109
Lirik asarlar, ya’ni she’riyatning qator o‘ziga xos xususiyatlari
bor. Avvalo, lirik asarlar asosan she’riy shaklda yoziladi. She’riy shakl
deyilganda, vaznga solinishi, qofiyalanishi, ma’lum satrlar yig‘indisi
bo‘lmish bandlardan iborat bo‘lishi nazarda tutiladi. O‘zbek she’riyati-
da barmoq, aruz, erkin (sarbast) vaznlari keng qo‘llab kelinmoqda.
Ikkinchisi, eng asosiysi, unda insonning ruhiy holat va kechinmalari
qalamga olinadi. Uchinchisi, ko‘p hollarda poetik maqsad talabi bi-
lan inversiya (gap bo‘laklarining o‘zgargan tartibi)ga murojaat qilina-
di. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, shoirlarning ijodiy izlanishlari
natijasi o‘laroq XX asr boshlaridan adabiyotimizda nasrdagi she’rlar
(nasr dagi nazmlar, mansuralar) paydo bo‘ldi. Bunday she’rlar Fitrat,
Oybek, Mirtemir, Omon Muxtor, Omon Matjon, Ibrohim G‘afurov kabi
shoirlar ijodida uchraydi.
Lirik tur o‘z ichida janrlarga bo‘linadi. Janr ma’lum bir she’riy
shaklni ifodalaydi. Masalan, mumtoz adabiyotda lirik turning g‘azal,
ruboiy, tuyuq, masnaviy, murabba’, muxammas, tarje’band kabi bir
necha
shakllari, ya’ni janrlari bo‘lsa, boshqa xalqlar she’riyatida so-
net, oda, elegiya, oktava, xokku kabi janrlarni uchratamiz.
She’riy asarni baholashda unda
nima va
qanday aytilayotgani
g‘oyat muhim sanaladi. Buni quyidagi bayt tahlili bilan tushuntiramiz:
Keltursa yuz baloni o‘shal bevafo manga,
Kelsun, yuzumni evursam, balo manga. (Bobur)
Baytda lirik asarga xos barcha xususiyatlar jamlangan. She’riy
shaklda, ya’ni vaznga solingan (aruz o‘lchovida), qofiyalangan (beva-
fo – balo).
Shuningdek, “keltursa” fe’li sintaktik vazifasiga ko‘ra
kesim
bo‘lib kelayotgan bo‘lsa ham, gapning oxirida emas, boshida kelmoq-
da. Ega va boshqa bo‘laklar undan keyin joylashgan, demak, inver-
siya bor.
Voqelik – lirik qahramonning ishqqa giriftor bo‘lishi va ma’shu-
qaning bevafoligi. Lekin she’rda mazkur holatni
bayon qi lish asosiy
maqsad emas, balki ishq tufayli oshiq boshiga tushgan ichki iztirob-
larni tasvirlash muhim. Ma’shuqaning bevafoligi tufayli oshiq ichki qiy-
noqlar girdobida qoladi (yuz balo boshiga kelayotgan oshiq holatini
tasavvur qiling). Ko‘rayotgan shuncha jafosiga qaramay oshiqning ke-
110
chinmalari – ko‘ngilda bergan qarori o‘zgacha. Jafo qiluvchiga (yorga)
gina-kudurat qilmaydi, yozg‘irmaydi, undan voz kechmaydi, aksincha,
u keltirayotgan balolarga quchoq ochadi. Sababi oddiy: suyuklidan
kelayotgan azoblar ham sevimli. Bu, yuqorida ta’kidlanganidek,
ni-
Do'stlaringiz bilan baham: