Ishonchlilikni oshirish usuli. UT uskunalarining ishonchlilik ko`rsatgichlari, kanal va traktlarga qo`yiladigan talablarga xar doim xam mos kelavermaydi, bu ishlab chiqaruvchilarni, tayyorlovchilarni va xizmat ko`rsatuvchi xodimlarni, ishonchlilikni oshirish usullarini izlashni talab qiladi.
Loyixalashtirish va qayta ishlash jarayonlarida ishonchlilikni oshirish quyidagilar xisobiga ta’minlanadi: funktsional zarur elementlar soni kam qo`llaniladigan. uzatish tizimlarining bloklari va uzellarini printsipial sxemalarini ratsional tanlash; maxsulot narxini oshirmasdan va ERE larning minimal nomenklaturasida yuqori ishonchli elektroradio- elementlar bazasini tanlash, zaxira qismlarning xajmini va ularning narxini pasaytiradi; elektrik sxemalarda, mumkin bo`lgan va yuklama chegaralaridan oshuvchi sharoitda ERE larning ishini mustasno etuvchi ERE larning optimal ish rejimini tanlash. Bu elektrik yuklamalarga tegishli bulib, ular nominalning 25 % dan oshmagan qiymatlarda optimal bo`lishi mumkin; tayyorlash va payvandlashda xatoliklarni kamaytirish, ishlab chiqarishda avtomatlashtirishni ta’minlovchi, uzatish tizimlari uzellari va bloklarining konstruktsiya turini tanlash; maxsulotning minimal eskirishini va maksimal ko`pga chidamliligini ta’minlovchi materiallar konstruksiyasini ta’minlash; ishlov berish jarayonlarini avtomatlashtirish asosida ularni tez va tejamli ishlab chiqish imkonini beruvchi, ishlov berishga qulay konstruktsiyalar, ya’ni ERE larning sifati, tugunlari va qurilmalarning konstruktsiyasi (ustunlar, platalar, panellar); operatorlarning xatolarini bartaraf etuvchi xizmat xodimlarining imkoniyatlari xisobi; uzatish tizimlarining qurilmalaridan foydalanishni arzonlashtirish va rad etishlarni oldindan aytish uchun asos yaratish va nosoz elementlarni ta’mirlash va yoki o`z vaqtida chora ko`rish, uni funktsionallashtirish rejimini yengillatish imkonini beruvchi uzatish tizimlari qurilmalarining, kanallari va traktlarining parametrlarini avtomatik va avtomatlashtirilgan nazoratini qo`llash; ERE lariga, bloklarga, panellarga oson ulanish, ularni zudlik bilan tekshirish va sifatli ta’mirlashni ta’minlaydi. texnologiyalarni qa’tiy kuzatish va majmua maxsulotlarini, payvandlashni va bloklararo ulanishlarni sifatini doimiy nazorat qilish muxim axamiyatga ega.
Uzatish tizimlarining qurilmalaridan texnik foydalanish bosqichida ishonchlilik quyidagilarni ta’minlaydi:
uzatish tizimlar, traktlar va kanallardan foydalanuvchi xodimlar amalga oshiradigan profilaktik tadbirlar majmuasini oqilona tanlash;
zaxira qismlar va ularni magistral bo`ylab taksimlashni optimal majmuasini tanlash;
turli birlamchi tarmoq tuzilishida buzilgan bloklarni ta’mirlash tizimlarini oqilona tuzish;
xizmat xodimlarining malakasini tizimli oshirish;
U-11408 apparaturalarini, nazorat vositalarini va uzatish tizimlari qurilmalarini ishga qobiliyatliligini tekshirishni sozligini doimiy saqlash;
foydalanish ishonchliligini oshirish bo`yicha tadbirlarni ishlab chiqish orqali apparaturaning ishonchliligi xaqida axborotlarni to`plash va taxlil qilish;
texnikadan foydalanishning avtomatlashtirilgan tizimlarini yaratish orqali yangi xizmat ko`rsatish algoritmlariga o`tish, yangi texnik vositalarni joriy qilish.
Uzatish tizimlari, kanallari va traktlari ishonchliligini oshirishning eng samarali usullaridan biri, ularni zaxiralash xisoblanadi, ya’ni qo`shimcha elementlar va tizim qurilmalarini, uzatish liniyalarini normal ishlashi uchun juda minimal zarur bo`lgan funktsional imkoniyatlarni kiritish. Uzatish tizimlari texnikasida turli-tuman zaxiralash usullari ichida eng keng tarqalgani quyidagilardir;
Strukturaviy zaxiralash, mos keluvchi asosiy elementlar rad etganda ishchi funktsiyani bajaruvchi, uzatish tizimlarining ortiqcha elementlarini qo`llash yo`li bilan ishonchlilik oshiriladi;
umumiy zaxiralash, butun ob’yekt zaxiralanadi (zaxira trakt,generator qurilmasi);
aloxida zaxiralash, ob’yektning aloxida elementlari yoki ular guruxi (kuchaytirgich, shaxsiy qurilmaning tonal chaqiriqli generatori va boshkalar) zaxiralanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |