dashtga olib chiqishadi va uni o‘ldirish maqsadida
quduqqa tashlab
yuboradilar. Ukalarining yechib olingan ko‘ylagini
qonga botirib, otalariga: “Yusufni bo‘ri yeb ketdi”, — deb ko‘rsatadi-
lar. Ya’qub alayhissalom o‘g‘li qaytib kelguncha necha yillar davomi-
da ayriliq tufayli kecha-kunduz qon yig‘laydi.
Demak, shoir: “Ey yor,
o‘zingni yiroq qilib, meni ayriliqda qiynamagin”, — degan fikrni ifoda-
lash uchun Ya’qub va Yusuf alayhissalom haqidagi rivoyatga isho-
ra qilmoqda. She’riyatda tarixiy voqea va shaxslar, adabiy qahra-
monlarga ishora qilish talmeh (arabcha “nazar solmoq”
)
san’ati deb
yuritiladi.
Uzun sochingdin uzmasmen ko‘ngulni,
Ayog‘ing qanda bo‘lsa, boshim anda.
Bu baytda barcha gap bo‘laklari o‘z joyida. Faqat “uzmasmen”
bilan “ko‘ngulni” so‘zlarining o‘rni almashgan xolos. Gap nima uchun
baytning birinchi misrasida yorga: “Uzun sochingdan ko‘ngulni uz-
mayman”, — degan oshiq ikkinchi misrada: “Ayog‘ing qayerda bo‘lsa,
boshim o‘sha yerda”, — deyotgani sababini aniqlashda. Bu gaplar-
ning bir-biriga qanday bog‘liqligi bor? Ma’lumki, mumtoz she’riyatda
ma’shuqa sochlari uzunligidan uning oyog‘igacha tushib turishi tas-
virlanadi. Xalq orasida uzun sochli ayollarga nisbatan “sochi tovoni-
ga tushadi” degan ibora qo‘llanishini ham eshitgandirsiz, hoynahoy.
Buning ustiga, qadimda qushlar qildan yasalgan tuzoq bilan ovlan-
gan. Oshiqning ko‘ngil qushi ham ma’shuqaning sochidan qilingan
to‘rga ilingan, albatta.
Demak, ko‘ngilni bog‘lab olgan soch oyoqqacha tushar ekan,
shu sochga shaydo bo‘lib, uning domiga tushgan oshiqning boshi
yana qayerda bo‘lsin!? Shuningdek, ikkinchi misra ning “Sen qayerda
bo‘lsang, men ham o‘sha yerdaman” degan ma’nosi ham bor. Oshiq
ko‘ngli yorning uzun sochlariga bog‘langan va bu bog‘liqlik uzilmas
ekan, u ma’shuqaning izidan qolmaydi.
128
“Uzun” va “uzmasman” so‘zlari o‘zakdoshlarga o‘xshab keta-
digan “uz” so‘zi bilan boshlanib, baytga ajib ohangdorlik bag‘ishlay-
di. Ayni paytda, bu ohangdorlik shu so‘zlar ifodalayotgan ma’noni
kuchaytiradi ham. She’rda o‘zakdosh so‘zlarning qo‘llanishi ishtiqoq
(arabcha “so‘zdan so‘zni ajratish” ma’nosida) tasvir vositasi hisobla-
nadi. Shu g‘azalning uchinchi baytidagi “Chu jonimdan aziz jonona
sensen” misrasida qo‘llangan “jon” va “jonona” so‘zlari o‘zakdosh
bo‘lib, ishtiqoqni hosil qilgan. Tahlil etilayotgan g‘azalning “Ayog‘ing
qanda bo‘lsa, boshim anda» misrasidagi “ayoq” va “bosh” o‘zaro qa-
rama-qarshi ma’noli (antonim) so‘zlardir. She’rda bu xildagi qarshi-
lantirish asosiga qurilgan badiiy tasvir vositasi tazod (arabcha “zid
qo‘yish” ma’nosida) deyiladi. “Ko‘ngul olding, begim, yoshurmog‘ing
ne?” misrasi bilan boshlanuvchi g‘azalda boshqa bir she’riy san’atni
uchratish mumkin:
Raqiblarg‘a qilur la’ling tabassum,
Qonimni g‘ussadin toshurmog‘ing ne?
Ko‘ngul shishasida mehring mayidir,
Jafo birla anga tosh urmog‘ing ne?
Xalq orasida “qoni qaynadi” degan ibora bor. U iztirob tufay-
li tuyg‘ulari junbishga kelgan kishi holatiga mos keladi. Avvalgi bayt-
da oshiq yorga qarata “La’ling (labing) raqiblarga tabassum qilyapti,
g‘ussadan (mening) qonimni toshirmog‘ing (qaynatganing) nimasi?”
demoqda. Keyingi baytda oshiqning ko‘ngli shishaga, yorga muhab-
bati esa mayga mengzatilgan. Ma’shuqaning jafo qilishini ana shu
ishq mayi quyilgan ko‘ngil shishasiga tosh urishga o‘xshatilmoqda.
“Toshurmoq“ hamda “tosh urmoq” so‘zlari omonim (shakldosh) so‘z
ekanligini payqagan bo‘lsangiz kerak. She’rda shakldosh so‘zlarni
qo‘llash orqali san’at yaratish
tajnis (“jins dosh” ma’nosida) deyiladi.
Eslab qoling: mumtoz she’riyatda ko‘p qo‘llanadigan “shisha”,
“ko‘za”, “ayog‘” (idish), kosa kabi timsollar zamirida, aksariyat hollar-
da, ko‘ngul (qalb, yurak) tushunchasi, “may”, “sharob”, “boda” so‘zlari
ostida ishq, muhabbat, mehr ma’nolari yashiringan bo‘ladi. Demak,
ular ramziy
ma’noga ega.
129
Do'stlaringiz bilan baham: |