Qurbonov Dilshod
1 savol javobi
Ilmiy boshqaruv to'g'risida yozgan mualliflar o'z tadqiqotlarini asosan
ishlab chiqarish menejmentiga bag'ishlaganlar. Ular menejment
bo'yicha past darajada samaradorlikni oshirish ustida ishlashgan.
M a ’muriy maktabning vujudga kelishi bilan mutaxassislar tashki
lot boshqaruvini umuman mukammallashtirish uchun muntazam
ravishda yondashuvlar ishlab chiqa boshlaganlar.
Teylor va Gilbret o'z faoliyatlarini oddiy ishchidan boshlagan
va bu, shubhasiz, ularning tashkilot bilan menejment to'g'risidagi
tasavvurlariga ta’sir etgan edi. Ulardan farqli ravishda, ko'proq
klassik maktab kabi tanish bo'lgan ma’muriy menejment maktabi-
ning mualliflari katta biznesda menejmentning oliy bo‘g‘ini rahbar-
lari sifatida bevosita ish tajribasiga ega edilar. Ismi shu maktabning
vujudga kelishi bilan bogliq bo'lgan va ba’zan menejmentning ota-
si deb atashadigan Anri Fayol ko'mir qazib oluvchi katta fransuz
kompaniyasiga rahbarlik qilgan.
Urvik Angliyada menejment masalalari bo'yicha maslahatchi
bo'lgan. A.K. Reyli bilan birgalikda ilmiy ishlarni yozgan Jeyms D.
M uni Alfred P. Sloun boshchiligida «Jeneral Motors» kompani-
yasida ishlagan. Ilmiy menejment nazariyasini yaratuvchilar kabi
klassik maktabning tarafdorlari ham menejmentning ijtimoiy jihat-
lari to'g'risida unchalik tashvishlanmaganlar. Bundan tashqari, ularning
ishlari ilmiy uslubiyotga asoslanmagan holda ma’lum darajada shax-
siy kuzatishlardan kelib chiqadi. «Klassiklar» tashkilotlarga porloq
kelajak nuqtai nazaridan qarashga harakat qilardilar, shuningdek,
ular tashkilotlarning umumiy tavsiflarini va qonuniyliklarini aniqlash-
ga urinar edilar. Klassik maktabning maqsadi menejmentning uni
versal tamoyillarini ishlab chiqishga, shu bilan birga, bu tamoyilar-
ga amal qilish tashkilotni shubhasiz muvaffaqiyatga olib keladi de-
gan g'oyaga asoslangan edi.
Bu tamoyillar ikkita asosiy jihatlarga to'xtalib o'tadi. Ularning
biri tashkilot boshqaruvining oqilona tizimini ishlab chiqish edi.
Biznesning asosiy tamoyillarini aniqlab, nazariyotchi «klassiklar»
tashkilotni bo'linmalar va ishchi guruhlarga bo'lishning eng yaxshi
usulini topishlariga ishonch hosil qilganlar. Bu funksiyalar an’anaviy
bo'lib, moliya, ishlab chiqarish va marketing hisoblanar edi. Bu
bilan menejmentning asosiy funksiyalarini aniqlash ham chambar-
chas bog'liqdir. Fayolning menejment nazariyasiga qo'shgan asosiy
hissasi - u menejmentni universal protsess kabi ko'rib chiqdi, bu
protsess rivojlantirish va tashkil qilish kabi bir nechta bir-biri bi
lan bog'langan funksiyalardan iborat edi.
Klassik tamoyillarning ikkinchi kategoriyasi tashkilot tuzil-
masining shakllanishiga va ishchilarni boshqarishga tegishli bo'lgan.
Bunga misol bo'lib yakkaboshchilik tamoyili xizmat qilishi mumkin,
shunga muvofiq inson faqatgina bitta boshliq tomonidan buyruq
olishi va faqatgina unga buysunishi kerak. Misolda Anri Fayolning
menejment bo'yicha 14 ta tamoyillarining qisqacha bayoni keltiril-
gan, ulardan ko'plari, Fayol ularni birinchi bor ta’riflab bergan payt-
dan beri sodir bo'lgan o'zgarishlarga qaramay, hozirgacha foyda-
lidir.
Misol: A nri Fayolning menejment tam oyillari1
1. M ehnat taqsimoti.
Ixtisoslashtirish, odatdagidek, tabiiy-
dir. Mehnat taqsimotining maqsadi shu tirishishda ishni ko‘p hajmda
va sifatliroq bajarishdir. Bunga e’tibor va kuchlar yo'naltirilgan
maqsadlar soni qisqarishi hisobiga erishiladi.
2. Vakolat va javobgarlik.
Vakolat bu buyruq berish huqu-
qi, javobgarlik esa uning qarama-qarshisining tuzuvchisidir. Qayerda
vakolat berilsa, u yerda javobgarlik paydo bo'Iadi.
3. Intizom .
Intizom firma va uning ishchilari o'rtasida erishil-
gan bitimlarga bo'ysunish va hurmatni ko'zda tutadi. Intizomiy
rasmiyatchilikni keltirib chiqaradigan firma va ishchilarni bog'lovchi
bu bitimlarni o'rnatish industriya rahbarlarining eng muhim vazi-
falaridan biri bo'lib qolishi kerak. Intizom adolatli qo'llaniladigan
sanksiyalarni ham ko'zda tutadi.
4. Yakkaboshchilik.
Ishchi buyruqlarni faqat bevosita bir
boshliqdan olishi kerak.
5. Y o'nalishning birligi.
Bir maqsad doirasida amalda bo'lgan
har bir guruh yagona reja bilan birlashgan bo'lishi va bir rahbarga
ega bo'lishi kerak.
6. Shaxsiy m anfaatlarning um um iylarga bo'ysunishi.
Bir ishchining yoki ishchilar guruhining manfaatlari katta masshtab-
dagi kompaniya yoki tashkilotning manfaatlaridan ustun kelishi
mumkin emas.
7. X odim larni mukofotlash.
Ishchilarning vafodorligini va
madadini ta’minlash uchun ular o'z xizmati uchun adolatli ish haqi
olishlari kerak.
2 savol javobi
Teylor shuni aniqladi-ki, agar ishchilar 21 funt (8,6 kg
atrofida) sig'imli belkurak-kurakchalardan foydalansa, temir ruda
va ko'mirning maksimal miqdori oshirilishi mumkin. Oldingi tizim-
ga nisbatan bu fenomenal yutuqni berdi.
Ilmiy menejment insoniy omilni e’tiborsiz qoldirmasdi. Ishlab
chiqarish samaradorligini va ishlab chiqarish hajmini oshirishda
ishchilami qiziqtirish maqsadida rag'batlantirishdan muntazam ravish-
da foydalanish shu maktabning muhim hissasi bo'ldi. Shuningdek,
ishlab chiqarishda qisqacha dam olishlar va muqarrar tanaffuslar
imkoniyati ham ko'zda tutilgan edi, shu sababli, belgilangan top-
shiriqlarni bajarishga ajratilgan vaqt miqdori realistik va adolatli
belgilangan edi. Bu rahbariyatga ishlab chiqarishning bajarilishi
mumkin bo'lgan me’yorlarni belgilashga imkoniyat bergan va kirn
belgilangan minimumdan oshgan bo'lsa, ularga qo'shimcha haq
to'lanardi. Bu yondashuvda muhim element shuki, kim ko'p ishlab
chiqarsa, o'sha ko'p taqdirlanardi. Ilmiy menejmentga oid ishlar
mualliflari ham o'zlari bajarayotgan ishlarga jismoniy va ma’naviy
jihatdan mos keladigan insonlarni tanlashning muhimligini tan olar-
dilar va ular, shuningdek, yo'qotishning ulkan ahamiyatini ta’kidlab
o'tganlar.
Ilmiy menejment, shuningdek, rejalashtirish va chuqur mulo-
haza qilish funksiyalarini ishlarni haqiqatan bajarishdan ajratishni
himoya qilgan. Teylor va uning zamondoshlari menejment bo'yicha
ish - bu aniq mutaxassislik va agar har bir ishchilar guruhi o'zi
muvaffaqiyatli qiladigan narsaga e’tiborini mujassam etsa, unda
tashkilot umuman yutuqqa erishishini tan olganlar. Bu yondashuv
ishchilar o'z ishlarini o'zlari rejalashtiradigan eski tizimga keskin
qarama-qarshi edi.
Ilmiy menejment konsepsiyasi keskin burilish bosqichi bo'lib
qoldi, shu tufayli menejment ilmiy tadqiqotlarning mustaqil sohasi
kabi keng tan olindi. Birinchi bor omilkor rahbarlar va olimlar ilm-
fan va texnikada foydalaniladigan usullar va yondashuvlar tashki
lot maqsadlariga erishish amaliyotida ham samarali ishlatilishi
mumkinligini ko'rdilar.
3 savol javobi
Teylorning zamondoshi va ishining davomchisi amerikalik iqtisodchi G.Emerson mehnatni ilmiy tashkil qilish bo’yicha yirik mutaxassislardan bo’lib, u boshqarish va mehnatni tashkil qilishning kompleks, sistemali tizimini ishlab chiqqan. Uning tamoyillari “Mehnat unumdorligining 12 tamoyili” nomli asarida yoritilgan. Ular:
Aniq qo’yilgan maqsad va g’oyalar
Oqil va sog’lom fikr
Jozibali va e’tiborli mahsulot
Intizom
Xodimga nisbatan e’tiborli bo’lish
Tezkor, ishonchli, to'liq, aniq va muntazam hisobot
Dispetcherlash
Me'yor va jadvallar
Sharoit bilan ta'minlash
Jarayonlarni me'yorlash
Standart yo'riqnomalar tayyorlash
Unumdorlikni rag'batlantirish
4-savol javobi
Bizga tarixdan ma’lumki, yurtimiz uzoq yillik davlatchilik asoslariga ega. Eng qadimgi davrlarda ham vatanimiz hududida Xorazm, Sug’diyona, Parfiya, Baqtriya davlatlari hukm surgan. Keyinchalik Amir Temur davriga kelib o'zbek davlati dunyoning eng kuchli mamlakati bo’lgan.Hozirgi kunda hamyurtimiz o’zining boshqaruv prinsiplariga ega davlat hisoblanadi. Misol tariqasida marhum yurtboshimiz Islom Karimovning muallifligi asosida ishlab chiqilgan O'zbekistonning bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish rejasi – “O’zbek modeli”ni aytib o'tish mumkin. Ushbu model 5ta asosiy yo’nalishni o’z ichiga oladi:
Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi;
Davlat – bosh islohotchi;
Qonunning barcha sohalarda ustuvorligi;
Kuchli ijtimoiy siyosat;
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich o’tish.
Do'stlaringiz bilan baham: |