Qozogʻiston yoki Qozogʻiston Respublikasi


Kun Oʻzbekcha va qozoqcha



Download 10,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana01.07.2022
Hajmi10,67 Mb.
#723189
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qozogʻiston - Vikipediya

Kun
Oʻzbekcha va qozoqcha
nomlanishi
1–2-yanvar
Yangi yil (Жаңа жыл)
7-yanvar
Iso paygʻambarning
tavallud kuni (Иса
пайғамбардын тууылған
күні) Рождество
Христово
8-mart
Xalqaro ayollar kuni
(Халықаралық әйелдер
күні)
21–23-mart
Navroʻz bayrami (Наурыз
мейрамы)
1-may
Qozogʻiston aholisining
birdamlik kuni 


(Қазақстан халқының
бірлігі мерекесі)
7-may
Vatan himoyachilari kuni
(Отан Қорғаушы күні)
9-may
Gʻalaba kuni (Жеңіс күні)
6-iyul
Ostona kuni (Астана күні)
30-avgust
Qozogʻiston
Respublikasining
Konstitutsiya kuni 
(Қазақстан
Республикасының
Конституциясы күні)
Hoj safarining
soʻngi kuni.
2013-yil 15-
oktyabrda
oʻtadi
Qurbon hayiti (Құрбан айт)


1-dekabr
Toʻngʻich Prezident kuni
(Тұңғыш Президент күні)
16-17-dekabr
Mustaqillik kuni
(Тәуелсіздік күні)
Qozoq xalqi adabiyoti xalq ogʻzaki ijodi
(qoʻshiq, ertak, maqol va matal,
qahramonlik va lirik-epik dostonlar)dan
boshlanadi. „Er Targʻin“, „Qambar batir“
va boshqa qadimgi dostonlarda xalq
ozodligi, erki va mustaqilligi yoʻlida
kurashgan xalq qahramonlari madh
etiladi. „Qiz Jibek“, „Bayan Suluv“,
„Ayman-sholpan“ dostonlarida qozoq
xalqining erksevarligi kuylanadi. Xalq
Adabiyoti


ertaklarining Aldar koʻsa, Jirenshi,
Tazsha, Ayozbi kabi qahramonlarning
sarguzashtlari aks ettirilgan ertaklar keng
tarqalgan. 15-asrda Asan Kaygʻi, Sipira,
Qaztugʻan, 16-asrda Doʻstpambet,
Shalkiiz, 17-asrda Jiyembet, Margʻaska
Jirov, Aqtamberdi, 18-asrda Tetiqora,
Buqar kabi jirovlar oʻz dostonlari bilan
mashhur boʻldilar. 18—19-asrlarda qozoq
madaniyati, jumladan, qozoq adabiyoti
taraqqiyotida yangi davr boshlandi.
Janaq Sogʻindiq oʻgʻli, Shoʻji Qarja-ubay
oʻgʻli, Suyunbay Aron oʻgʻli, Shortanboy
Qanay oʻgʻli, Murat Moʻnke oʻgʻli, Abubakir
Shoʻqon oʻgʻli va boshqalar
taraqqiyparvar xalq oqinlarining asarlari
paydo boʻldi. 19-asr oʻrtalarida B.


Qoʻjagulov, A.Naymanboyev kabi oqinlar,
shoira T.Tansanbekova, Jambul Jabayev
va boshqalarning asarlari ommalashdi.
Bu davrda etnograf va folklorshunos
Ch.Valixonov adabiyotda
maʼrifatparvarlik gʻoyalarini yoydi. 19-asr
2-yarmida tanqidiy realizm adabiyoti —
qozoq yozma badiiy adabiyot rivojlandi.
Uning asoschisi, shuningdek, milliy
adabiy tilning yaratuvchisi Abay
Qoʻnonboyev boʻldi. I.Oltinsarin
maʼrifatparvarlik gʻoyalarini yaratdi va rus
grafikasi asosida qozoq alfavitini ishlab
chiqdi. 20-asrda yozuvchilardan
S.Kubayev, S.Toʻraygʻirov, S.Dunentayev,
M.Seralin, B.Kuleyev, B.Utetileuov,
T.Iztileuov, Gʻ.Qarash, N.Ormanbot oʻgʻli,


T.Joʻmartboyev va boshqa
maʼrifatchidemokratlarning realistik
anʼanalarini davom ettirdilar. 20-asrning
20-yillarida qozoq adabiyotida Saken
Sayfullin yetakchi oʻrin egalladi. Bu
davrda sheʼriyat (Jambul jabayev,
N.Bayganin, N.Bayzakov, T.Jarokov,
A.Tojiboyev, Gʻ.Oʻrmonov.
A.Toqmagʻambetov va boshqalar) va
nasr (M.Avezov, S.Muqonov, Gʻ.Musrepov,
Gʻ.Mustafin va boshqalar) rivojlandi.
1930-yillarda qozoq adabiyotida mavzu
kengaydi (S.Sayfullin, B.Maylin, AAbishev,
I. Jonsugʻurov, Sh.Husainov asarlari).
Ikkinchi jahon urushi yillari (1939—45)da
qozoq adabiyotida qozoq xalqining jang
maydonidagi qahramonligi va mamlakat


ichkarisidagi mehnat jasoratini aks
ettiruvchi asarlar maydonga keldi.
S.Muqonov, A.Toqmagʻambetov,
T.Jarokov, Gʻ.Oʻrmonov, K.Abdiqodirov,
X.Bekxojin, J.Moʻldagʻaliyev, X.Ergʻaliyev
kabi shoirlar, Gʻ.Mustafin, A.Nurpeisov,
M.Avezov, A.Abishev va boshqa
adiblarning vatanparvarlik ruhi bilan
sugʻorilgan asarlari yaratildi. Urushdan
keyingi yillarda ham vatanparvarlik
mavzui davom ettirildi va bu davrda
M.Avezov, Gʻ.Musrepov, A.Nurpeisov,
T.Jarokov, G.Kairbekov, A.Tojiboyev, Gʻ.
Oʻrmonov, Sh.Husainov, S.Muqonov va
boshqa samarali ijod qildilar. 1948-yil
S.Muqonovning „Sirdaryo“, 1953-yil
„Hayot maktabi“, 1953-yil


Gʻ.Musrepovning „Uygʻongan oʻlka“,
1952-yil Gʻ.Mustafinning „Qaragʻanda“
romanlari yaratildi. 1956-yil M.Avezov
„Abayning yoʻli“ tetralogiyasini yozib
tugatdi (1-kitobi 1942-yilda nashr
etilgan). 1960-yillarda adabiyotga
X.Yesenjakov, I. Yesenberlin, A.Olimjonov,
T.Axtanov, Sh.Murtazayev, A.Nurshaixov,
M.Sundetov, A.Kekilbayev, S.Sanbayev.
S.Muratbekov, S.Junusov kabi
yozuvchilar, J.Muldagaliyev, S.Mavlenov,
Oʻ.Sulaymonov, K.Mirzaliyev,
T.Muldagaliyev, S.Jiyenboyev,
M.Makatayev, J.Najmiddinov kabi
shoirlar kirib keldi. 1960—90 yillarda
I.Yesenberlin. Sh. Murtozayev,
A.Kekilboyev, A.Olimjonov. S.Junusov,


S.Smatayevlarning tarixiy romanlari
paydo boʻldi.
Qozogʻiston hududida yashagan
qabilalarning jez davridagi turar joy
qoldiqlari (qarang Andronovo
madaniyati), mozorqoʻrgʻonlar va h.k.
saqlangan. Miloddan avvalgi 1-ming yillik
va mil. dastlabki asrlarda Qozogʻiston
hududida yashagan qabilalar koʻchma
kigiz oʻtov uylar bilan birga paxsa, xom
gʻishtdan ham uylar qurgan. Oʻrta
asrlarda shaharlar [Isfijob (11-asrdan
Sayram), Taraz va boshqalar] barpo etildi,
qalʼa va qoʻrgonlar qurildi. 8-asrdan
Meʼmorligi


hozirgi Qozogʻistonning janubiy qismida
islom dini tarqalishi munosabati bilan
masjid, madrasa kabi yangi tipdagi
binolar, sardoba, hammom, karvonsaroy,
konussimon maqbaralar qurildi. 10-
asrdan memorial inshootlar (Taroz shahri
yaqinidagi Babaji xotin maqbarasi,
Oyshabibi maqbarasi) barpo etildi. 13-asr
2-yarmidan shaharlar (Sigʻnoq. Taroz,
Sayram va boshqalar) qayta tiklandi. 14—
16-asrlarda shaharlar qurish avj oldi,
monumental binolar (Qaragʻandi
viloyatidagi Alasha xon maqbarasi, 13-
asr 2-yarmi; Turkiston shahridagi Hoja
Ahmad Yassaviy maqbarasi — Yassaviy
majmuasi, 14-asr oxiri — 15-asr boshi)
bunyod etildi. 17—18-asrlarla Qozogʻiston


hududi chegarasi boʻylab harbiy
istehkomlar — Yoyiq shaharchasi
(Uralsk), Guryev, Orsk. Semipalatinsk,
Orenburg qalʼalari qurildi. 19-asrda
eklektika ruhida qalʼa, maʼmuriy va savdo
inshootlari, maqbaralar qurildi. 1920-
yillarda turar joy va jamoat binolari
meʼmorligida milliy anʼanaviy meʼmorlik
unsurlaridan foydalanildi. Balxash,
Qaragʻandi, Jezqazgʻan kabi yangi
shaharlar barpo etildi. 1920—30 yillardagi
meʼmorlikda konstruktivizm gʻoyalari oʻz
aksini topdi. 1950-yillarning 2-yarmidan
qurilish ishlari keng koʻlamda davom
ettirildi (Olmaotada Hukumat uyi). 1960—
70 yillarda koʻp qavatli turar joy
binolarining qavati soni oshirildi, yangi


meʼmoriy shakllar {"Medeo" sport
majmui, 1951, 1971—72 yillarda
rekonstruksiya qilingan, meʼmorlar
V.Katsev, A.Qaynarboyev va boshqalar;
Shevchenko (hozirzi Aqtau) shahrining
meʼmoriy majmuasi; Olmaotadagi
„Qozogʻiston“ mehmonxonasi, 1978,
meʼmorlar Yu.Ratushniy, L.Uxobotov]
yaratildi. 1935-yil Qozogʻiston Meʼmorlar
uyushmasi tuzilgan.
Qozogʻiston hududida eng qadimgi
tasviriy sanʼat yodgorliklaridan paleolit
davrida hayvonlarning qoyaga ishlangan
rasmlari (Qoratov va Xontovda) va neolit
Tasviriy sanʼati


davriga mansub gʻor rasmlari (Pavlodar
viloyatidagi jasiboy gʻorida) topilgan. Jez
davridan Andronovo madaniyatiga
mansub yodgorliklar: hayvon (bugʻu,
echki va boshqalar) haykalchalari, ov
manzaralarining qoyaga ishlangan
tasvirlari (Olmaota viloyatidagi
Tamgʻalidara rasmlari) saqlangan, sopol
idishlar topilgan. Qozogʻistonning oʻrta
asrlarga mansub tasviriy sanʼati
namunalaridan erkak, ayol va
hayvonlarning tosh haykalchalari,
ayollarning bronza haykalchalari
saqlangan. Oʻsha davr amaliy bezak
sanʼati yodgorliklaridan oʻyma, qolipaki
naqsh bilan bezatilgan sirsiz va sirlangan
sopol idishlar, charm, metall buyumlar


maʼlum. 19-asrda qozoqlar hayoti aks
ettirilgan tasviriy sanʼat asarlari yaratila
boshladi (Ch.Valixonov,
T.G.Shevchenkoning rasm va akvarellari,
V.V.Vereshchagin rasmlari). 20-asrning
20—30-yillarida milliy rassom va grafiklar
(A.Toshboyev, H. va Q.Xojikov va
boshqalar) yetishib chiqdi. 40—50-
yillarda tasviriy sanʼatning barcha turlari,
jumladan, rangtasvir sanʼati rivojlandi
(A.Ismoilov, A.Kasteyev, A.Cherkas-skiy,
M.Lizogub). 1960—70-yillarda
M.S.Kenboyev, K.T. Teljonov,
K.M.Shayahmetov, S.A.Aytboyev,
S.Mambeyev kabi rassomlar,
X.I.Navroʻzboyev, B.A.Tulekov,
T.S.Doʻstmahambetov kabi


haykaltaroshlar, R.Saxi, Ye.Sidorkin kabi
grafiklar, L.Xojikova, R.Sansenbin kabi
amaliy-bezak sanʼati ustalari va
boshqalar yetishib chiqsi. 1940-yil
Q.Rassomlar uyushmasi tuzilgan.
Musiqasi qozoq oila va aymoqlarining
tarixan qaror topgan turmush tarzi
(asosan, yarim koʻchmanchi chorvachilik
va dehqonchilik), dunyoqarash va
eʼtiqodlari (shomonlik, tangrichilik va
boshqalar) asosida rivoj topgan.
Anʼanaviy musiqa amaliyotida qozoq
baqsi (shomon-baxshi), termeshi,
olenshi, jirov, oqin, kuyshi, 18-asrdan sal-
Musiqasi


sere (sayyor ijodiy guruhlari tashkil etgan
professional sozanda, xonanda)larning
ijodi alohida oʻrin tutadi. Har bir
baqsining oʻzi ijod etgan shaxsiy sarin
(kuy)lari ilohiy hisoblangan, odamlar
ruhiga afsun-jodu, fol ochish, tabobat va
boshqa marosimlar jarayonida katta taʼsir
oʻtkazgan. Xalq qoʻshiqlari mavsum va
diniy („tasattiq“, „navriz-olen“,
„jaramazan“, „sahar-olen“), tabobat
(badik, „arbau“), oilaviy marosim
qoʻshiqlari („jar-jar“, „sinsu“, „bet oshar“,
„tanisu“, „qoshtasu“, „joqtau“ va
boshqalar), inson hayoti turkumiga oid
„besik jiri“, „tusau kesu“, „jubatu“, „jiirma
bes“ va boshqalar, terma, oʻlan, jirlarlyan
iborat. Xalq musiqa cholgʻulari orasida


baqsi va jirovlarning asosiy cholgʻusi
hisoblangan qoʻbiz, choʻponlar hamda
professional sozandalar (Sarmalay va
boshqalar) tomonidan keng qoʻllanilgan
sibizgʻa ommalashgan. Xalqning eng
sevimli cholgusi boʻlgan doʻmbira turli
mazmundagi (oʻynoqi „akjelen“, falsafiy
„tolgʻau“, dramatik „qosbosar“, lirik
„qonir“ va boshqa) kuylarni Birjansal,
Dauletkerey, Tattimbet, Jayau-Musa,
Qurmongʻozi, Dina Nurpeisova kabi
sozanda va bastakorlar ijro etgan.
qozoqlarda, shuningdek, changqoʻbiz,
yaqin oʻtmishda sherter, jetigen
(torlichertma), karnay, dovul kabi
cholgʻular tarqalgan. 1930-yillarda yangi
(koʻp ovozli) musiqa shakl va janrlari rivoj


topa boshladi. 1934-yil Qozoq xalq
cholgʻulari orkestri (1944-yildan
Qurmongʻozi nomida), Qozoq musiqali
teatri (1937-yildan opera va balet teatri),
1935-yil Jambul nomidagi Qozoq davlat
filarmoniyasi, 1939-yil Qozogʻiston
kompozitorlar uyushmasi tashkil topdi.
Ye.Brusilovskiy birinchi qozoq operalarini
(„Qiz-Jibek“, 1934; „Jalbir“, 1935; „Er
Targʻin“, 1937), simfonik asarlar („Sari
arka“ 3-simfoniyasi, 1944 va boshqalar),
kantata („Qozogʻiston“, 1947),
V.Velikanov birinchi milliy balet
(„Kalkaman va Mamir“, 1938)larni
yaratishgan. „Joldastar“ (R.Yelebayev),
„Qozoq valsi“ (L.Xamidi) kabi ommaviy
qoʻshiqlar ijod etilgan. 1944-yil


Olmaotada konservatoriya ochildi. Xalq
musiqa ijodini oʻrganish va toʻplash
ishlarida A.Zatayevichning xizmatlari
(„Qozoq xalqining 1000 kuylari“, 1925;
„Qozoq xalqining 500 kuylari“, 1931)
katta. 20-asrning 2-yarmida simfoniya
(M.Toʻlaboyev, K.Kujamyarov, G.Jubanova
va boshqalar), opera va balet
(S.Muhamedjonov, G.Jubanova,
Ye.Rahmadiyev, A.Serkebayev va
boshqalar), kamer musiqa (Brusilovskiy,
Jubanova va boshqalar), qoʻshiq
(N.Tlendiyev) va boshqalar janrlar rivoj
topdi. Musiqa sanʼati arboblari orasida
dirijyorlar Sh.Kajgaliyev, N.Tlendiyev,
A.Molodov, F.Mansurov, xonandalar R.
Abdullin, K.Bayseitova, A. Dnishev,


R.Baglanova, Ye.Serkebayev, B.
Tulegenova, B.Doʻsimjonov,
doʻbmirachilar K.Jontleutov, R.Omarov, K.
Ahmadiyarov, A.Yeskaliyev, B.Karabalina
mashhur. Hozir Qozogʻistonda
Qozogʻiston davlat filarmoniyasi (1935),
Abay nomidagi akademik opera va
baletteatri (1934), simfonik orkestr
(1937), xor kapellasi (1937), Qozoq
konsert birlashmasi (1960), Qozogʻiston
televideniyesi kamer orkestri, „Otrar sozi“
folklor-etnografik orkestri (1981),
Olmaota konservatoriyasi va Ostona
musiqa akademiyasi, 10 dan ortiq
musiqa bilim yurti faoliyat koʻrsatmoqda.
Teatri


Teatr sanʼati unsurlari qadimdan xalq
marosimlarida, sayillarda koʻrsatilgan
tomoshalarda, masxarabozlik,
oqinlarning aytishuvlarida mavjud
boʻlgan. 20-asrning 20-yillaridan Semey,
Qoʻstanay, Petropavlovskda havaskorlik
truppalari tuzildi. 1922-yil Orenburgda
Qozoqxalq maorif instituti huzurida
birinchi doimiy teatr toʻgaragi tashkil
etildi. 1926-yil Qiziloʻrdada birinchi
professional qozoq teatri ochilib, u 1928-
yil Olmaotaga koʻchirildi (1961-yildan
M.Avezov nomidagi Qozoq drama teatri).
1930-yillarda M.Oqinjonovning „Isatoy va
Mahambet“, M.Avezovning „Tungi
momaqaldiroq“, Gʻ.Musrepovning
„Omongeldi“ pyesalari, shuningdek,


S.Sayfullin, B.Maylin, J.Shanin,
A.Tojiboyev, Sh.Husainov,
A.Abishevlarning zamonaviy mavzudagi
pyesalari sahnalashtirildi. Ikkinchi jahon
urushi yillari qozoq teatrlari sahnalarida
vatanparvarlik ruhidagi tarixiy, folklor
asarlar namoyish etildi. 1940—50-yillar
qozoq teatri uchun mahorat oshirish
yoʻlida betinim izlanish davri boʻldi, tarixiy
va zamonaviy mavzularda
Gʻ.Mustafinning „Millioner“,
A.Tojiboyevning „Yashnayver, choʻl“,
„Mayra“, S.Muqonovning „Choʻqon
Valixonov“, M.Avezovning „Yenlik va
Kebek“, K.Muhammadjonovning „Telpak
tagidagi boʻrivachcha“ asarlari
muvaffaqiyatli sahnalashtirildi.


Qozogʻiston teatr sanʼati rivojiga
Sh.Aymanov, S.Qojamqulov,
Q.Quanishpayev, R.Qoʻychiboyeva,
X.Bukeyeva, S.Murodova, S.Maykanova,
Ye.Umirzaqov, Q. Badirov, I.Nogʻayboyev,
Sh.Jandarbekova, B. Rimova va
boshqalar katta hissa qoʻshdilar.
1928-yil Olmotada „Vostokfilm“ trestining
boʻlimi (kinojurnali tayyorlangan,
Kinosi
 

Download 10,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish