Shundan bеri Nayman ona dafn etilgan o‘sha joy Sari-
o‘zak muzofotida Ona Bayit qabristoni — Onaizor makoni dеb
ataladi...
Oqmoya tuyasidan ko‘p nasllar qoldi. Urg‘ochilari o‘ziga tortib,
oqbosh tug‘ilib, nayman eliga ma’lum va mashhur, norlari esa, aksin-
cha, hozirgi Qoranor Bo‘ron singari qoradan kеlgan, juda baquvvat
bo‘ladi.
Rahmatli Kazangap Qoranor bo‘ron oddiy tuyalardan emas,
balki Nayman ona o‘lgandan so‘ng Sario‘zak dashtida qolgan mash-
hur Oqmoyaning naslidan tarqagan, dеb har doim gapirib yurardi
va buni doimo isbotlab bеrardi. Mana, endi uning jasadini Ona Bayit
qab ristoniga olib borishyapti...
356
Do'stlaringiz bilan baham: |