I bob
OTORINOLARINGOLOGIYA TARIXI
XIX asrning ikkinchi yarmida tibbiyot fanidan otorino-
laringologiya yoki quloq (otos), burun (rhinos), halqum va
hiqildoq (larungos) kasalliklarini o‘rganadigan fan sifatida
alohida ajralib chiqdi. Quloq, burun va tomoq kasallikla-
rini umumiy fan sifatida birlashtirishga shu a’zolarning
anatomik-topografik birligi, ularning fiziologik va funk-
sional jihatdan o‘zaro bog‘liqligi asos bo‘ldi.
Tabobat muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishda og‘ir va
mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tdi. Har qaysi zamon tabo-
batidan turli kasalliklarni davolashga doir qator aniq va
ravshan usullar bizgacha yetib kelgan. Shuningdek, qadim
yunon (Rotzes 11 maqbarasida topilgan) yozuvlarida turli
xil xastaliklarni, shu jumladan, quloq kasalliklarini davo-
lashga doir qator tavsiyalar yozib qoldirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |