НамДУ илмий ахборотномаси - Научный вестник НамГУ 2019 йил 8-сон
106
korxona faoliyatiga tegishli ham tashkiliy, ham texnik yo’nalishdagi masalalarini qamrab
oladi.Tashkiliy masalalarga mehnatni tashkil etish va uning motivatsiyasi, kadrlarni
tayyorlash va ular malakasini oshirish,ish o’rinlarini tashkil etish va ularga xizmat
ko’rsatishni uyushtirish kabilardan iborat bo’lsa, texnik masalalarga korxonaning
maxsuloti mazmuniga mos keluvchi texnika va texnologiya bilan ta’minlash, resurslar
bilan ta’minlash va jihozlarni saqlash va ularga oqilona xizmat ko’rsatishni tashkil etish
kabilar kiradi. Ushbu qayd etilgan omillar va imkoniyatlardan foydalanish darajasining
korxona ko’rsatkichlariga ta’sirini aniq xo’jalik yurituvchi sub’ekt misolida o’rganish va
xulosa qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Farg’ona shahridagi “UZSUNGWOO”
MCHJ qo’shma korxonasida o’tkazilgan kuzatuv va tahlil jihozlardan foydalanish va
ishlab chiqarishni tashkil etish holatining asosiy iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlarga
qanday ta’sir etishini ko’rsatdi.
1-jadval
Asosiy fondlar samaradorligi tahlili
Ko’rsatkichlar
O’tgan yil
Hisobot yili
Farq(+,-)
1.Mahsulot ishlab chiqarish hajmi,ming so’m. 121212915.4
77497265
-43715650
2. Asosiy fondlarning qiymati, ming so’m.
95034192
103981018
8946826
3.Jumladan:ishchi mashina va jihozlar, ming
so’m.
67474276
75178276
7704000
4.Ishchi mashina va jihozlarning salmog’i %
0.710
0.723
0.013
5.Asosiy fondlardan olinadigan samara,
ming so’m
1.275
0.745
-0.529
6.Ishchi mashina va jihozlardan olinadigan
samara, ming so’m
1.796
1.030
-0.765
Manba: “UZSUNGWOO” MCHJ korxonasi ma’lumotlari
Jadvalda ko’rinib turibdiki, asosiy fondlarning faol qismdan foydalanish darajasi o’tgan
yilga nisbatan kamaygan. Buni fondlardan olinadigan fond qaytimining 0.765 ming
so’mga kamayganidan ko’rishimiz mumkin. Fond qaytimining o’sishi uchun mehnat
unumdorligining o’sish sur’atlari fondlar bilan qurollanish darajasining o’sish suratidan
yuqori bo’lishi kerak.
Shunday qilib korxonada har bir so’mlik asosiy fond hisobiga 1.275 ming so’mlik
mahsulot ishlab chiqarish o’rniga 0.745 ming so’mlik mahsulot yaratilgan, ya’ni asosiy
fondlardan olinadigan samara 0.529 ming so’mga kamaygan.
Ushbu holatga quyidagilar ta’sir ko’rsatgan:
1)
Asosiy fondlar tarkibida ishchi mashina va jihozlar ulushining oshishi, ya’ni:
+0.013*1.796=0.023 ming so’m.
2) Ishchi mashina va jihozlardan olinadigan samaraning kamayishi, ya’ni:
-0.765*0.710=-0.543 ming so’m.
Ikala omilning yig’indisi
0.023+(-0.543)=-0.529
ya’ni asosiy fonddan olinadigan samara orasidagi farq teng.
Tahlil korxonada fond samaradorligi mashina va jixozlardan olinadigan
samaradorlik hisobiga kamayganligi ko’rsatdi.Tahlillar va kuzatishlar bu holatni keltirib
Do'stlaringiz bilan baham: |