Alomat: — Yo‘q.
qo‘chqor: — Ayol kishining har zamonda yig‘lab turgani
yaxshi… Yengil tortadi. Erkakning yo‘rig‘i boshqa — uyat bo‘la-
di. Mana, men, sira yig‘lamaganman… (O‘ychan.) Lekin uyat
bo‘lmagani da yig‘lardim…
Alomat: — Uyat bo‘lmaydi, yig‘layvering.
qo‘chqor: — (Xijolatli) E, qo‘ysangiz-chi, qiziqmisiz…
Alomat: — Chindan ham uyat bo‘lmaydi, nimaga desangiz,
men uyatni tushunmayman. Elektromagnit to‘lqinlari bo‘lsa — boshqa
gap. Mana, hozir siz yig‘iga ehtiyoj sezyapsiz — buni tushunaman.
Bemalol yig‘layvering, Qo‘chqor aka. Men robotman-ku, temirdan
ham uyaladimi odam?
qo‘chqor: — (Birpas o‘ylab turib) Nima deb yig‘layman.
Do'stlaringiz bilan baham: |