Quddus Muhammadiy



Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/16
Sana28.01.2022
Hajmi4,92 Mb.
#414763
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Bolalar adabiyoti

(Z. Diyor)
, „Òoychog‘im“
(I. Muslim)
, „Òoychoq“, „Chovkar“ 
(Q. Hikmat)
, „Duldul ot“
(O. Hojiyeva)
, „Òoychoq-o‘yinchoq“ 
(Z. Raimberdiyeva)
, „Sirli
chavandoz“ 
(A. Nosirov)
kabi she’rlarda o‘sha duldul ot-u
g‘irko‘klar haqida gap boradi.
Hayotda ham, badiiy asarlarda ham otlarning uchqurligi,
polvonligi, egasiga sadoqatliligi to‘g‘risida ko‘p gapiriladi. Qud-
rat Hikmatning „Chovkar“ asaridagi qahramon — Muqonning
Chovkar ismli suyukli otidan boshqa hech narsasi yo‘q. Uning
uyi ham, do‘sti — oilasi ham shu bitta ot, xolos. Yurt zo‘ravoni
Muqonni qilich bilan chopib tashlab, uning otini minishi bilan
egasining o‘lganini sezgan ot yelkasidagi kallakesarni tog‘ning
cho‘qqisiga olib chiqib, pastlikka sakraydi, zo‘ravon otdan qulab,
tog‘-toshlarga urilib halok bo‘ladi. Ot esa sohibining oldiga qay-
tib kelib, ko‘zlari to‘la yosh bilan egasining yuzlaridan yalab
turishi aytiladi. Xuddi shunga yaqin g‘oya „Boychibor“da ham
berilgan.
Boychiborning egasi urushga, eliga qirg‘in olib kirgan
dushmanga qarshi jang qilishga otlanadi. Vafodor ot Boychi-


156
borni mingan kishining maqsad-murodiga yetishida tulporning
xizmati beqiyos maqtovga loyiq. Bugun Boychiborni mingan
sohib haqida ham eshitganlar bor. Ammo Boychibor ta’rifining
o‘zi bir olamcha bor:
Bir ot bo‘lgan — Boychibor,
O‘zbek eli tomonda.
Uning dong‘i to‘rt yoqqa
Yoyilib ketgan ekan.
Otni mingan har yigit
Murodga yetgan ekan.
Chavandoz ko‘p jang qiladi, dushmanni qiradi. Uning shashti,
kuchi, g‘ayrati zo‘r. Bularning hammasi Boychibor bilan, avvalo,
suyumliligi bilan, kuchi, jasorati bilan bog‘liq holda beriladi:
Bo‘lib o‘tar ne jang, suronlar
Dushman bosdi misli mo‘r-malax,
Dod-faryodga to‘lib yer, falak,
Daryo bo‘lib oqardi qonlar.
Qonli janglarning birida chavandoz mardlarcha halok bo‘-
ladi. Bu ot uchun og‘ir judolik. U qayg‘u-g‘amga botadi. Alamzada
bo‘lib yurgan otga dushman mingan zahoti Boychibor uni zarb
bilan yelkasidan uloqtirib yuboradi:
Sapchidi ko‘kka tulpor,
Yov ustidan toyrildi.
Òepki yeb, bo‘lib abgor,
U jonidan ayrildi.
Òo‘lan Nizom shu zaylda bedov otning egasiga sodiqligini,
sohibi uchun jon berishga ham tayyor ekanligini ko‘rsatib qol-
may, balki xalqdagi „Ot aylanib qozig‘ini topadi“ maqolini ham
asarga singdirib yuboradi.
Chovkar halok bo‘lgan sohibining qoshiga kelib yig‘lab, yuz-
ko‘zidan hidlab tursa, egasidan judo bo‘lgan, jangda uni yo‘qotib
qo‘ygan Boychibor esa o‘z makoniga — xo‘jasining uyiga talpinadi.
Butun el-yurt „yerni titratib“, „tepib-kishnab“ kelgan Boy-
chiborni ko‘rib, hayron va hayrat bilan yoqa ushlab qoladi:
Ot keldi uyin tanib,
Hidladi ostonani.
Òulpor turar o‘rtanib,
Yurti shu — sog‘ingani.


157
Shundan vafodor tulpor —
Nomi sevib alqandi.
U haqda takror-takror —
Kuylanib doston qoldi.
„Boychibor“ dostoni orqali shoir bolalarni ona-Vatanni
sevishga, uning har bir qarich yeri uchun qon to‘kishga, hay-
vonlarni, ayniqsa, otlarni sevishga — ularni ehtiyotlab parvarish
qilishga o‘rgatadi.
„Olmaxon“ ertak-dostonida Sobir ismli bolakayning o‘jarligi,
qo‘pol-qo‘rsligi, olmaxonga nisbatan noo‘rin xatti-harakati tanqid
qilinadi.
Òo‘lan Nizom marhum shoir Cho‘lpon to‘g‘risida „Cho‘l-
pon“, o‘zbek mumtoz adabiyotining otashin kuychilaridan
biri Bobarahim Mashrab haqida „Ruhi ravonim“ kabi doston-
lar ijodkori hamdir. Cho‘lponning ona shahri Andijonda Òo‘-
lan Nizom qalamiga mansub „Cho‘lpon“ spektakli bir necha
yillardan beri namoyish qilib kelinadi.

Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish