Tadqiqotda ilgari surilgan faraz gemotologik kasalliklar bilan xastalagan shaxslar va sog’lom shaxslarning psixologik xususiyatlari keskin farq qilib, bu farqlar ularning nafaqat fiziologik, balki, emotsional, kognitiv sohalarida ko’rinadi, shuningdek, ularning shaxslararo munosabatlariga ham ta’sir etadi.
Tadqiqot obyekti gemotologik kasalliklar bilan xastalangan kichik va o’rta maktab yoshidagi 7 yoshdan 13 yoshgacha bo’lgan 50 nafar bolalar va ularning yaqin qarindoshlari.
Tadqiqot predmetini talaba-yoshlarda akkulturatsiya jarayonining etnopsixologik xususiyatlari tashkil etadi.
Tadqiqot maqsadi gemotologik kasalliklar bilan xastalangan bemorlarning psixologik xususiyatlarini oʻrganishdan iborat.
Tadqiqot vazifalari:
Gemotologik kasalliklarning kelib chiqish genezisi bilan bog’liq tadqiqotlarning nazariy va amaliy jihatlarini qiyosiy tahlil qilish;
Gemotologik kasalliklarga chalingan shaxslardagi o’ziga xos psixologik xususiyatlarni aniqlash;
Gemotologik kasalliklarga chalingan shaxslarning ruhiyatiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash;
Gemotologik kasallik bilan xastalangan bemorlarni parvarish qiluvchi oila a’zolarining psixologik xususiyatlarni oʻrganish;
Olingan tadqiqot natijalari asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqotda qoʻllanilgan metodikalar tavsifi. Tadqiqotda G.Y.Ayzenkning “Psixik barqarorlikni aniqlash testi”, T.Raven testi, T.Axenbaxning “Shaxs so’rovnomasi” metodikasidan foydalanildi.
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining nazariy ahamiyati shundaki, dissertatsion tadqiqotni amalga oshirish mobaynida olingan natijalar va toʻplangan nazariy ma’lumotlarning tahlili orqali gemotologik kasalliklarning yosh davrlari miqyosida kechishi va kasallik turlari haqidagi nazariyalar yangi tahliliy-qiyosiy ma’lumotlar bilan boyitadi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati esa, olingan tadqiqot natijalarini sharhlash orqali gemotologik kasalliklar bilan xastalangan shaxslarning o’ziga xos psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda, ularga mazkur kasallikni yengib o’tishda tibbiy, ijtimoiy, psixologik, reabilitatsion va pedagogik nuqtayi nazardan yondashish chora-tadbirlarini tashkil etishda foydalanish mumkin.
Dissertatsiyaning tarkibiy tuzilishi. Magistr-akademik darajasini olish uchun taqdim etilgan mazkur dissertatsiya ishi kirish, uchta bob, to‘qqizta paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |