Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv


maktab aro buldur murodim, Xatimdek chiqsa imlo-yu savodim”



Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/291
Sana17.07.2021
Hajmi3,46 Mb.
#121644
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   291
Bog'liq
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

maktab aro buldur murodim, Xatimdek chiqsa imlo-yu savodim”.
Favqulodda iste’dod egasi, tabiatan tirishqoq va izlanuvchan 
Zokirjon o‘n to‘rt yoshida madrasa talabasi bo‘ladi. Ruslar istilosi tu-
fayli Qo‘qon xonligi tugatilib, madrasalar yopiladi. O‘qishi nihoyasi-
ga yetmay qolgan bo‘lajak shoir 1879- yilda Yangi Marg‘ilon (hozirgi 
Farg‘ona)ga do‘kondor tog‘asi huzuriga boradi. Uning qo‘lida bir mud-
dat ishlab, so‘ng o‘zining mustaqil do‘konini ochadi. Shu bilan birga  
muallimdan dars olib, bilimini takomilga yetkazadi va tez orada o‘zi 
ham boshqalarga dars bera boshlaydi. Husnixat sohibi bo‘lganligi 
uchun mirzalik, xattotlik ham qiladi. Lekin eng sevimli mashg‘uloti ba-
diiy ijod edi. Mutaxassislar fikricha, Yangi Marg‘ilonda ekanligidayoq 
yozgan she’rlarida u “Furqat” taxallusini qo‘llagan.


112
1880- yilda otasining qistovi bilan Qo‘qonga qaytadi va bu-
tun iste’dodi, bor kuchini ijodga yo‘naltiradi. She’rlari adabiyot ixlos-
mandlari orasida shuhrat qozonadi. Muqimiydek zabardast shoir un-
ing g‘azallariga muxammas bog‘lagani Furqatning ijod ahli orasida 
ham e’tirof topganligidan darak beradi. Furqat shu davrda “Hammomi 
xa yol”  nomli  risola  yozadi.  Sharqda  mashhur  bo‘lib  kelgan  “Chor 
darvesh” asarini fors tilidan o‘zbek tiliga o‘giradi. Shuningdek, “Nuh 
manzar” nomli she’riy kitob yaratadi. Biroq bu uch asar bizgacha yetib 
kelmagan. Yigitlik shijoatini ijodga yo‘naltirgan shoir she’rlarini to‘plab 
devon tuzadi. Furqat kabi ijodining dastlabki davrida ya’ni, 21—22 
yoshida devon tartib bergan shoirni o‘zbek kitobxoni ko‘rgan emas edi.
Furqat 1890—1891- yillarda Toshkentda yashaydi. Bu yerda u 
Toshkent erlar gimnaziyasi direktori, “Turkiston viloyatining gazeti” 
muharriri Nikolay Ostroumov bilan tanishadi. Bu tanishuvdan so‘ng 
Furqat shu gazetaga tarjimon bo‘lib ishga kiradi va shundan uning 
jurnalistlik, publitsistlik faoliyati ham boshlanadi, deyish mumkin. 
1891- yilning sentyabrida Furqat Samarqandga yo‘l oladi. Xat 
orqali tanishgan do‘sti savdogar va etnograf olim Mirzo Buxoriy huzu-
rida bo‘ladi. Iyul oyida Buxoroga borib, Kogondan poezdga o‘tirib, 
Marv, Ashxabod, Boku, Botumi orqali Istanbulga keladi. Bu yerda bir 
muddat yashagan shoir butun vujudi bilan ijodga berilgandi. 1892- 
yilda Iskandariya, Misr, Shom, Makka va Madina bo‘ylab sayohatda 
bo‘lgan Furqat sentyabr oyida Hindistonning Bombay shahrida edi. 
1893- yilning bahorida Kashmir, Tibet va Xo‘tan orqali Yorkentga ke-
ladi va umrining oxirigacha shu yerda yashab qoladi.
Furqat Qashqardagi Rusiya musulmon idorasida kotib bo‘lib 
ishlaydi. Ilmi nujum, tabobat bilan shug‘ullanadi. Ra’no ismli ayol-
ga uylanib, farzandlar ko‘radi. U to 1906- yilgacha Turkiston bilan, 
“Turkiston viloyatining gazeti” bilan aloqani uzmaydi.
Furqat 1909- yilning kuzida vatandan yiroqda vafot etadi.
Furqatning merosiga nazar tashlasak, adibning serqirra ijod so-
hibi ekanligiga amin bo‘lamiz. Uning ijodi quyidagi asarlarni o‘z ichiga 
oladi: 
1) lirikasi; 
2) publitsistikasi, nasriy asari;


113
 3) tarjimalari; 
4) ilmiy asarlari.
Adibning turli yillarda “Turkiston viloyati gazeti”ga yozgan qa-
tor xabarlari, maqolalari uning publitsistikasini tashkil etadi. 1891- yili 
“Turkiston  viloyatining  gazeti”da  bosilgan  “Xo‘qandlik  shoir  Zokirjon 
Furqatning ahvoloti. O‘zi yozg‘oni” deb nomlagan tarjimayi holi uni 
biz ga jurnalist va nosir sifatida tanitadi. Adabiyotshunoslikda bu esda-
liklar shartli ravishda “Furqatnoma”, ba’zan “Sarguzashtnoma” nom-
lari bilan yuritiladi.    
Furqat ijodiy merosida to‘rt ilmiy asar uchraydi. Ularning uchtasi 
etnografik xarakterda bo‘lib, “To‘y tavsifi”, “Gap ta’rifida”, “Aza tavsifi” 
deb ataladi. To‘rtinchisi “Ilmi ash’orning qoidayi avzoni” (She’r ilmining 
o‘lchov qoidalari) atalib, adabiyot havaskorlari uchun qo‘llanma sifati-
da tuzilgan, unda aruz vaznining qoidalari bayon etilgan.
Furqatning mana shunday keng ko‘lamli ijodi bo‘lishiga qara-
may, xalq uni asosan lirik shoir sifatida e’tirof etadi. Lirikasi g‘azal, 
masnaviy, muxammas, musaddas, mustazod kabi janrlardan iborat. 
She’rlarining  salmoqli  qismi  g‘azallar  bo‘lib,  ularning  soni  200  atrofi-
da. Shoirning yuksak badiiy mahorati, she’riyatining nafosati ham 
aynan g‘azallarida namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, oshiqona kechinma-
lar bayonida, ma’shuqa jamoli tasvirida yangi, o‘ziga xos tashbihlar-
ni, ifo da vositalarini qo‘llaydi. Tilining jozibadorligi, uslubning ravon-
ligi, ifo daning soddaligi shoir g‘azallarining xalqqa yaqin va suyumli 
bo‘lishini ta’minladi.
Chaman sahnida derlar sarv birla yosuman nozik,
G‘alatdur, qomating oldida guldan pirahan nozik.
Qachon ul Yusufi Misriyda bu husn-u malohat bor?
Fasohatda, sabohatda, hama to‘g‘rida san nozik.
Oshiqqa chamanzorda sarv daraxti bilan yosuman gulini nozik 
va ko‘rkam deyishlari g‘alati tuyuladi, chunki yorning qomati sarvdan, 
ko‘ylagi (pirahani) guldan nozik, ya’ni go‘zaldir. Ma’shuqasining husni-
ni bashariyat tarixidagi eng go‘zal inson bo‘lmish misrlik Yusuf (a.s.)
dan ustun qo‘yadi. Bunga uning asosi bor: mahbubasi fasohatda, 


114
sabohatda (xushro‘ylikda), bir-bir sanashning hojati yo‘qki, har to‘g‘ri-
da nozik — go‘zal!
Kalomingdin halovat topmog‘i jonlarni ondinkim,
Dahon nozik, zabon nozik ki lab nozik, suxan nozik.
Baytdagi yor go‘zalligi belgilarining sanog‘i mazmunni bo‘rttira-
di, ifodaga musiqiylik bag‘ishlaydi. Bunday mubolag‘ali tasvir ostida 
shoirning har tomonlama mukammal — ham jismonan, ham ma’nan 
go‘zal insonni targ‘ib etish maqsadi yotadi. Shuning uchun ham 
Fuzuliy g‘azaliga nazira sifatida yaratilgan “Surmadin ko‘zlar qaro” 
g‘azali yoki “Muncha zolim bo‘lmish ul xunrez qaro ko‘zlaring” kabi 
ko‘plab g‘azallarida yor go‘zalligi, oshiqning unga sadoqati, cheksiz 
muhabbati avj pardalarda zavq bilan kuylanadi. 
Furqat lirikasida g‘urbat va hasrat ohanglari salmoqli o‘rin egal-
laydi. Bu uning hayot yo‘li bilan bevosita bog‘liq. 1892- yilda Vatandan 
chiqib ketgan shoir umrining oxirigacha yurtga qayta olmadi. Shuning 
uchun Vatan ishtiyoqi va g‘urbat iztiroblari turli mavzudagi she’rlarda 
dardli va ta’sirchan ifoda etilgan. Shoirning “Fig‘onkim, ul buti siymin 
zaqandan ayrilib qoldim”, “Hasrato, kel-kel beri, ul sho‘xi jonondin 
gapur” g‘azallarining maqta’sida yuqorida eslatilgan “Bir qamar siy-
moni” g‘azalida bo‘lgani kabi taqdirning unga bergan sinovi — yurt 
judoligi bayon qilinadi:
O‘z diyoridin adashgan, Furqatiy devonaman,
Chug‘zi har vayronadurmen, baytul ehzondin gapur.
Shoirning Istanbulda yozgan “Sabog‘a xitob” she’rida Vatanni 
qo‘msash, do‘stlar sog‘inchi Navoiydagi kabi maktub shaklida ifoda 
etiladi. U Istanbuldagi “nasimi fayzi rab” bo‘lgan Milliy bog‘da sayr 
qilar ekan, undagi xurram “mardum” (odamlar) chehrasini ko‘rib, olis 
Toshkentdagi yor-u do‘stlarini esga oladi:
Alar chun aylagach sayr-u safolar,
Esimg‘a tushti yor-u oshnolar...
Ayo bodi sabo, Alloh uchun tur,
O‘zingni Toshkand shahriga yetkur.


115
Furqatning g‘urbat ruhidagi she’rlari sinchiklab o‘rganilsa, un-
dagi ayriliq va judolikning ma’nosi ancha kengligiga amin bo‘lamiz. 
“Manam sho‘rida bulbul” muxammasida birinchi bandidan shoir o‘zini 
bo‘stonidan adashgan sho‘rida bulbulga o‘xshatadi. Keyingi bandlar-
da “Nihoni kuydirib hajr o‘ti po‘st-u ustuxon aylar”, “Boshimda hushim 
yo‘q”, “Yetim qo‘zi kabi nolonlig‘im”, “Biyobongardiman Majnun kabi 
bir Layli yodida” kabi misralar orqali holini sharh etgach, maqta’da bu 
bayonlarni umumlashtirib, taxallusiga ham izoh berib o‘tadi.
Zamon  g‘avg‘osidan  adashish  —  bu  dunyodan  qo‘l  yuvish, 
tariqat yo‘liga kirish, o‘zini Allohga bag‘ishlash demakdir. Bu yo‘lga 
kirganlar biladiki, inson bu dunyoda o‘zining haqiqiy vatani — ilohiy 
dargohdan uzoqda, haqiqiy Yor — Allohdan ayriliqda. Demak, hayot-
ning o‘zi furqat, ya’ni ayriliqdir. Vatanga, Yorga yetishish uchun esa 
riyozat chekish, poklanish zarur. Buning yo‘li, aytilganidek, zamon 
oshubidan yiroq bo‘lishdir. Oldin ko‘rilgan g‘azallarda furqat, g‘urbat 
tushunchalari yurtdan judolik mazmunida qo‘llangan bo‘lsa, shoir bu 
she’rida o‘zining taxallusini tasavvufiy ma’noda izohlamoqda. 

Download 3,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish