Qishloq xoʻjaligi
Qishloq xoʻjaligida mamlakat hududining
44 % dan foydalaniladi; uning 19 %
haydaladi, 1 % ga yaqini sugʻoriladi. 1954
—60 yillarda qoʻriq va boʻz yerlarning
oʻzlashtirilishi natijasida Qozogʻiston
gʻalla yetishtiruvchi yirik respublikaga
aylandi. Lalmi va sugʻoriladigan yerlarda
gʻallachilik bilan birga goʻshtjun
qoʻychiligi va goʻsht-sut chorvachiligi
ham rivojlangan. Gʻallachilikda, asosan,
bugʻdoy yetishtiriladi. Shuningdek, paxta,
kungaboqar, zigʻir, yem-xashak ekinlari
ekiladi. Mevachilik, tokchilik, polizchilik
rivojlangan. Chorvachilikda qoramol,
choʻchqa, qoʻy va echki, uy parrandasi,
tuya va yilqi boqiladi.
Eskport va import
Qozogʻiston chetga neft, tabiiy gaz, qora
metall, mis, gʻalla, koʻmir va boshqalar
chiqaradi. Chetdan oziq-ovqat va sanoat
mollari, mashina va jihozlar oladi. Tashqi
savdoda Rossiya, Ukraina, Qirgʻiziston,
Germaniya, Xitoy bilan hamkorlik qiladi.
Pul birligi — tenge.
Transporti
Transportida temir yoʻllar uzunligi 13,5
ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 87,4
ming km. Kaspiy va Orol dengizlari,
Balxash, Irtish, Ural, Sirdaryo daryolarida
kema qatnaydi. Truboprovod transporti
rivojlangan. „Air Kazakhstan“ havo yoʻllari
kompaniyasi mavjud
[20]
.
Air Astana
aviakompaniyasidagi
Boing 757
Olmota
Aeroportida
Tibbiy xizmati
2005-yil Qozogʻistonda 50,6 ming vrach
(10 ming aholiga 33,9 vrach), 104,4 ming
oʻrta tibbiyot xodimi (10 ming aholiga
74,1 oʻrta tibbiyot xodimi) ishladi.
Vrachlar mamlakatdagi
ixtisoslashtirilgan 6 oliy oʻquv yurtida
tayyorlanadi. Qozogʻiston hududida
„Borovoye“, „Olma-Arasan“, „Sariogʻoch“
kurortlari, Olatov, Bayanovul,
KapalArasan, Moʻyaldi, Yangiqoʻrgʻon
kurort joylar bor.
19-asr 2-yarmigacha Qozogʻiston
hududida faqat musulmon maktab va
Maorifi, ilmiy va madaniy-
maʼrifiy muassasalari
madrasalari boʻlgan. 19-asrning 2-
yarmidan dunyoviy maktablar, xususan,
1850-yil Orenburg chegara komissiyasi
huzurida qozoq bolalari uchun 7 yillik
maktab ochildi. 1864-yil Toʻrgʻayda qozoq
demokrat-maʼrifatparvar pedagogi
N.Oltinsarin tashabbusi bilan qozoq
maktabi va uning qoshida internat tashkil
etildi. 1879—89 yillarda Qozogʻistonning
turli uyezdlarida 2 sinfli rus-qozoq
maktablari, 1888-yil Orskda muallimlar
maktabi ochildi. 1929-yil lotin alifbosi
asosida qozoq yozuvi yaratildi. 1940-yil
rus alifbosi asosidagi yozuvga oʻtildi.
1992-yildan taʼlim tizimida islohotlar
amalga oshirildi. Umumiy oʻrta taʼlim
maktablari kabi oʻrta maʼlumot beradigan
litsey, gimnaziya, hunar-texnika
maktablari, kollejlar paydo boʻldi. 2003-yil
respublikada 108 gimnaziya, 63 litsey,
litsey va gimnaziya sinflari boʻlgan 289
maktab, iqtidorli bolalar uchun
moʻljallangan 30 maktab ishladi. 312
hunar-texnika maktabida 89 mingdan
ziyod, 382 kollejda 207 mingdan ortiq
oʻquvchi oʻqidi. Qozogʻistonda birinchi
oliy oʻquv yurti — Qozogʻiston
pedagogika instituti 1928-yil Olmota
shahrida ochilgan. 2005-yil
Qozogʻistonda 43 davlat oliy oʻquv yurti
ishladi. Yiriklari: Qozoq milliy universiteti,
Yevrosiyo milliy universitetiti, Qozogʻiston
milliy agrar universiteti, Qozogʻiston milliy
texnika universiteti, Qozogʻiston milliy
konservatoriyasi, Qaraganda universiteti,
Olmaota texnologiya universiteti va
boshqalar Qozogʻistonda ilmiy
tadqiqotlar Qozogʻiston Respublikasi
milliy fanlar akademiyasi ilmiy tadqiqot
institut va muassasalarida, mamlakat
oliy oʻquv yurtlari hamda turli vazirlik,
muassasalar ixtiyoridagi soha ilmiy
tadqiqot institutlarida olib boriladi.
Qozogʻistonda bir qancha kutubxona
(eng yirigi Qozogʻiston Respublikasi milliy
kutubxonasi), klub muassasasi, 12
muzey (yiriklari: Qozogʻiston Respublikasi
davlat muzeyi, Sanʼat muzeyi, Muxtor
Avezov uy muzeyi, Abay Qunonboyev
memorial muzeyi va boshqalar) bor.
Matbuoti, radioeshittirishi
Qozogʻistonda bir qancha gazeta va
jurnal nashr etiladi. Yiriklari: „Aqiqat“
(„Haqiqat“, qozoq tilidagi oylik jurnali,
1921-yildan), „Atameken“ („Vatan“, qozoq
tilidagi gazeta, 1991-yildan),
„Vechernyaya Astana“, rus tilida haftada
3 marta chiqadigan gazetasi, 1991-
yildan), „Jas alash“ („Yosh millat“, qozoq
tilidagi kundalik gazeta, 1921-yildan),
„Juldiz“ („Yulduz“, qozoq tilidagi oylik
jurnal, 1922-yildan), „Qazaqstan ayelderi“
(„Qozogʻiston xotin-qizlari“, qozoq tilidagi
oylik jurnal, 1925-yildan),
„Kazaxstanskaya pravda“ („Qozogʻiston
Matbuoti, radioeshittirishi
va telekoʻrsatuvi
haqiqati“, rus tilidagi kundalik gazeta,
1920-yildan), „Narodnoye xozyaystva
Kazaxstana“ („Qozogʻiston xalq xoʻjaligi“,
rus tilidagi oylik jurnal, 1926-yildan),
„Prostor“ („Kenglik“, rus tilidagi oylik
jurnal, 1933-yildan), „Qazaqstannin aul
sharuashilngʻi“ („Qozogʻiston qishloq
xoʻjaligi“, qozoq tilidagi oylik jurnal, 1936-
yildan), „Ara“ („Ari“, qozoq tilidagi oylik
jurnal, 1956-yildan). „Qozogʻiston axborot
agentligi“ milliy kompaniyasi, ochiq
aksiyadorlik jamiyati, 1921-yil]] tashkil
etilgan. „Xabar“ agentligi, aksiyadorlik
jamiyati, 1996-yil tuzilgan. „Qozogʻiston“
respublika teleradiokorporatsiyasi,
Qozogʻiston radiosi (1920-yildan faoliyat
koʻrsatadi) va „Qozogʻiston“ milliy
telekanali (1958-yildan faoliyat yuritadi)ni
birlashtiradi. „Xabar“
teleradiokompaniyasi, 1995-yilda tashkil
etilgan. Qozogʻistonda radioeshittirishlar
1921-yildan, telekoʻrsatuvlar 1958-yildan
boshlangan.
Bayram va dam olish
kunlari
[21] [22]
Do'stlaringiz bilan baham: |