Aim.uz
Qozog’iston respublikasining qishloq xo’jaligi
Reja:
-
Mamlakat qishloq xo`jalik tarmoqlarini geografikjoylashuvi
-
Dehqonchilik tarmoqlari
-
Chorvachilik tarmoqlari
-
Qishloq xo`jaligining kelajakdagi istiqbollari
Tayanch iboralar: Agrosanoat majmui, yer fondi, don etishtirish, texnika ekinlari, bog`dorchilik va uzumchilik. Yaylov chorvachiligi, qoramolchilik.
Respublika agrosanoat majmuining asosini tashkil qiladi. Unda respublikadagi mehnatga yaroqli aholining 23%i band. Agrosanoat majmui respublika xalq xo’jaligida ishlab chiqariladigan mahsulotning 25%i ishlab chiqariladi. Qozog’istonning qishloq xo’jaligi xalqaro ahamiyatga ega. Chunki u jahon bozoriga don, go’sht, jun va boshqa mahsulotlarni eksport qiladi. Qozog’istonda qishloq xo’jaligining rivoji eng avvalo bu yerda juda katta haydaladigan yerlarning, yaylov va pichan zorlarning mavjudligi hisoblanadi.
Dehqonchilik. Respublikada dehqonchlik chorvachilikka nisbatan kamroq mahsulot yetkazib beradi, lekin unda qishloq xo’jaligida band aholining asosiy qismi ishlaydi. Dehqonchilik respublikaning turli qismlarida asosiy iqtisoslashuvini belgilab beradi. Shu sababli Qozog’istonning qishloq xo’jaligida dehqonchilik yetakchi tarmoq hisoblanadi. Ushbu tarmoqning ahamiyati ayniqsa 50-yillarning o’rtalaridan boshlab yanada orta boshladi. Bor yog’i besh yil ichida respublikada 25mln gektar quruq yer o’zlashtirildi. Hozirgi vaqtda Qozog’istonda haydaladigan yerlar maydoni 36 mln gektarni tashkil qiladi. Haydaladigan yerlarning asosiy qismi respublikaning shimoly qismidagi qora va kashtan tuproqli o’rmon-dasht va dasht zonalarida joylashgan. Haydaladigan yerlarning bir qismi Oltoy, Tyanshan, Kalbin tog’larining tog’ oldi rayonlari bo’ylab joylashgan. Respublikaning janubida chala cho’l va cho’l zonalarida haydaladigan yerlarning uncha katta bo’lmagan maydonlarni egallaydi. Bu zonnalarda asosan sug’oriladigan yerlar joylashgan bo’lib, u 2,3 mln gektarni tashkil qiladi.
Respublika dehqonchigining asosini don yetishtirish tashkil qiladi. Ekiladigan boshoqli don ekinlarining ¾ qismini bahorgi don ekinlari tashkil qiladi. Bahorgi boshoqli don ekinlarining asosiy qismi Qozog’istonning shimolida ekiladi.Boshoqli don ekinlaridan bug’doy, arpa, suli, makkajo’xori asosiy o’rinni egallaydi. Respiblikaning shimoliy-g’arbiy qismida tariq yetishtirish muhim ahamiyatga ega. Sirdaryo, Ili va Kapatal daryo vodiylaridagi sug’oriladigan yerlarda sholi yetishtiriladi.
Kelajakda respublikada yiliga 30mln tonna don yetishtirish ko’zda tutilgan. 1992 yil respublikada 33mln tonna don yetishtirilib, uning o’rtacha hosildorligi gektariga 12 sentnerni tashkil qiladi.
Qozog’istonda xilma-xil texnika ekinkari ham yetishtiriladi.
Texnika ekinlari haydaladigan yerlarni bir foizga yaqin maydonni egallagan bo’lishga qaramasdan, dehqonchilikdan keladigan daromadning 6%ini yetkazib beradi. Respublikada eng muhim texnika ekinlaridan biri paxta va qand lavlagi hisoblanadi. Paxta Mirzacho’lda, Kelis, Aris, daryo vodiylarida yetishtirilsa, qand lavlagi Ili, Talas ,Chu, Qoratol daryo vodiylari, Qirg’iziston va Ili Olatovning tog’ oldi tumanlarida yetishtiriladi. Keyingi yilarda Qozog’istonning sharqiy, g’arbiy va shimoliy qismlarida ham qand lavlagi qisman yetishtirilmoqda. Yetishtirilgan qand lavlagini qayta ishlash uchun respublikaning janubiy rayonlariga yuboriladi.Bahorikor yerlarda texnika ekinlaridan kungaboqar yetishtirilmoqda. Kungaboqar asosan Sharqiy Qozog’istonda-Irtish,Semipalatinsk va Pavlodarda ekiladi.
Respublika dehqonchiligida bog’dorchilik va uzumchilikning roli ham kattadir.Ushbu tarmoq asosan respublikaning janubiy qismida rivojlangan.Respublikada poliz va sabzavot mahsulotlari yetishtirish ham rivojlangan.Bu yerda kartoshka,karam,piyoz,sabzi,pamidor va boshqa sabzavot maxsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan o’nlab xo’jaliklar mavjud.
Chorvachilik.Qozog’iston tabiiy sharoiti,aholining qadimdan ixtisoslashuviga ko’ra qadimdan yirik chorvachilik rayoni hisoblanadi.Respublikada qo’riq va bo’z yerlarning o’zlashtirilganligiga qadar chorvachilik qishloq xo’jaligining yetkchi tarmog’i hisoblanar edi.Qo’riq va bo’z yerlarning o’zlashtirilgan bo’lishiga qaramasdan respublika iqtisodiyotida chorvachilikning ahamiyati kattadir.
Chorvachilikning rivojida uning ozuqa bazasi muhim rol o’ynaydi,chorvaning ozuqasi bo’lib yaylovzorlar,ekilgan ozuqa ekinlari,dehqonchilik ekinlarining,oziq-ovqat sanoatining chiqindilari bo’lib xizmat qiladi.Bundan tashqari chorvaning ozuqa bazasi sifatida maxsus zavodlarida tayyorlangan yuqori to’yimlikka ega bo’lgan ozuqalar ham katta rol o’ynaydi.
Qozog’iston Respublikasi chorvachiligining asosiy ozuqasi respublikadagi yaylov va pichanzorlar hisoblanadi.Yaylov va pichanzorlar maydoni 186 mln gektarni tashkil qiladi, yoki butun respublika qishloq xo’jaligi yerlarining 85% ini tashkil qiladi.Respublikada yaylovzorlar mavsumga qarab bahorgi-kuzgi,yozgi va qishgi va yil davomida foydalaniladigan yaylovzorlardan iborat.
Revollyutsiyadan keyingi yillarda respublikada maxsulot beruvchi chorva tuyoq soni keskin kamaydi.Bu albatta revolyutsiya natiojasida respublika xalq xo'j’ligini izdan chiqishining natijasidir.
Bundan tashqari respublikada 1920-1922-yillarda tabiiy ofat jut(chorva mollarining ozuqa yetishmasligiga qirilib ketishi)ning ta’siri natijasidir.Lekin respublika hukumatining tezda chora tadbirlari natijasida 1928-yilga kelib chorva tuyoq soni 1916-yilgi soniga yetdi.
Lekin 1-chi besh yillarda aholini kollektivlashtirishga noto’g’ri jalb qilish natijasida Qozog’istonda chorva mollarini yoppasiga so’yish,Qo’shni respublikalar O’zbekiston. Turkmaniston va Rossiyaga haydab ketish natijasida chorva mollari tuyoq soni keskin kamaydi. Kollektivlashtirish nihoyisiga yetkazigandan keyin asta-sekin orta boshladi.
Respublikada chorvachilikning yetakchi tarmog’i qo’ychilik hisoblanadi. Ularning ozuqa bazasi tabiiy yaylovlar hisoblanadi. Shu sababli qo’y va echkilar respublikada yil davomida yaylovdam boqiladi. Qo’ychilik va echkichilik ko’proq respublikaning janubiy , g’arbiy va sharqida tekislik yaylovlari tog’ bilan yonma-yon joylashgan joylarda rivojlangan.
Qoramolchilik respublikaning shimolida yaxshi rivojlangan. Bu yerda respublikaning 50%ga yaqin qoramoli joylashgan. Qoramollarning tarqalgan ikkinchi muhim rayoni Janubiy va Sharqiy Qozog’istonning tog’ oldi rayonlarida hisblanadi. Bu yerda respublika qoramollarining 30%i joylashgan. Respublikada keng tarqalgan qora mol zotlariga sut-go’sht xarakteridagi Qozog’iston oq boshli zotlar misol bo’la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |