Xoqon farzandidagi qayg‘uni ketkizmak bo‘lib hamda un-
ing har tomonlama kamolotga yetishganidan o‘zidan shohlikni
qabul qilib, taxtga o‘tirishini so‘raydi. Farhod esa bu taklifni
odob bilan, asosli uzrlar keltirib, davlatni boshqarish ishlarini
o‘rganish uchun muhlat so‘raydi. O‘g‘lining oqilona javobidan
behad xursand bo‘lgan shoh unga mamlakat xazinasini ko‘rsa-
tadi. Xazinadagi g‘aroyib bir sandiq uning diqqatini jalb etadi.
Xoqon bu sandiqni ochishlarini istamaydi. Lekin Farhod qattiq
turib oldi:
Eshitgach shoh uzrin shohzoda,
Havas savdosini qildi ziyoda:
Dedi: - “Har ishki qilmish odamizod,
Tafakkur birla bilmish odamizod.
Ulum ichra manga to bo‘ldi madxal
4
Topilmas mushkile men qilmag‘on hal.
Munung ham bilmaguncha asl-u budin
5
,
Muayyan qilmag‘uncha tor-u pudin
6
,
Ne imkonkim qaror o‘lg‘ay ko‘ngulga,
Tasalli oshkor o‘lg‘ay ko‘ngulga”.
1
Таfаhhus аylаmаk – tеkshirmоq, surishtirmоq, tеrаn o‘rgаnmоq;
2
Zаmir – ko‘ngil;
3
Хunbоr – qоn yig‘lоvchi;
4
Маdxаl – kirish;
5
Bud – bоrliq, mаvjudlik. Bu yеrdа:
nimаligini mа’nоsidа kеlgаn;
6
Тоr-u pud – o‘rish–аrqоq. Bu yеrdа: sirr-u sinоаtini
dеgаn mа’nоdа kеlgаn.
62
Noiloj qolgan xoqon kalitni keltirib, sandiqni ochishni buyura-
di. Uning ichidan bir vaqtlar Iskandari Rumiy har biri Aflotundek to‘rt
yuz olimga yasattirgan sirli ko‘zgu chiqdi. Oynaning orqasida uning
maxfiy sirlari yozib qo‘yilgan. Unga ko‘ra, ko‘zgu tilsimini ochmoqchi
bo‘lgan odam xatarli safarga otlanib, Yunonistondagi bir toqqa borishi
kerak. Ungacha uch manzil bo‘lib, birinchisida ajdahoni, ikkinchisida
Ahraman devni, uchinchi manzilda ikkalasidan ham mushkulroq til-
simni yengishi kerak. To‘rtinchi manzil – o‘sha tog‘dagi g‘or ichidan
donishmand Suqrot topiladi. Farhod bu to‘siqlarni mardona yengib,
Jamshid jomini, Sulaymon uzugini, Iskandar boyligini qo‘lga kiritadi.
Suqrot uning, otasi va atobegi Mulkoroning taqdiri haqida bashoratlar
beradi, ularga nasihatlar qiladi va jon taslim qiladi.
Yunonistondan qaytishgach, ko‘zgu tilsimidan voqif bo‘lgan
Farhod xazinadagi sandiqni ochadi. Oynada qandaydir bir yurt, tog‘
kesish bilan mashg‘ul odamlar, o‘zining ham ariq qazayotgani hamda
Shirinni ko‘radi. Qizni ko‘radi-yu, hushdan ketadi.
Sevgilisini izlab yo‘lga chiqqan Farhod uning Arman yurtidan
ekanligini safarda topgan do‘sti Shopurdan eshitadi. U yerga borish-
gach, metindek toshlardan iborat tog‘ni kesish mashaqqatiga mah-
kum odamlarni ko‘rishadi. Ular tog‘ni kesib, uning narigi yog‘idan suv
olib o‘tishlari kerak edi. Afsuski, uch yil zahmat cheksalar-da ishda
siljish bo‘lmagan. Bu topshiriqni elning ardoqli malikasi Mehinbonu va
jiyani Shirinning orzusini ro‘yobga chiqarish uchun sidqidildan baja-
rayotgan edilar. Navoiy ularning tilidan Shirinning vasfini quyidagicha
bayot etadi:
Harimi iffat ichra shoh ul ermish,
Sipehri ismat
1
uzra moh ul ermish.
Ani ham vasf etardin bahramiz yo‘q,
Otin dog‘i tutarg‘a zahramiz
2
yo‘q.
Yuzin ko‘rmaydur oning odamizod,
Magar bir necha gulrux sarvi ozod
3
1
Sipеhri ismаt – poklik оsmоni;
2
Zаhrа – hаd, jur’аt;
3
Мisrаning mаzmuni: bir nеchа
sаrvdеk tik qоmаtli, gul yuzli qizlаrdаn bоshqа.
63
Kim, oni ko‘rsa gasht-u sayr ko‘rmas,
Ani ko‘rgan kishini g‘ayr ko‘rmas.
Yuzi gul, kiprigi derlar tikandur,
Ne bor andoqki hargiz bor ekandur.
Mehinbonu ko‘p aylab ehtiromin,
Yasabdur jon uyi ichra maqomin.
Yuzi birla qilur bazmini gulshan,
Aning birla ko‘rar olamni ravshan.
Bu tog‘ekim aning vasfidadur tul
1
Ki, bordurbiz ani qozmoqqa mashg‘ul.
Kelubdur bir boshi sharqi shamoyil
Yana bir boshi g‘arbi sori moyil.
Oqar sharqisida bir chashma holi
2
,
Suyi ul nav’kim hayvon
3
ziloli.
Debon “Ayn ul-hayot”
4
ul chashmani xayl,
Ki, o‘lgon ichsa aylar jon sari mayl.
Gahi ul hur bu sori qo‘yar gom,
Pari sarchashmada tutqondek orom.
Parilar birla aylab azmi ishrat,
Tuzarlar anda gohi bazmi ishrat.
Erur g‘arbida ul mahvash makoni
Ki, holo Armaniya derlar oni.
Yeridur nazhat ichra jannatoso,
Aning yonida tog‘i charxfarso
5
.
1
Тul – uzun, cho‘zilgаn;
2
Hоli – hozir;
3
Hаyvоn – tiriklik, hаyot;
4
“Аyn ul-hаyot” – hаyot
bulоg‘i, hаyot suvi;
5
Chаrхfаrsо – ko‘kkа ulаngаn, judа yuksаk.
64
Erur bu nav’ ul mahvash xayoli,
Ki, ul manzilda solg‘ay qasri oliy.
Muhayyo borcha rang-u bo‘yi oning,
Vale ustida yo‘qtur suyi oning.
Muhandislar nechukkim charxi sayyor,
Yugurtub chashma suyi sori tayyor.
Topibkim bir arig‘ qozilsa diljo‘,
Yetar ul hur qasri ollig‘a su (v).
Vale ul chashma to bu qasri ofat,
Topibdur o‘n yig‘och
1
chog‘liq masofat.
Bu jadvalkim, chekibdurlar aroda,
Ariq qozmoq qilibdurlar iroda...
Bu xoro tesha birla bo‘lmas afgor,
Nechukkim tesha, metin aylamas kor.
Erur uch yilki jon tortib hamesha,
Usholmay qolmadi metinu tesha.
Mashaqqatdin yigitni el qori der
Ki, qozilmish iki-uch yuz qori yer.
Bu yanglig‘ birla umri Nuh topsoq,
Badanda ko‘prak ondin ruh topsoq,
Chu mehnatning had-u poyoni yo‘qtur,
Tuganmaklik bu ish imkoni yo‘qtur.
Do'stlaringiz bilan baham: |