Bu voqеa jungjanglar Sario‘zak dashtlarini egallab olish
va aholini qullikka solish maqsadida tub xalqlar bilan tinim-
siz urush olib borgan zamonlarda yuz bеrgan edi. O‘z yеrlari-
dan ayrilishni istamagan mahalliy qabilalar tinimsiz kurash olib
bori shar, katta-kichik janglar orasida tinch damlar ham bo‘lar-
di. Nayman ona fojiasi ayni shunday tinch kunlarning birida
bo‘lgandi...
Ona Bayit qabristonining o‘z tarixi bor. Rivoyatga ko‘ra o‘tgan
zamonlarda Sario‘zakni bosib olgan jungjanglar asirga tushgan jang-
chilarga nisbatan behad shafqatsizlik qilishar ekanlar. Ular kezi kelib
bunday tutqunlarni qo‘shni o‘lkalarga qul qilib sotib yuborishar ekan.
Bu tutqunning omadi kelgan hisoblanar ekan. Chunki sotib yubo-
rilgan qul ertami-kechmi, bir kuni o‘z vataniga qochib ketishi mum-
kin ekan-da. Jungjanglarning qo‘l ostida tutqun bo‘lib qolganlarning
esa sho‘ri qurir ekan. Ular mahkumning boshiga teri qalpoq tortish
yo‘li bilan dahshatli bir tarzda qiynab, uning xotirasini yo‘qotar ekan-
lar. Odatda bunday jazoga jangda asir tushgan yosh yigitlar giriftor
bo‘lishardi. Avvaliga jungjanglar tutqinning sochini dastlab o‘ngidan,
so‘ngra teskarisidan taqir qirib tashlashadi. Sartaroshlik marosimi
tugagach, jungjanglarning chapdast qassoblari kattakon bir tuyani
so‘yib, terisini shila boshlaydilar. Ularni birinchi navbatda, eng qalin
337
va eng og‘ir bo‘lgan bo‘yin terisini ajratib bo‘laklarga bo‘lishar, ho vuri
chiqib turgan yopishqoq terisini shu zahotiyoq hozirda suzuvchilar ki-
yadigan qalpoqcha singari tutqinning yangi qirilgan taqir boshiga kiy-
gizib qo‘yishardi. Mana shu teri qoplash deyiladi. Bunday qiynoqqa
duchor etilgan qul yo dahshatli azoblarga bardosh berolmay o‘lib
ketar, yo xotirasidan umrbod mahkum etilib, o‘tmishini eslay olmay-
digan qulga – manqurtga aylanib qolar edi. Bitta tuyaning bo‘yin terisi
besh-oltita qalpoqqa yetadi. Qalpoq qoplangandan so‘ng halokatga
mahkum etilgan har bir qul qiynalganda boshini yerga tegiza olmasin
uchun bo‘yniga yog‘och bo‘yinturuq bog‘lashardi. Shu alfozda ular-
ning yurakni ezuvchi, quloqni qomatga keltiruvchi dod-faryodlari eshi-
tilib qolmasin, deb odamlardan yiroqqa, suvsiz, yemishsiz, kimsasiz
yaydoq dalaga oyoq-qo‘llarini bog‘liq holda jazirama oftob tig‘iga eltib
tashlar edilar. Bu qiynoqlar bir necha kun davom etardi. Kerakli joy-
larga soqchilar qalin qo‘yilib, asirlarning qabiladoshlari ularni qutqa-
rishga kelib qolishsa, o‘tkazmaslik uchun chora-tadbir ko‘rib qo‘yilgan
edi. Biroq qutqarishga urinishlar juda kam bo‘lardi, chunki ochiq da-
lada qilt etgan sharpa darhol sezilib qolardi. Buning ustiga jungjang-
lar falonchini manqurt qilishibdi degan xabar tarqalgan taqdirda
tutqunning eng yaqin birodarlari ham uni qutqazishga yoki pul eva-
ziga qayta rib olishga urinmayoq qo‘yardilar, chunki bu o‘sha odam-
ning quruq jasadinigina qaytarish degan so‘z edi. Faqat ri voyatlarda
Nayman ona nomi bilan mashhur bo‘lib ketgan ayolgina o‘z o‘g‘lining
bu taxlit achchiq qismati bilan murosa qila olmadi. Sario‘zak afsonasi
shu haqda. Ona Bayit – Onayizor makoni qabristonining nomi shun-
dan kelib chiqqan.
Dalaga tashlangan asirlarning ko‘pi Sario‘zak quyoshi tig‘ida
dahshatli qiynoqlarga bardosh berolmay halok bo‘lgan. Besh-oltita
manqurtdan bitta yoki ikkitasigina tirik qolgan. Boshqalari ochlikdan
emas, hatto tashnalikdan ham emas, kallaga qoplangan terining qu-
yosh issig‘ida qovjirab, qoq miyani chidab bo‘lmas darajada siqishi
natijasida jon taslim qilar edilar. Olov purkab turgan quyosh ostida
teri qalpoq shafqatsiz ravishda torayib, qulning qirilgan boshini temir
chambarak singari jingirtob qilib qisardi. Oradan bir kun o‘tishi bilan
jabrdiydalarning taqir boshida soch nish ura boshlaydi. Osiyoliklarga
338
xos tikanday tik dag‘al sochlar ba’zida xom terini teshib chiqardi, ko‘p
hollarda esa chiqishga yo‘l topolmay yana qaytadan qayrilib, bosh
terisiga qarab o‘sardi va avvalgidan ham battar azob berardi. So‘nggi
sinov davomida tutqunlar es-hushlarini butunlay yo‘qotardilar. Oradan
besh kun o‘tgachgina jungjanglar kelib tutqunlardan qay biri tirik qol-
ganini ko‘zdan kechirardi. Aqalli bitta tutqun tirik qolgan bo‘lsa ham,
maqsadga erishilgan hisoblanardi.
Bunday qulni qiynoqdan bo‘shatib, suv berib, asta-sekin kuch-
ga kiritib, oyoqqa turg‘izishardi. Biroq u endi baribir odam sanog‘idan
chiqardi, zo‘rlab es-hushidan judo etilgan qul – manqurtga aylanar-
di, xuddi shuning uchun ham bunday qul o‘nta sog‘lom tutqun quldan
ko‘ra qimmatroq turardi. Hatto shunday qonun-qoida ham bor edi-
ki, o‘zaro to‘qnashuvda o‘ldirilgan bitta manqurt uchun boshqa erkin
tutqunga nisbatan uch baravar ortiq haq undirib olinardi.
Manqurt o‘zining kim ekanini, qaysi urug‘-aymoqdan ekani-
ni, ismini, bolalik kezlarini, ota-onasining kimligini butunlay yoddan
chiqargan bo‘lib, o‘zining odamligini ham unutib yuboradi. O‘zining in-
soniy qadr-qimmatini idrok etolmagan manqurt xo‘jalik ishlari nuqtayi
nazaridan bir qancha fazilatlarga ega edi. U notavon va zabonsiz bir
maxluq bo‘lgani uchun ham mutlaqo itoatkor va beozor. Qochaman-
qo‘yaman degan xayol uning tushiga ham kirmaydi. Quldor uchun
eng dahshatli narsa – qulning isyoni. Har bir qul siymosida isyonkor
ruh yashiringan. Yolg‘iz manqurtgina bundan mustasno, isyon ko‘ta-
rish, bo‘yin tovlash unga butunlay yot. Bunday tushunchalar unga be-
gona! Unga soqchi qo‘yishga, ayniqsa, buzuq niyatli kishi sifatida un-
dan gumonsirashga hojat yo‘q, manqurt xuddi it kabi faqat o‘z egasini
taniydi. Boshqalar bilan ishi yo‘q. Uning fikri-zikri qorin to‘yg‘azish-
da, shundan boshqa tashvishi yo‘q. Ammo o‘ziga topshirilgan ish-
ni o‘ylamay-netmay, o‘lar-tirilariga qaramay muqarrar bajo keltiradi.
Manqurtlar odatda eng past, eng og‘ir ishlarni bajarishga majbur eti-
ladilar yoki bo‘lmasa, ularga eng zerikarli, eng mashaqqatli, ovsarlar-
cha sabr-toqat talab etiladigan mashg‘ulotlar topshirilar edi. Kimsasiz
Sario‘zak yaylovlaridagi tuyalar podasidan bir qadam ham nariga jil-
masdan yakka-yu yolg‘iz yashashga mahkum etiladigan manqurtgina
azob-uqubatlarga chiday olishi mumkin edi! Birgina manqurtning o‘zi
339
bunday olis joylarda bir qancha tuyachining o‘rnini bosa olardi. Bor-
yo‘g‘i niyati — qorni to‘ysa. Shunda u qishin-yozin demay, yolg‘izlik
azobiga ham, boshqa har qanday mahrumliklarga ham parvo qilmay,
tinimsiz ishlayveradi. Xo‘jayinning amri manqurt uchun farz ham qarz.
Uning o‘ziga esa xo‘rak-u dashti biyobonda muzlab qotib qolmaslik
uchun kifoya qiladigan ust-bosh bo‘lsa bas. Bo‘lak hech narsani talab
qilmaydi.
Insonning insonlik fazilati, yaratilganda birga yaratilib, o‘lganda
yana bir o‘zi bilan birga ketadigan va boshqa mavjudotlardan ajratib
turadigan birdan-bir noyob fazilati — xotirasi, aql-idroki bo‘lsa-yu, uni
tag-tomiri bilan yulib olsalar, axir bu qanday bedodlik!? Undan ko‘ra
tutqunning qalbini poralab, istagancha ziyon-zahmat yetkazib, o‘lim-
ga mahkum etishlari yoki bo‘lmasa, biryo‘la boshidan judo etsa, yuz
chandon yaxshi emasmi? O‘zlarining mudhish tarixida xiyonatkor si-
fatida shuhrat qozongan ko‘chmanchi jungjanglar eng muqaddas
narsa – insonning muqaddas insoniylik mohiyatiga ham chang sol-
dilar. Ular qullarni jonli xotiradan mahrum etish yo‘lini o‘ylab topdilar,
shu bilan bani odam zotiga aql bovar qiladigan va bovar qilmaydigan
yovuzliklar orasida eng qabih jinoyatga qo‘l urdilar.
Balki, shu boisdandir, manqurtga aylantirilgan o‘g‘lining
g‘am-g‘ussasi olovida qovurilgan Nayman ona shunday zikr qildi:
“Bo‘talog‘im, seni xotirangdan judo etayotganlarida boshingga ko‘rin-
mas teriqalpoq o‘rnatib es-hushingdan ajratayotganlarida, yong‘oq
chaqadigan qisqichdek boshingga kiydirilgan tuyateri asta-sekin qu-
rib qovjirab, bosh chanogingni jingirtob qilib siqayotganida, dahshatli
qo‘rquvdan ko‘zlaring kosasidan irg‘ib chiqqanida, Sario‘zak dashtin-
ing dudsiz otashi o‘lim talvasasi bilan olishib, labingni ho‘llashga ham
yer-u ko‘kdan bir tomchi suv topolmay tashnalik azobida qovrilayot-
ganingda, hatto borliqqa hayot baxsh etuvchi xurshidi olam senga
so‘qir, balo-qazo bo‘lib, dunyodagi jamiki yulduzlar qaro zulmat bo‘lib
ko‘ringandir?...
Tulporim, qiynoqlardan mayib-majruh bo‘lgan aql-idrokingga
mangu tun choyshabi yopilayotganda, xotirang rishtalari zo‘rlik bilan
yulib-sitib olinib, o‘tgan umring bilan seni bog‘lab turuvchi halqalar-
dan, jon talvasasida o‘zingni har yon urib ona nigohini, yoz kunlari
340
qirg‘og‘ida sen o‘ynab yurgan tog‘ jilg‘asining shovullashini unutayot-
ganingda, shuuringni parchalab, xotirangdan o‘z nomingni, otang ning
nomini o‘chirib tashlayotganlarida, atrofingdagi sen bilan unib-o‘sgan
odamlarning chehralari so‘nayotganida va senga uyalib, iymanib ta-
bassum qilayotgan mahbubaning jamoli qorong‘ulashayotganida
xotirasizlik jariga qular ekansan, o‘z vujudida homila paydo etishga
jur’at etib va shu mudhish kun uchun seni yorug‘ dunyoga tavallud
toptirgan onayizoringga la’natlar yog‘dirgandirsan?..”
Do'stlaringiz bilan baham: |