Qurbonov Pahlavonning"Milliy g’oya"


G‘oyaning ijtimoiy mohiyati



Download 157 Kb.
bet7/14
Sana17.01.2021
Hajmi157 Kb.
#55885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Qurbonov Pahlavon

G‘oyaning ijtimoiy mohiyati. Har qanday g‘oya ijtimoiy xarakterga ega.Muayyan g‘oyalar odatda alohida olingan shaxs ongida shakllanadi. Ma’lum bir muddatdan keyin esa jamiyatning turli qatlamlariga tarqaladi, turli elatlar va millatlar orasida yoyiladi. Mustaqil hayotga qadam qo‘yyayotgan yangi avlod jamiyatda mavjud g‘oyalar ta’sirida tarbiyalanadi. Muayyan qarashlar va g‘oyalarni o‘z e’tiqodiga singdiradi, o‘z navbatida yangi g‘oyalarni yaratadi va targ‘ib qiladi. G‘oyaning eng muhim xususiyati – insonni va jamiyatni maqsad sari etaklaydigan, ularni harakatga ketiradigan, safarbar etadigan kuch ekanidadir.Mazmuni va namoyon bo‘lish shakliga qarab, g‘oyalarni bir qancha turlarga ajratish mumkin:


  • Ilmiy g‘oyalar; falsafiy g‘oyalar; diniy g‘oyalar; badiiy g‘oyalar; ijtimoiy – siyosiy g‘oyalar; milliy g‘oyalar; umuminsoniy g‘oyalar v.h.


G‘oyani moddiylashtiruvchi, amaliyotga aylantiruvchi kuch kim ekaniga qarab, sinfiy g‘oya, milliy g‘oya, umumxalq g‘oyasi, umuminsoniy g‘oyalar ham mavjud bo‘lishi mumkin. Albatta, muayyan bir xalq ommasini ma’lum bir tarixiy sharoitda ezgu harakatga undaydigan g‘oya mazmunan umuminsoniy bo‘lishi ham yoki tor manfaatlarni ko‘zlaydigan sinfiy g‘oya jamiyat va inson manfaatlariga zid, tajovvuzkor bo‘lishi ham mumkin.
Ezgu g‘oya - inson tafakkurida vujudga keladigan, muayyan fikrlarning ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan, ruhiyatga kuchli ta’sir o‘tkazib, jamiyat va odamlarni xarakatga keltiradigan, ularni bunyodkor maqsad-muddao sari etaklaydigan
fikrlardir.Mafkura tushunchasiva uning mohiyati Mafkura tushunchasi
(arabcha «mafkura» nazarlar va e’tiqodlar tizimi, majmui) degan ma’noni
anglatadi. Mafkura tushunchasini ta’riflashda falsafiy adabiyotlar va lug‘atlarda bir qancha fikrlar beriladi. Mafkura tushunchasiga turli davrlarda faylasuf olimlar tomonidan berilgan ta’riflar shakl va mazmun jihatidan har xil. Mafkuraga jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, ahloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g‘oyalar majmuidir, - deb ta’rif beriladi. Ularning barchasida jamiyatdagi muayyan siyosiy, falsafiy, huquqiy, ahloqiy, diniy, badiiy, ilmiy qarashlar, fikrlar, g‘oyalar majmui sifatida asoslab beriladi. Demak, mafkura - muayyan ijtimoiy guruh yo qatlamning, millat yoki davlatning, jamiyatning ehtiyojlarini, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma’naviy rivojlanish prinsiplarini ifoda etadigan g‘oyalar, ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimidir. Unda manfaatlari ifodalangan kuch va qatlamlarning o‘tmishi, bugungi kuni va istiqboli o‘z ifodasini topadi. Odamlar, ijtimoiy sinf va qatlamlarning millat va davlatlarning manfaatlari va maqsadlari ham g‘oyalarda ifoda etiladi. O‘z oldiga qo‘ygan maqsadi, qanday jamiyat qurmoqchi ekani, bunga qanday yo‘llar bilan erishmoqchi bo‘layotgani haqidagi g‘oyalar tizimi har bir millat, xalq va jamiyatning milliy mafkurasining asosini tashkil etadi1.«G‘oya» va «mafkura» tushunchalari bir-biriga yaqin bo‘lsada, ularni aynanlashtirmaslik kerak. Nima sababdan?Birinchidan, mafkura g‘oyaga nisabatan mazmunan kengroq tushunchadir.Ikkinchidan, har qanday mafkurada ijtimoiy voqelikni saqlab qolish yoki o‘zgartirishga qaratilganlik, ya’ni maqsadlar botiniy emas, balki zohiriy tarkibda mavjud bo‘lishini va mafkuraning o‘zagini tashkil etishini ta’kidlash, joiz.Uchinchidan, har qanday ijtimoiy g‘oya faqat ma’lum bir mafkuraviy qarashlar doirasidagina o‘zining uyushtiruvchilik va yo‘naltiruvchilik salohiyatini, jozibadorlik kuchini namoyon qila olishi mumkin.
O‘zbekiston xalqining milliy istiqlol mafkurasi jamiyatni jipslashtirishga, buyuk kelajak yo‘lida hamjihatlik bilan harakat qilishga, barpo etilayotgan erkin fuqarolik jamiyatida har bir yurtdoshimizning o‘ziga xos o‘rni bo‘lishiga erishishga safarbar etadi. Prezident Islom Karimov jamiyat mafkurasiga shunday ta’rif bergan: «Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko‘zlagan va uning dunyodagi o‘rnini aniq - ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik bo‘lishga qodir g‘oyani men jamiyat

mafkurasi deb bilaman»2Binobarin, milliy mafkura har qanday xalqni- xalq, millatni- millat qiladigan, uning yo‘li va maqsadlarini aniq- ravshan charog‘on etadigan mayoqdir.Insoniyat tarixida turli shakldagi juda ko‘plab mafkuralar yaratilgan, xilma-xil ijtimoiy-siyosiy kuchlar, o‘z g‘oyalari va ta’limotlari orqali, maqsad va niyatlariga etishmoq uchun intilgan. Mafkuralar mohiyatiga ko‘ra, falsafiy, dunyoviy, diniy va boshqa turli ta’limotlar asosida yaratiladi. Turli-tuman ijtimoiy-siyosiy kuchlar o‘z mafkuralarini yaratishda siyosiy g‘oyalar bilan birga, diniy oqimlar va ilm-fan yutuqlariga tayanishi, ulardan nazariy asos sifatida foydalanishi mumkin.



Download 157 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish