Alomat: — Voy, anavi kishimni… Nima deyman?
qo‘chqor: — Mayli nima desangiz ham, Alomatxon!.. Ishqilib,
ovozingizni eshitsam bo‘ldi!..
Alomat: — E, boring-e…
qo‘chqor: — Olimtoy! Sen xudosan! Yaratib qo‘yganingdan
aylanay! Endi mundoq o‘tir.
Olimjon: — (O‘tirib) Xo‘sh?
qo‘chqor: — Olimtoy, jigarim! Gap mundoq… Shu… (Alomat ga
qarab qo‘yib.) Alomatxonning oldilarida noqulayroq bo‘layapti-ku, a?
Olimjon: — Unda o‘chirib qo‘yamiz. (Robotni o‘chiradi) Gapiravering. (Qo‘chqor o‘chdimi-yo‘qmi deb Alomatga tikiladi, keyin uning ko‘zi oldida qo‘lini uyoqdan-buyoqqa o‘ynatib ko‘radi. Alomat tek qotib turaveradi.)