‘lari, 

Arslon ota daxmasi o‘sha yoqlarda. 

U tog‘ oralarida bo‘ri, tulki va hatto ayiq ham 

yashaydi, deyishadi. Tiyonshonga qaraganda 

ancha kichkina, ko‘kimtir-qoramtir qoyalarini yilning 

deyarli har faslida mana shunday siyrak tuman 

o‘rab turadi. Qoyatoshlarning yonbag‘irlari deyarli 

yaydoq, mayda-chuyda tog‘ butalariniyu pistalarni 

aytmasa, archayu sarvlar oz. Bilmadim, lekin 

yurtimning ayrim kishilari bo‘riyu ayiqni ulov qilib 

minib yurishgan. Ba’zilari hatto arslonlarni o‘zlariga 

bo‘ysundirganlar. Arslon ota ham o‘shalardan biri 

bo‘lishi mumkin. 

Yurtim uzra azizu avliyolarning daxmalari sochilib 

ketgan. Xalq bu zotlarga, ko‘rsatgan mo‘‘jizalari 

Tangriga yaqinliklari bois deb qattiq e’tiqod 

qo‘ygan. Biri, uni ziyorat qilish uchun yo‘lga 

chiqqan kishining qayda ekanini aniq sezib turgan. 



Boshqasi suv uzra va hatto havoda qadam tashlab 

yura olgan. Yana biri bomdod namozini Buxoroda, 

peshinni Tabrizda va shomni Ka’bada o‘qigan. 

Boshqasini esa bir vaqtning o‘zida turli yerlarda 

ko‘rishgan. Hayotda ekanliklarida avliyo maqomini 

olganlar, hayotdan o‘tganlaridan keyin esa 

azizlikning timsoliga aylanib ketganlar. 

Ha, ular haqiqatan ham ulug‘ aziz-avliyolardir. Umri 

mobaynida nafsining va dunyoning jilvai 

nozlanishlariga sira havaslanmagan, dillaridagi 

g‘oyat kuchli imon sabab barchaning e’zoziga 

sazovor bo‘lgan zotlardir. Bir necha yillar avval 

Buxoroga borganimda eshitganim rivoyat yodimga 

tushadi. O‘sha yerning xizmatchisining aytishicha, 

bu muborak zot qoshiga hazrati Xizr suhbatga kelib 

turar emish. Tabiiyki, ulkan yashil yopinchiqli 

daxma tubida nimalar bo‘layotganini tasavvur qilish 

qiyin, biroq, azizlikning sirlarini anglab yetishga 

urinayotgan bir odam daxmaga tushunmovchilik ila 

boqar ekan, ayni damda ikki avliyoning ruhi 

bemalol suhbat qurayotgan bo‘lishi ham 

mumkin-ku? 

Azizlar va avliyolar ochiq-yaqqol muborak 

kishilardirlar. Ularning azizlik maqomiga 

kelishlarining siri nimada? Albatta, u sirni bilganim 

bilan o‘sha maqomga ko‘tarila olishim uchun 

bilimim va qat’iyatim yetmasligini sezib turibman. 

Shu boisdan yuragimda g‘alati bir armon bo‘y 

cho‘zadi, taassuf bilan hoyu havas ichra o‘tkazgan 



umrim esimga keladi... balki men ham Xizri Ilyosni 

uchratarmikinman, deb ilinjlanaman. 

Ha, men hazrati Xizrni izlamoqdaman. 

Avliyolarga berilgan karomatlarga erisha olmagan, 

ammo yana bir ulug‘ avliyoga – Hazrati Xizrga duch 

kelgan kishilar haqida ham juda ko‘p rivoyatlar bor. 

Odamlar asrlar bo‘yi e’zozlaydigan, Tangri 

taoloning va farishtalarining e’zoziga ham sazovor 

bo‘lish uchun umrini sarf qilgan, dashtu sahro 

kezgan va u yuksak darajaga erishish uchun lozim 

bo‘lgan hamma shartlarni ado etsa-da, valilik 

maqomiga nima sababdandir yetisha olmagan 

zotlarning ba’zilariga u ro‘para kelgan. Azizlar – 

ana o‘shalardir. Ularning kщpining ismlari ham 

ayon emas. Avliyolarning darajalari mendan juda 

yuksakda ekanini qalbim sezadi. Biron nuqsoni 

bo‘lmagan, yulduzday nur sochib turgan 

avliyolardan ko‘ra, mashaqqatli bilim yo‘llaridan 

tafakkur cho‘qqilari sari intilgan va Hazrati Xizrning 

inoyati bois maqsadiga erishgan azizlarning yo‘li 

menga osonroqday tuyuladi... 

Ha, avliyolarning daxmalari tomon olomon 

daryoday oqadi. Ularning maqbaralari baland, har 

tomondan ko‘rinib turadigan qilib qurilgan. Hazrati 

Xizrni uchratgan azizlarning daxmalari uzra esa 

ko‘pincha bir dona tug‘, bir tup gujum yoki 

qoyatoshdan uzilib tushgan katta xarsangtosh 

bo‘ladi. Goho hech narsa bo‘lmaydi, ismsiz, 

belgisiz oddiy bir maqbar. Lekin, qachonlardir 



ba’zilari o‘zlaridan iliq, mayin yog‘du taratgani 

haqida rivoyatlar bor. Chunki, u muborak zot 

otining tuyog‘i tekkan qaqroq yer ham birdaniga 

jonlanib, gulu chechak yozib yuborgan deydilar. 

Ba’zilarining toshiga turli yozuvlar o‘yib bitilgan 

bo‘ladi, ba’zilarining ustida esa hech qanday yozuv 

yo‘q, kimligi ham noma’lum. 

* * * 


Yoz quyoshi tevarakni birday qizdiradi. Qop-qora 

uzumlarni oqish chang qoplagan. Sarg‘imtir pastak 

uylar ustida dashtning issiq havosi jimirlaydi. 

Kishilar ekinzorlarida, uylarida turli-tuman 

yumushlar bilan ovora. Yoyilib oqayotgan ingichka 

toshloq soy bo‘yida o‘ynayotgan mayda-chuyda 

bolalar menga qiziqsinib qarashadi. Xotin-xalajning 

yuzlari ochiq, shaddod, ular ham yumush bilan 

band. 

Dashtning o‘ynoqi shabadasi o‘t-o‘lanning qurigan 



barglarni uchirib, oyoqlarim ostiga olib kelib uradi. 

O‘tib borarkanman, yo‘l yoqasidagi daraxtdan to‘p 

etib bir dona meva uzilib yerga tushdi. Qo‘limga 

olib, aylantirib qaradim. Kichkinagina, taram-taram 

xiyol qizg‘ish yo‘lli sarg‘ish olma ekan. Bandiga 

yaqin joyidan birov teshikcha ochibdi. Saldan keyin 

teshikchadan boshchasi qizg‘ish meva qurti 

bezovtalanib mo‘raladi. Olmani o‘tlar orasiga 

uloqtirib, yo‘limda davom etdim. 

...Mana, Hazrati Ilon ota daxmasidaman. Bu 

kishining qoshiga ham Xizri Ilyos kelgan deydilar. 



Ortidan ilonlar ergashib yurishgan, amriga so‘zsiz 

bo‘ysunishgan. Hatto bahaybat bittasi oromini 

qo‘riqlab yotganmish. Olomon daryoday oqib kelar 

edi. Ular qatoriga men ham qo‘shildim. Kenggina, 

lekin shifti juda past dahlizga kirdik. Eshigi ham 

past edi, kirayotgan odam istasa-istamasa ta’zim 

qilib kirsin deb shunday qurilgan deb tushuntirdi 

xizmatchi. Poyafzallarimizni yechib, chordona qurib 

kutib o‘tirdik. Ichkaridan tilovat ovozlari eshitilardi. 

Xotin-xalaj, yoshu qari ko‘zida yoshi bilan qaytib 

chiqmoqda edilar. Izdihom orasida ko‘rlar, karlar, 

kasallar ko‘p edi. Bir kishi o‘zi yurolmas ekan, 

aravachada olib kelishibdi. Juft-juft bo‘lib 

befarzandlar ham o‘tirar edilar. Xizmatida yoki 

tijoratida ishi yurishmaganlar ham ora-sira ko‘zga 

tashlanar, bundaylar yurish-turishidan va o‘zini 

tutishidan ajralib turar, lekin oz sanoqli bo‘lib, 

kelguvchilarning aksariyati oddiy avom edi. 

Kiraverishdagi tosh lavhga esa kufiy yozuvda bir 

bayt ham bitib qo‘yilibdi: 

Kimki bir ko‘ngli buzuqning xotirin shod aylagay, 

Oncha borkim, Ka’ba vayron bo‘lsa obod 

aylagay...[1] 

Ustiga tovlanuvchan yashil mato yopilgan uzun 

qabr atrofiga aylana to‘shaklar solinibdi. Xazina 

egasining hurmati bois shunday uzun daxma 

qurilgan bo‘lsa kerak. Daxma xizmatchisi – nuroniy 

bir otaxon shikasta ohangda tilovat boshladi. 

Tilovat so‘zlariga e’tibor berdim: oyat Tangri rizosi 



haqida bo‘lib, «Ey xotirjam-sokin jon, sen rozi 

bo‘lgan va rozi bo‘lingan holda Parvardigoringga 

qayt! Bas, solih bandalarim qatoriga va Mening 

jannatimga kir!» deyilmoqda edi. Tilovat tugagach, 

kishilar qo‘llarini daxmaga qo‘yishdi. Har kim 

o‘zining bir istagini, bir orzusini pichirlab ayta 

boshladi. Shuncha yuz ifodalari o‘xshash bo‘lib 

qolganiga e’tibor berdim – hammasining ko‘zida 

ajib ilinj va yolvorish boriydi. Ammo ba’zilar shu 

yerda ham olazarak bo‘lib o‘tirar, bular – 

hojattalablarning yonida kelgan hamrohlari edilar. 

Ajab, bu makonga yetti yuz yildan buyon olomon 

mana shunday oqib keladi. Har kuni son-sanoqsiz 

kishilar shu kishining sha’niga duo qilib, xayr 

tilamoqdalar. Men ham ular qatori duo qildim, 

savobini Ilon otaga bag‘ishlab, o‘rnimdan turdim. 

Kishilar avliyoning haqqi-hurmati bois 

orqamachasiga yurib bormoqda, eshikka 

yetganlaridagina yuz o‘girmoqda edilar. G‘alati, 

boshqa qonuniyatlar bor edi bu yerda. Ipak qurti 

kapalakka aylanib, pillani teshib chiqib uchib ketdi, 

kishilar bo‘m-bo‘sh pilla ustida yig‘lab o‘tiribdilar, 

degan edi shunday ulug‘ kishilardan biri. Lekin 

xizmatchining aytishicha, avliyoning ruhi tirik 

vaaynan shu yerda emish. Aql shoshmasdan iloj 

qancha? U qonuniyatlar yozilmagan, aytilmagan, 

biroq, kelganlarning bari o‘z-o‘zidan amal qilmoqda 

edilar. 


* * * 


Tashqariga chiqqanimda tush mahali edi. 

– Mana bu tumorni oling, Ilon ota har doim o‘qib 

yurgan duolar yozilgan, – deb, yana menga tumor 

sotishga urinib ko‘rdi shu yerda aylanib yurgan 

yigitchalardan biri. 

Ichkariga kirib chiqqunimcha tashqarida odam yana 

ko‘payibdi. Mahobatli, hashamdor arobalarda ba’zi 

boyonlar oila a’zolari bilan kelgan ekan. Orqaroqda 

ipak matolarga o‘rangan xotin-xalaj, oldinda 

gerdayibroq qadam tashlayotgan boyning 

kibrlanishlarini ko‘rdim. 

Chiqishda, chinor ostida bir miskin kishi o‘tirgan 

ekan. Oldida suvqovoqdan yasalgan ko‘zasi, bir 

parcha latta ustida jiyda danaklaridan terilgan 

tasbehi. Sadaqa so‘rovchilardan bo‘lsa kerak. 

Qizig‘i shundaki, sonsiz-sanoqsiz kishilar mana 

shunday daxmalarga kelib, dunyoviy hojatlarini 

so‘rab yalinib-yolvorsalar, daxmalar atrofidagi 

miskinlar o‘sha hojattalablardan sadaqa so‘rab 

o‘tirishadi. Ajabo, nega aziz-avliyolardan 

so‘rashmas ekan, deb hayron bo‘laman. 

– Xudo yo‘liga sadaqa qiling, bolam, – dedi miskin, 

ming‘irlab. – Bolam och, o‘zim zaifman. Bir burda 

non uchun sadaqa qiling. 

* * * 

Keyingi manzilimga yetib kelganimda, manzaralar 



farqli edi. Sababi cho‘l va dashtlarning 

bepoyonligida bo‘lsa kerak. Qarovsiz og‘ochlar 

yakkam-dukkam o‘sibdi. Hammasining barglarini 



oqish to‘zon qoplagan. Daraxtlarga ola-bula lattalar 

boylab tashlangan, ostida eski tangalar bor. 

Sadaqa so‘rovchilar nima uchundir u tangalarga 

tegishmaydi, qo‘rqishadi. Mantiqsizlikdan aqlim 

shoshadi. 

Bu yerda ham shabada qurigan barglarni ohista 

uchirib o‘ynar va kishilarning oyoqlariga olib kelib 

urar edi.  

Maqbar atrofida o‘sha-o‘sha quroq olomon... 

Kichkina, ensiz barglari suvsizlikdan quriy 

boshlagan uch-to‘rtta daraxt ostida kishilar to‘p-to‘p 

bo‘lib o‘tirishar, befarzandlar farzand, omadsizlar 

omad, baxtsizlar baxt, kasallar shifo tilab avliyo 

maqbarasi yonida to‘plangan, bular ham o‘zlari 

bilan olib kelgan narsalarini yeb-ichib o‘tirishardi. 

Gujum ostidagi kishilardan biri menga naqshli 

arabiy yozuvlarni sotishga urinib ko‘rdi, arabcha 

bilmasligim uni qaytarolmadi, shu tumorlarni sotib 

olsam mo‘‘jizalar ro‘y berishini, balo-qazolardan 

saqlashini aytib iddao qildi. 

– Otani yetti kun tavof qilish kerak, – dedi u. – Bu 

kishilar yetti kundan beri shu yerda. Shundagina 

uning ruhi qo‘llab-quvvatlaydi. 

Nariroqda uning xotini, onasi va ikki-uchta qizalog‘i 

ham ko‘zga tashlanar edi. 

– Kechasi osmonga qarasangiz, uchar 

yulduzlarning rosa ko‘pligini ko‘rasiz, – dedi tavofga 

kelganlardan biri. – Ular avliyo g‘ori ustida goho 

g‘uj bo‘lib olishadi, goho esa betinim yerga 



yog‘ilishadi... 

Avliyo mozori qoshida yetti kun o‘tirdim. Bu dahma 

ham g‘oyat uzun, kattakon tug‘ qadab qo‘yilgan edi. 

Sababini so‘raganimda, Tangri taolo mo‘‘tabar 

ko‘rgani bois qabrini kengaytirgan, deb javob qildi 

daxmaning keksa xizmatchisi. Avliyoning g‘origa 

kirish menga nasib qilmadi, kirganimda ham 

bor-yo‘g‘i bir yerto‘lagagina kirgan bo‘lardim, 

haqiqiy bilim g‘ori menga nasib etmasligini 

avvaldanoq bilardim. 

Keyin yana yo‘limda davom etdim. Avvalboshda 

taqir yerda o‘sgan mayda-chuyda butalar ham 

tugagach, silliq, mayda, o‘ziga suv yuqtirmaydigan 

g‘alati qumlar boshlandi. Har qancha suv ham bu 

yerda singib ketaveradi. Olis-olislarda tog‘lar ko‘zga 

tashlanadi, u – Tangritog‘ bo‘lsa kerak, lekin 

sarobmi yoki rostmi, bilish qiyin. Yerdan qaqqayib 

chiqib turgan toshlarning xarobalari aro 

kezarkanman, atrofida sayyohlar sanqib yurgan, 

noma’lum yozuvlar bitilgan toshlarni ham ko‘rdim, 

ularni siypalaganimda bir nimalarni his qildim ham. 

Ha, olam uzra sochilib ketgan aziz kishilarning 

sanog‘ini Xudodan o‘zga hech kim bilolmaydi. 

Ularning qaysi biri avliyolikning qay maqomiga 

erishgani ham qorong‘u. Biroq ilmu fan g‘oyat 

taraqqiy etgan shu kunda kishilarning bu yerlarga 

daryoday oqib kelishlari ham g‘alat. Dunyo 

xazinalarining eshiklari tobora keng ochilgan, 

istagan narsangga erisha oladigan davr bo‘lsa, 



fazo kemalari o‘zga sayyoralarga parvoz qilishga 

chog‘lanayotgan, elektron ko‘zlar yerdan yuzlab 

yorug‘lik yili olisdagi yulduzlar bag‘rida ro‘y 

berayotgan hodisalardan tortib eng mayda 

zarralargacha ko‘rib tadqiq qilayotgan, shisha 

idishlarda odam a’zolarini o‘stirish tajriba 

qilinayotgan bir mahalda kishilarning mana 

shunday maqbaralar poyida nimalarnidir 

istab-yolvorishlari yanada g‘alat edi. 

Avliyolar tungi osmonida yulduzlar uchgan 

makonlarda asrlar bo‘yi jim turadilar. Bu bepoyon 

cho‘llar o‘z bag‘rida yana qancha sirlarni yashirgan 

ekan? Ba’zi kishilar tunda ham ularning huzuriga 

keladilar. Qurbonliklar so‘yishadi, duolar qilishadi, 

haftalab-oylab ketmay o‘tirishadi. Hayotlarida 

nimadir o‘zgarishidan umidlanishadi. Bu yerda ham 

tunda yulduzlar g‘uj-g‘uj bo‘lib maqbarlar tepasida 

to‘planar, goho bir nechasi yorug‘ iz qoldirib pastga 

sho‘ng‘ir edi. Tevarakni uzoq kezdim. Bir joyda 

oyog‘im ostida yotgan bir bo‘lak qoramtir narsani 

topdim. Qo‘limga olsam, kichkina, sovuq temir 

parchasi ekan. “Yerga qarab uchib, keyin so‘ngan 

o‘sha yulduzlardan birining parchasimikin?” deb 

o‘yladim. 

* * * 

Mana, kimligi noma’lum bir zotning oldidaman. U 



baland, ulkan, metin bir qoya ostida. Yonidan iliq 

suvli kichkina buloq qaynab chiqqan, turli dardlarga 

shifo. Qoya bag‘riga yozuvlar o‘yib yozilgan, ularni 



hali hech kim o‘qiy olgan emas. Qachonlardir yer 

yuzida yashab o‘tib ketgan kishilar tosh bag‘riga 

turli shakllarni o‘yib yozishgan. Buloq tubida eski 

tangalar xira yiltiraydi. 

– Bu qoyatosh bir mahallar o‘zidan yog‘du taratib 

turgan, oradan asrlar o‘tgach, nima sababdandir 

yog‘dusi so‘nib qolgan, – dedi shu yerdagi 

kishilardan biri. 

Tosh poyiga cho‘k tushdim. Qanaqadir begona bir 

o‘t bor ekan, barglari kambar, uchli va kalta, qator 

tizilgan bargchalari shabadada shirillagan ovoz 

chiqara boshladi. 

Bir dona qurigan yaprog‘i uchib, oyog‘im ostiga 

kelib urildi. 

Xayolimga avval eshitganim bir rivoyat keldi. Inson 

bolalari almisoqda shahodat kalimasini 

aytganlarida bir farishta guvoh bo‘lgan ekan, keyin 

esa u nur taratuvchi toshga aylanibdi. Ka’badagi 

xajarul asvad, ya’ni qora tosh aslida o‘sha 

farishtadir, deydilar. Xajarul-asvad hozir nur 

taratmay qo‘ygan, lekin sonsiz-sanoqsiz kishilar uni 

tavof qiladilar. Men ham, agar Xazrati Xizrni topa 

olsam, Tangrimga shukronalar ayta-ayta, safarimni 

Ka’bada yakunlashni, xajarul-asvadni ko‘zimga 

surishni niyat qilganman. 

Qiziq, ketay desam, ketolmayman. Qolay desam, 

haqirligimdan, istaklarimga erisholmasligimdan, 

umrimning behudaga ketishidan hayiqaman. 

Goh-goh toshga yaqin borib quloq solaman. 



Qarshimdagi zot jim. Tun salqinida sovigan tosh 

yozuvlari orasiga bitta hasharot tushib qolibdi, 

yozuv chuqur bo‘lgani sababli chiqib ketolmay 

o‘rmalab aylanmoqda. 

Bu yozuvlarning ma’nosi nima? 

O‘rxun bitiklaridan xabarim bor. Oltoy 

yozuvlariningu jangu jadallardan hikoya qiluvchi 

boshqa bitiklarning ma’nolarini ham bilaman. 

Osmonda esa tinmay yulduzlar g‘uj-g‘uj bo‘lib 

to‘planishadi, gohida ba’zilari yog‘duli iz qoldirib 

pastga – yer yuziga sho‘ng‘ishadi. 

Bu yerda ham quroq-quroq ziyoratchilar to‘p-to‘p 

bo‘lib o‘tirishibdi. Ularning istaklarini taxmin qilsa 

bo‘ladi, yana o‘sha ahvol: befarzandlar farzand, 

omadsizlar omad, kambag‘allar boylik, kasallar 

sog‘lik ilinjida turli tomonlardan surgalib yetib 

kelishgan. Hammaning niyati tilak va so‘rash edi. 

Betinim, betinim so‘rar edilar! 

Hayfim keldi. Mo‘‘jiza egalarining huzuriga 

bo‘lmag‘ur tilaklar bilan ham kelinadimi axir? 

Dilimda bir huzun bino bo‘ldi. Shunda dasht yeli 

yana jonlandi-da, qadimiy bir qo‘shiq sasini olib 

kelib qulog‘imga urdi, so‘zlarini uncha 

anglamasam-da, ma’nosini yaxshi tushundim. 

Do‘ndim shoxdan qo‘pgan quruq yaproqqa,  

Sahar yeli, to‘zg‘it meni, ur meni. 

Ko‘tar to‘zonimni bundan uzoqqa 

Yorning yalang oyog‘iga ur meni... 

  



Turli-turli kishilar: yoshu qari, sarvqadu qaddi egik, 

sog‘lomu xastalar kezar edi bunda. Ularning 

dillarining suvratlariga razm solishning iloji 

bormikin? Ko‘pchiligining qalblarida g‘alati yolg‘izlik 

hukm surayotgan bo‘lsa ne ajab? Aslida olomon 

ichida kezib, kulib-iztirob cheksalar-da, o‘z nafsu 

istaklari jarliklarining zulmatlarida sanqib yurgan 

bo‘lsalar-chi? Axir, hammasi benihoya ko‘p 

narsalarni so‘rab, betinim tavallo qilmoqdalar-ku? 

Orzular ham dil osmonida tunda men ko‘rgan 

yulduzlar kabi ucharmikin? Tilaklariga 

yetolmaganlarning qalblari boya yerda yotgan 

o‘sha temir parchasi kabi parchalarga to‘lib ketgan 

bo‘lsa-chi? Orzular yulduz kabi uchishi va 

ushalmagach, yerga tushib, so‘ngan yulduz 

parchalariga aylanib ketishi ham mumkinmi? 

Bir qari cholni ko‘rdim, umri tugashiga bir yoki ikki 

kungina qolgan bu bebaxt vujudiga yopishgan va 

hozir azob berayotgan kasallikdan qutqarishini 

so‘rab iltijo qilmoqda edi. 

Tujjorlarni ham ko‘rdim, molu dunyosi behisobligi 

yiltillab yog‘ bosib ketgan ko‘zlaridan bilinib turgan 

bu kishilar u mollarga yana qo‘shishini so‘rab 

tavallo qilar edilar. Biroq, bu yerdan chiqqanlarida 

qaysi biri yana qaytib o‘sha molu dunyosigacha 

sog‘-omon yeta olarkan, birov bilmas edi. 

Bu olomonda yashash istagi shu kadar zo‘r ediki, 

aql bovar kilmasdi. To‘qson oltiga kirgan ilviragan 

bir chol badanida paydo bo‘lgan oq dog‘lardan 



xalos qilishini so‘rab kelibdi. Aravachada 

qo‘lsiz-oyoqsiz, g‘o‘la kabi bir odamni ham olib 

kelishgan ekan, u tushunarsiz va tuzalmas bir 

kasallikka mubtalo bo‘libdi, o‘sha kasalligiga davo 

so‘rab yolvormoqda edi. 

Faqat shamolgina begidir va ozod kezar, kumlarni 

va qurigan maysalarning xazonlarini betinim sochib 

o‘ynardi. 

O‘yga botib uzoq o‘tirdim bu yerlarda. Qarshimdagi 

noma’lum zot ham jim edi. Shu mahalgacha 

qoshida bo‘lganim hamma-hammasi ulkan bir sirni 

bag‘rida yashirganini, unga erishsam hayotim 

o‘zgarib ketishini bilsam-da, u muqaddas bilimlar 

bobida, ya’ni Xazrati Xizrni qanday uchratish 

mumkin ekani haqida hanuz tasavvurim yo‘q edi. 

Xalqda bu kishilar halolliklari, rostgo‘yliklari, Tangri 

taolo belgilagan chegaralardan chiqmaganlari va 

sidqidildan ibodatlari ila yuksak maqomlarga 

erishganlari haqida rivoyatlar yuradi. Bipoq, 

rostgo‘y va halol kishilar kammi dunyoda? Bir 

xalqdan yuz yilda bir avliyo chiqadi degan gap-chi? 

Har holda, ularning men anglab yetmagan yana 

boshqa xususiyatlari borligi aniq, biroq nima? 

Ha, ikki daryo oralig‘idan to Tabrizu Ko‘niyoga 

qadar aziz-avliyolarning qabrlari sochilib yotibdi. 

Ularning ko‘pidan bexabarmiz. Ismlarinigina 

bilamiz, xolos. Men esini taniganidan beri ibodat 

ichida bo‘lgan juda ko‘p insonlarni taniyman. Ammo 

birontasida yuksaklik va komillik alomatlarini 



ko‘rmadim. U qanday g‘alati maqomki, 

aytilganlarning barini ado etilganida ham erishish 

mushkul? Aslida, aziz kim? U qanaqa maqom? Ne 

sabab ila ularga bunday karomat ato etilgan? 

* * * 

Hech qaerda izlaganimni topmadim. Afrosiyob 



shamollari, Nurota izg‘irinlari, Samarqandu 

Buxoroning yetti avliyosi daxmalariyu noma’lum 

toshlari... birontasi menga o‘z sirini ochmadi. 

Nihoyat, jonsiz toshlar orasidan yana bir aziz 

zotning qabrini topdim. 

Bu – so‘nik daxma edi. Balki u ham bir mahallar 

yog‘dulana-yog‘dulana, so‘ng so‘nib qolgandir? 

Xuddi sham yongani kabi. Ammo sham yog‘du 

tarata-tarata o‘zini xarjlab yuboradi. Azizlarning 

daxmalari esa ichida saqlagan sirlari tufayli 

yog‘dulanadi. Uning yog‘dusi bitmas-tuganmas 

bo‘ladi. 

Biroq, so‘nib qolibdi-ku? Nega so‘ndi ekan? 

Umuman, azizlar mangu tirikdirlar degan gap aslida 

nisbiy bo‘lsa-da, ularning yog‘dulanish va so‘nish 

sabablari bizga baribiram mavhum. Sababini bilish 

qiyin. 

Bu daxmaning so‘nish sababini o‘zimcha mulohaza 

qilib ko‘rdim. Men kabi sonsiz-sanoqsiz 

insonlarning tarixlarini o‘z ichida saqlagan, 

hayotlarini behuda narsalaru yanglish e’tiqodlar 

uchun sarf qilganlarning muarrixi emasmikin bu? 

“Yerda yotgan mana bu so‘nik tosh askar edi, – 



dedi tavof uchun ortimdan ergashib kelgan bir kishi. 

– U yurtim deya halok bo‘lib ketganida, u bilgan 

yurtdan asar ham qolmagan edi. Qarang, 

ichkariroqda yana yuzlab toshchalar yotibdi...” 

Yerda yotgan g‘uj-g‘uj toshchalar o‘sha-o‘sha, 

so‘ngan yulduzlarning qoldiqlariga, sovib qolgan 

temir parchalariga o‘xshar edi. 

Osmon xira tusda, dasht aro izg‘irin shabada 

esardi. Nariroqda bir to‘da kishilar to‘planib 

yeb-ichib o‘tirishardi. So‘yilgan qo‘ylarning terilari 

ko‘zga tashlanardi. “Tig‘ tegmagan qo‘y bo‘lishi 

kerak”, der edi birov do‘rilloq ovozda. 

Avom, avom! Yo‘q, karomatu mo‘‘jizalar bu 

avomning insofga kelishi uchun berilmagandir? 

O‘ziga berilgan mo‘‘jizalardan hech qachon 

qoniqmaydigan, yana va yana ko‘lini cho‘zib 

betinim va betinim so‘rashni, tilanishni yaxshi 

ko‘radigan avom zotan suv ustida suzmoqda, 

bo‘ladigan voqea-hodisalarni oldindan bilmoqda, 

xastaliklardan davo topmoqda, ko‘r-ko‘rona 

timirskilanib hayoti dunyodan yashab o‘tmoqda! 

Nahr oldida, sohilda qayiq turgach, suv uzra piyoda 

yurib o‘tishdan ne naf? Suv uzra piyoda ketayotgan 

kishi yemish haqida o‘ylarmidi? Yo‘q, albatta. 

Yupqa parda ustida yaratganning ismini aytib 

ketayotgan odam qo‘rquv va hayiqish ichra qadam 

bosishi haqiqatga yaqinroq. Chunki yurib 

borayotgan g‘oyat inja sath ostida tubsiz 

chuqurliklar borligining vahmi har doim shuurida 



o‘rgimchak kabi o‘rmalab turadi. “Seni suv ustida 

tutib turgan zot dunyo uzra ham mana shunday 

tutib turmoqdadir”, degan qattiq sadoni 

eshitayotgan bo‘lishi ham mumkin. Bo‘ladigan 

voqealarni oldindan bilish yanada halokatliroq bilim 

ekaniga shubha yo‘q. 

Nihoyasiz shu yo‘limda ketar ekanman, so‘qmoqda 

yana bir miskin uchradi. Yonida yosh bir bola bor 

edi. 

– Xudo yo‘liga sadaqa qiling, bolam, – dedi miskin, 



yolvorib. – Bu bola yetim, men ishlab pul 

topolmayman. Xudo haqqi, ochmiz, ozgina sadaqa 

qiling. 

So‘rovlari ijobat bo‘lmaganlarning bittasimi bu? 

Azizlar qabri tepasida bu bebaxt ham xazina yoki 

boylik so‘rab ancha yolvorgandir? Daxma ichidagi 

zotning qay iztiroblar ichida ekanidan bexabar, pul, 

tilla, omad so‘ragandiru tilaklari ijobat bo‘lmagach, 

tirikchilikning osonroq yo‘liga o‘tib olgandir? 

Uni qattiq malomat qilib o‘tib ketdim. Miskinning 

ko‘zlari yoshlanganini, ezilib tuproqqa o‘tirib 

qolganini, bolakay esa boshini egib 

ma’yuslanganini ham ko‘rdim. “Hoy inson, 

yoningdagi yosh bolangdan uyalmaysanmi, qay 

yuz bilan sadaqa so‘raysan?” 

– Dilimni vayron qilmang, – dedi miskin. – Har 

Musoga bir Xizr deganlarini eshitmaganmidingiz, 

bolam? 


Yana qaraganimda miskin ham, bola ham yo‘q edi. 


Balki ho‘v ortda qolib ketgan daxma sari 

ketishgandir? 

Shamol ular turgan joydagi daraxtning qurigan 

bargini uzib oldi. Biroq oyoqlarim ostiga olib kelib 

urmadi, balki uzoq-uzoqlarga uchirib ketdi. 

* * * 


Ha, ba’zi kishilarning yer yuzida tentiray-tentiray, 

g‘alati narsalarni so‘rab-tilab yurishining o‘ziyoq bu 

olomondan uzoq turish kerakligini bildirib turar edi. 

Umrlarining bir necha o‘n yilini sarflab muhtasham 

baland imoratlar qurib, yeb-ichib semirib kegan 

kishilar azizlar qoshiga ayniqsa ko‘p kelmoqda 

edilar. Ularning juda-juda baxtsiz ekanliklarini 

ko‘rmoqda edim. Ey badbaxt, o‘zing tilagan 

hashamning ichidasan-ku, yana qanday saodatdan 

lof uryapsan, dedim farog‘at ilinjida kelgan boylik 

egalariga. 

Esimga daraxt shoxida ko‘rganim olma qurti keldi. 

Uning hikmatini ham darrovgina anglay qoldim. 

Yemishning eng lazzatlisi olma qurtiga berilgan 

ekan. Biroq hayoti mobaynida qurtlik maqomidan 

chiqa olmasligi uning qismati edi. Yodimga yana bir 

azizning hikmati keldi, qurt jondin kechib ipak 

bo‘ldi, ipak qurticha himmating yo‘qmi, demoqda 

edi u. 

Lekin, maqbarlar qoshiga kelib turli narsalarni 

so‘raydiganlarga Tangrim so‘raganlarini berishini 

ham tushundim. Ziddi berilmasligini ham bildim. 

Man etilgan lazzatlar bilan farog‘at hech hachon 



qo‘shib berilmasligi olov bilan suvning 

birlasholmasligi kabi edi. Olomon esa betinim oqib 

kelar, daxma poyida yaslanar va tinmay, tinmay 

hojat so‘rar edi. Birovning xasmini sevib qolgan 

yosh yigit, o‘g‘irlik qilib qo‘lga tushib qolishidan 

xavfsiragan o‘g‘ri, gunohlari va xatolari bois 

vujudiga kasallik ilashgan nafsi to‘ymaslar, “Ber! 

Ber! Ber” deya azizlarning makonlari tomon 

qo‘llarini cho‘za-cho‘za, bahaybat oqim bo‘lib oqar, 

oqar, oqar edilar. 

* * * 

Nihoyat, so‘nggi – yettinchi avliyo daxmasi qoshida 



chuqur o‘yga botib uzoq, juda uzoq o‘tirdim. 

Daxmaning nuroniy xizmatchisi – keksa chol 

yelkamdan turtib, “Turaqoling, sahar vaqti kira 

boshladi” degandagina o‘zimga keldim. 

– Bolam, juda uzoq o‘tirib qoldingiz. Yuragingizda 

armonlaringizu taassuflaringiz qanchalar ko‘p 

bo‘lsa ham, Tangri so‘raganingizni albatta beradi, 

noumid bo‘lmang, – dedi u kulimsirab. 

Eh otaxon, sizga nima ham deya olardim? 

Tilaklarim ijobat bo‘lmadi, biron yerda o‘zim istagan 

narsaga erisholmadim. Hazrati Xizrni qay tarz 

topish mumkinligiga o‘zimning aqlim yetmadi. Yana 

nimaniyam so‘ray? Eng oddiy bir tilagim – Ka’bani 

ko‘rish edi, hech yo‘qsa shu tilagim amalga 

osharmikin? 

Gaplarimni eshitib, chol qo‘llarini duoga ochdi. 

– Keling unda, o‘g‘lim, birgalashib duo qilaylik. 



Shoyad tilagingiz ijobat bo‘lsa. 

Unga qo‘shilib men ham xudoyimdan shu yerda 

yotgan aziz kishining haqqi hurmati, muqaddas 

Ka’bani ko‘rsatishini yolvorib so‘radim. 

Shunda... mo‘‘jiza ro‘y berdi! 

Ko‘z o‘ngimda Ka’ba yeri qalqib ko‘rindi! 

Voajab! U yerda hech nima yo‘q, bo‘m-bo‘sh... 

Ka’ba vayron bo‘lib ketgan edi! 

Nega? Nega? 

Qulog‘imga oqsoqolning so‘zlari kirdi: 

“Aziz-avliyolar sirayam siz o‘ylagandek karomatlaru 

mo‘‘jizalarga ko‘milib yotgan kishilar emaslar. 

Ularning yanada haybatliroq iztiroblari, armonlari va 

afsuslari bor. Lekin Tangrimning buyukligi – 

so‘raganga so‘ralganni albatta berishidadir!..” 

O‘girilib qaraganimda, yonimda hech kim yo‘q edi. 

Lekin, hozirgina u turgan yerdagi bir dona quvroq 

o‘t jonlanib, yashil tus olgan, ikki dona mitti 

bargchasini yozib ham ulgurgan edi! 

Hayajon ichra daxmadan qanday chopib 

chiqqanimni eslolmayman. Atrofimga alanglab 

ancha yugurdim. Ming afsuski, atrof bo‘m-bo‘sh, 

hech kimsa ko‘rinmas edi. Yaydoq bir qoyatosh 

tubida tiz bukdim. Buloqchadan miltirab zilol suv 

qaynab chiqar edi. Barcha uzuq-yuluq 

safarlarimning mazmuni sadaf marjoniday tizildi-da, 

hikmati aqlimda yolqinlana boshladi. Xuddi dasht 

yongani kabi, uzrlarimu bahonalarimni 

yondira-yondira, aqlu shuurimni egallay boshladi bu 



yong‘in. 

Turay desam, o‘rnimdan qalqqani majolim yo‘q. 

Juda uzoq vaqt iztirob ichra qolganim sababli 

atrofimda butalar changal hosil qilib o‘sgan, to‘zon 

va changlar ustimga qo‘nib, bahor yomg‘irlarida 

loyga aylangan, quyosh qattiq qizdirganida 

sopolsimon qatlam hosil qilgan va allaqachon 

fikrlovchi qoyatoshga aylanib bo‘lgan edim. 

Bag‘rimda hasharotlar chopib yurishar edi. Ustimda 

nimadir qimirlaganini ham sezdim, qarasam – bir 

qush, boshimga uya quribdi. 

Yulduzlar uchgan kechalarda, oy va chaqmoqlar 

ostida, yelkalarimni tilkalab, hamma narsani yuvib 

ketadigan yomg‘irlaru jalalar tagida qaqqayib turar 

edim, xolos. 

Ajablanarli joyi shundaki, nariroqdagi og‘ochlar 

ostida bir to‘p kishi, gujum shoxlariga rang-barang 

lattalarni boylab, ostida yeb-ichib o‘tirishardi. Yana 

bir to‘p olomon tegramda aylana bo‘lib olgan edi. 

Kimdir tutila-tutila, yanglish tarzda tilovat qila 

boshladi. Xastalar, majruhlar, ishi yurishmaganlar, 

farzandsizlar olomoni bu yerda ham ayni edi. 

Nariroqda bir-ikkita bola qo‘lida tumor, aylanib 

yurardi. “Bu – hazrati Xizrga duch kelgan zot. 

Hayoti dunyoda o‘qib yurgan duolaridan sotib 

oling”, deb qichqirardi qora soqolli davangirday bir 

yigit. 

Gujum ostida tig‘ tegmagan qo‘ylar so‘yilmoqda 

edi. Atrofimda gir aylanib o‘tirib olgan kishilar har 



doimgidek, hojatlarini so‘rab yalinib-yolvorardilar. 

Men nima bera olaman sizlarga? Izlay-izlay, 

izlaganini topolmagan bir bandaman-ku? 

Tiriklikning, yashashning, hayot va mamotning 

sirlariga bir marta bo‘lsin boqishni istab, 

boqolmasdan qolib ketganimni bilsaydingiz! Neki 

bilsam, neki qilsam, bari behuda bo‘lib chiqqanini 

ham bilsaydingiz! 

Shu mahal bir chol poyimga keldi. Yonida o‘n 

bir-o‘n ikki yoshlar chamasi bolakay ham bor edi. 

So‘z qotay desam, tilim yo‘q... o‘smir esa musaffo 

ko‘zlarini menga tikib, jim turar edi. 

– Mana, Hazrati Xizrga duch kelgan yana bir kishi, 

– dedi chol, soqoli titrab, o‘g‘liga. – Daxmasining 

ich-ichidan yog‘dulanayotganini ko‘ryapsanmi? Bu 

odam hayoti dunyoning sirlariga yetaman deb ko‘p 

urindi. So‘ra, o‘g‘lim, sidqidildan so‘rasang, zoti 

hurmati, Xudo tilagingni ijobat qilsa ajabmas. 

– Rostdanmi? – dedi bolakay, ko‘zlari chaqnab. 

Keyin yonimga kelib, qo‘llarini sirtimga qo‘yib, o‘z 

tilaklarini aytib pichirlay boshladi. 

Qo‘zg‘almoqqa urindimu qo‘zg‘ala olmadim. 

Yulduzlar mening ham tepamda g‘uj bo‘lib 

olishgan, ba’zilari yorug‘ iz qoldirib pastga sho‘ng‘ir, 

yerda esa kichkina, sovuq temir parchalari yotar 

edi. 


– Bobo, qarang! Uning yog‘dusi so‘na boshladi, – 

dedi bolakay to‘satdan, hayratlanib. 

– Tavba, – dedi chol ham. – G‘alati daxma 



ekan-ku?! 

...Keyin xo‘rsinib, bolaning qo‘lidan tutdi: 

– Yuraqol, bolam, bizning borar manzilimiz bu 

emas, boshqaga o‘xshaydi. 



 

Download 108,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish