Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv


ko‘ksidа g‘ulu zаrdоli shохigа tаshlаr ko‘z qirin



Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/291
Sana17.07.2021
Hajmi3,46 Mb.
#121644
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   291
Bog'liq
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

ko‘ksidа g‘ulu zаrdоli shохigа tаshlаr ko‘z qirin”. Sаl e’tibоr qil-
gаn  o‘quvchi  yosh  kеlinchаklаrning  ko‘pinchа  o‘rik  dоvuchchаsigа 
bоshqоrоng‘i  bo‘lishini  eslaydi.  Hаr  qаndаy  hаyotiy  hоdisаdа  chin 
sаn’аtgа хоs bеlgini ko‘rа оlish аsl shоirlikning bеlgisidir.


229
                 OMON MATjON
              (1943- yilda tug‘ilgan)
Men she’r yozsam, endi uni qog‘ozga emas,
Anov yal-yal yonayotgan o‘tga yozaman.
Omon Matjon
Zamonaviy o‘zbek she’riyatining yirik vakili Omon Matjon 1943- 
yilning  14-fevralida  Xorazm  viloyati  Gurlan  tumanining  Bog‘olon 
qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi Matjon Jumaniyoz o‘g‘li qishloq poch-
ta bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan. Katta bobolari Jumaniyoz yirik savdogar 
boy bo‘lgan. Oktyabr to‘ntarishigacha Rossiyaga savdo ishlari bilan 
bir necha marta borib kelgan. XX asrning 20- yillarida boshlangan 
quloq lashtirish siyosatining oqibatini o‘ylab, bor mol-mulkini hukumat-
ga topshirgan. Omonning onasi Xotira opa go‘zal va oqila ayol bo‘lib, 
bo‘lajak shoir hali go‘dak ekanida dunyodan o‘tgan. 
Omon Matjon o‘z bolalik xotiralaridan birida quyidagicha es-
laydi: “Otam pochtada ishlaganlaridan uyda non bo‘lmasa-da, gaze-
ta-jurnal bo‘lar edi. Esimda, 1953- yilning 5-martida maktabda er-
talab, hovlida majlis bo‘lib, maktab o‘quv bo‘limi mudiri Stalinning 
o‘lganini yig‘ilganlarga ma’lum qildi. Bolalar, muallimlar dod-faryod 
solib qoldilar, tuproqqa yiqilganlar bo‘ldi. Men yig‘lab uyga keldim. 
“Ota, Stalin otamiz o‘libdi!..” U kishi mollarga xashak solib yurgan edi-
lar: “Nishatiyin , mening otam ham o‘lgan!”, — dedilar beparvo!” 
Tabiatan iste’dodli, ta’sirchan va g‘oyat ko‘p o‘qiydigan Omon 
Matjon  uchinchi  sinflarda  o‘qib  yurgan  paytlarida  she’rlar,  ertaklar 
yozgan. Ilk she’ri 1958- yilning 15-martida Yangibozor tuman gaze-
tasida bosilib chiqqan. O‘n olti yoshida o‘rta maktabni tugatgan 


230
Omon so‘zga mehr qo‘ygani sabab adabiyotni tanlamoqchi bo‘ladi. 
Ammo otasining istagiga bo‘ysunib, Aloqa institutiga hujjat topshira-
di. Imtihonlardan o‘tolmagach, radio-telefon tuzatish kursida o‘qib, 
montyor lik  qiladi.  Keyingi  yili  Samarqand  universitetining  filologiya 
fakultetiga o‘qishga kiradi. O‘qish o‘rtasida harbiy xizmatga boradi. 
Harbiy qismning katta kutubxonasidagi deyarli barcha asarlarni o‘qib 
chiqadi. Askarlikdagi uch yil bo‘sh ketma sin deb, har kuni kamida bit-
tadan she’r yozadi. Xizmatdaligida yozgan she’rlaridan bir turkumini 
o‘zidan bir yil oldin uyiga ketgan do‘stidan berib yuboradi. “Sharq yul-
duzi” jurnalining 1965- yil 5- sonida askar ning she’rlari bosilib chiqadi. 
Shundan buyon shoirning “Ochiq derazalar” (1970), “Karvon 
qo‘ng‘irog‘i” (1973), “Quyosh soati” (1974), “Yonayotgan daraxt” 
(1977), “Yarador chaqmoq” (1979), “Haqqush qichqirig‘i” (1979), 
“Seni yaxshi ko‘raman” (1981), “Daraxtlar va giyohlar” (1984), 
“Gaplashadigan vaqtlar” (1986), “Ming bir yog‘du” (1989), “O‘rtamizda 
birgina olma” (1990),  “Qush yo‘li” (1993), “Imon yog‘dusi” (1994), 
“Saylanma” (1997), “Ardaxiva” (2001) singari o‘ttizga yaqin kitobi dun-
yo yuzini ko‘rgan. 
O. Matjonning ish faoliyati ham havas qilgulik. Shoir oliy mak-
tabni  bitirgach  Toshkentga  kelib,  G‘afur  G‘ulom  nomidagi  nashri-
yotda muharrir, bo‘lim mudiri, so‘ng “Yoshlik” jurnali bosh muharriri, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, O‘zbekiston 
davlat  Matbuot  qo‘mitasi  raisi  o‘rinbosari,  “Cho‘lpon”  nashriyo-
ti direktori lavozimlarida mehnat qilgan. Omon Matjon 1993- yilda 
“O‘zbekiston xalq shoiri” unvoniga sazovor bo‘ldi.
Omon Matjon — zamonaviy o‘zbek she’riyatining yetakchi va-
killaridan biri. She’riyatning turli janrlarida muvaffaqiyat bilan ijod 
qilayotgan shoir tuyg‘ularining samimiyligi, tilining shiradorligi, ifoda-
sining ta’sirchanligi bilan boshqa ijodkorlardan ajralib turadi. Omon 
Matjonning tuyg‘ular olamiga ta’sir qilgan insoniy fazilatlar ko‘pincha 
Xorazm vohasida yashayotgan kishilarga mansubdir. Uning barcha 
asarlarida chin insoniy sezimlar, yetuk insonlarning orzu-intilishlari ti-
niq ranglarda tasvir etiladi.


231

Download 3,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish