Alomat: — Kvars.
qo‘chqor: —Nima-ars?
Alomat: — Kvars. Kvarsdan yasalgan.
qo‘chqor: — Ha-a… Shishaning bir turi-da, a! Ja sovuq nar-
sa bo‘larkan, lekin… Bilasizmi, xafa bo‘lmang-u, Qumri bilan, de-
sangiz, jim o‘tirib ham gaplashaverardik. Ichimizda. Nima deyotgani-
276
ni ko‘zidan bilardim. Uyam shundoq qarardi-yu, ichimdagini topardi,
qurg‘ur…
Alomat: — Men maqsadingizni, xohish-istagingizni ko‘zingiz-
dan bilolmayman. Tashqi olam bilan faqat manusonik metodda aloqa
qilaman.
qo‘chqor: — Nima-so‘nik?
Alomat: — Manusonik. Tabiatdagi barcha tirik mavjudot —
o‘simlik, parranda-yu darranda, shuningdek, odam ham o‘zidan elek-
tromagnit to‘lqinlari tarqatadi.
qo‘chqor: — Men hammi?
Alomat: — Siz ham.
qo‘chqor: — (Ma’yus jilmayib) Qumri bo‘lsa „sizdan faqat sol-
yarka hidi taraladi“, derdi. Qarang, gapi yolg‘on ekan-da, a?
Alomat: — Sizdan tarqalayotgan elektromagnit to‘lqinlarini qa-
bul qilaman va shunga ko‘ra nima kerak bo‘lsa, o‘sha ishni bajara-
man.
qo‘chqor: — (Tushunishga harakat qilib) Demak, biz
o‘zimizdan elektromagnit to‘lqinlari chiqaramiz, siz uni qabul qilasiz.
Bundan chiqdi, siz kelguningizgacha bekordan-bekorga elektromag-
nit to‘lqinlari chiqarib yotgan ekanmizda-a? Uni hech kim qabul qilma-
sa…
Alomat: — Mana, masalan, ikki kundan beri ishingizga ovqat
olib boraman-a? Hech qaysi brigadada, qaysi kartada ishlayotga-
ningiz ni so‘raganmanmi? Yo‘q. Ovqatni olaman-u, to‘ppa-to‘g‘ri topib
bora veraman. Elektromagnit to‘lqinlari menga yo‘l ko‘rsatadi.
qo‘chqor: — (Ma’yus) Qumri ham adashmay topib borardi…
Unga nima yo‘l ko‘rsatar ekan-a? Yoki, deylik har kuni ko‘chamizdan
qanchadan qancha traktor o‘tadi, bolalarim bo‘lsa, mening traktorim-
ni ovozidan taniydi, yugurib chiqishadi… Bo‘lmasam, uncha-muncha
mexanik ham traktorlarni ovozidan ajrata olmaydi… E, Xudo, men
tushunmaydigan jumboqlaring muncha ko‘p-a!..
Alomat: — Tushunmagan narsalaringizni so‘rang, javob bera-
man.
qo‘chqor: — Mana, deylik, men nimadandir xursand
bo‘ldim-a? Siz ham menga qo‘shilib xursand bo‘lasizmi?
277
Alomat: — Yo‘q, men unda xotirjam bo‘laman. Negaki, biron
joyingiz og‘riyotgani yo‘q, qorningiz to‘q, hech nima bezovta qilma-
yapti, demak, hammasi joyida.
qo‘chqor: — E-e, unda siz ham o‘zimizning mahalliy hokimi-
yatga o‘xshagan gap ekansiz-da. Ular ham na dardingga sherik bo‘la-
di, na xursandchiligingga. Nomi „mahalliy“ bo‘lgani bilan, bilmayman,
narigi mahallaga qaraydimi… (Birdan.) Alomatxon, siz yig‘lolasizmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |