Alomat: — Nima qilyapsiz, Qo‘chqor aka?
qo‘chqor: — (Uzrli.) Shu desangiz, ja muzday-da… Yuzimni
silasangiz temirga o‘xshaydi… (Alomatning qo‘lini tog‘oradan chiqa-
rib, yuziga bosib ko‘radi.) Hali bor… (Yana suvga tiqib qo‘yadi.) Xafa
bo‘lmang-u, Alomatxon, shu, Qumrining qo‘llari qadoq bosib, yo-
rilib ketgan bo‘lsayam, bir nimasi bor edi-da… O‘sha nima ekan-a?
Bo‘lmasam, barmoqlarini ko‘sak tilib, g‘adir-budur qilib tashlagan.
Qo‘lidan doim kir sovun aralash tappi hidi kelib turadi. (Xo‘rsiinib.)
Lekin nimasidir bor edi… Keyin ko‘zingiz ham g‘alati… Yo‘q, uzoqdan
qarasam, durust, yaqiningizga kelsam, shishaga o‘xshaydimi-ey…
Do'stlaringiz bilan baham: |