Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv


yaxshini Kim, mehr nuri teng tushar vayron-u obod ustina»



Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/291
Sana17.07.2021
Hajmi3,46 Mb.
#121644
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   291
Bog'liq
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

yaxshini Kim, mehr nuri teng tushar vayron-u obod ustina» yoki 
“Aylansun” radifli g‘azalidagi
Chu bergung non ila osh, ey saxiy, sidq ahlig‘a bergil,
Riyo-vu kizb ahli noning-u oshingdin aylansun  
kabi baytlarda buni kuzatish mumkin. 
Shuningdek, shoirning ijtimoiy-siyosiy qarashlari devondagi 
muxammas, musaddas, ruboiy, tarji’band va qasidalarida ham u yoki 
bu darajada o‘z aksini topgan. Xususan, “Dahr uyi bunyodikim, suv 
uzradur, mahkam emas” tarji’bandi tasavvufiy mazmunga yo‘g‘rilgan 
ijtimoiy-falsafiy  ruhdagi  asardir.  Tarji’bandda  dunyo  omonat  binoga, 
bo‘yi, vafosi yo‘q gulshanga, jafokor tuban ayyoraga o‘xshatiladi va 
insonni unga ko‘ngil berib, aldanib qolmaslikka chaqiradi.
“Qasidayi nasihat” esa Ogahiyning siyosat va davlatga muno-
sa bati, hukmdor fazilatlari va burch-vazifalari borasidagi mulohazalari 
bayon etilgan pandnomadir. Odatda qasidalarda biron-bir voqea yoki 
shaxs ulug‘lanadi, har tomonlama vasf qilinib, benuqson, ideal qiyofa-
da tasvirlanadi. Ogahiyning qasidasi esa odatdagi maqtovlar tizmasi-
dan iborat bo‘lib qolmadi. Shunga ko‘ra adib qasida vositasida ko‘pni 
ko‘rgan donishmand, umr mazmunini anglagan faylasuf sifatida yosh 
xonga nasihatlar qiladi, davlatni boshqarish san’atidan saboq beradi. 
“Qasidayi nasihat” adabiyotimiz tarixidagi siyosiy-didaktik lirikaning 
yorqin namunasi bo‘lib qoldi.
Ogahiyning kichik she’riy janrlar: ruboiy, tuyuq, ta’rix, fard kabi 
shakllarda ham benazir ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Ayniqsa, musovi-


99
yattarafayn (ikki tomonlama teng, bir xil) shaklida yozilgan she’ri ada-
biyotimiz tarixida juda kam uchraydigan hodisalardan deyish mumkin. 
She’rni ikki xil – odatdagi yon tarafga hamda yuqoridan pastga tomon 
o‘qisangiz, bir xil matn hosil bo‘laveradi. Bu she’r bilan tanishing.
Ul sho‘xki
ochildi
xat-u
ruxsori
Ochildi
rayohinda
yuzi
gulnori
Xat-u
yuzi
besabr-u qarori
man man
Ruxsori
gulnori
man man
zori
Ogahiy salaflari Lutfiy, Navoiy, Bobur, Fuzuliy hamda Munis kabi 
mumtoz adabiyotimizning yorqin siymolari an’analarini davom ettirdi, 
rivoj lantirdi, yangi badiiy kashfiyotlar bilan boyitdi. Uning ijodi shoir lari-
mizning bir necha avlodi uchun mahorat maktabi bo‘lib xizmat qildi.

Download 3,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish