Qo‘yidagi jadval savollariga javoblarning mosligi (monandligi)ni toping
№
Savol
Javob-
lar
Javoblar
1.
Bank deb
a)
moliya institutlarining yuridik shaxs bo‘lmagan birlashmasi bo‘lib, bunda asosiy bank boshqa moliya institutlarini nazorat
qiladi;
2.
Banklar guruhi
b)
bank tomonidan shartnomaga muvofiq mijozga ochilgan hisobvaraq bo‘lib, unga ko‘ra bank mijozning hisobvarag‘iga
tushayotgan pul mablag‘larini qabul
qilish va hisobga kiritish, mijozning hisobvarag‘idan tegishli pul mablag‘larini
o‘tkazish hamda berish va hisobvaraq bo‘yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish haqidagi topshiriqlarini bajarish
majburiyatini zimmasiga oladi
3.
Bank hisobvarag‘i
c)
bankning moliyaviy oqimlar mutanosibligini, to‘lov qobiliyatini, likvidliligi va rentabelli faoliyatini saqlab turish uchun
mablag‘larning yetarliligini, shuningdek barcha prudensial normativlar bank tomonidan bajarilishini ifodalovchi holati;
4.
Bankning barqaror
moliyaviy holati
d)
bank tizimining barqarorligi qaysi bankning faoliyatiga bog‘liq bo‘lsa, o‘sha bank
5.
Regulyativ kapital
e)
chet davlatning hududida ro‘yxatga olingan, uning qonun hujjatlariga muvofiq bank deb hisoblanadigan yuridik shaxs
6.
Tizimli ahamiyatga
molik bank
f)
bu berilgan kreditlarni o‘z vaqtida va to‘liq qaytmasligi natijasida bankning zarar ko‘rish xavfidir.
7.
Chet el banki
g)
bu foiz stavkalarining tebranishi natijasida tijorat bankining zarar ko‘rish xavfidir.
8.
Kredit riski
h)
Markaziy bank tomonidan tijorat banklarini kreditlash siyosatidir.
9.
Foiz riski
i)
Markaziy bank tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozorida qimmatli qog‘ozlarni sotib olinishi yoki sotilishi tushuniladi
10.
Markaziy bankning
qayta moliyalash
siyosati
j)
pul emissiyasi va pul massasi ustidan nazorat qilishga qaratilgan tadbirlar majmuidir
11.
Markaziy bankning
ochiq bozor siyosati
k)
bu pullarga bo‘lgan talab va pullar taklifini tartibga solish va nazorat qilishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir.
12.
Monetar siyosat
l)
resurslar jalb qilish va bankning kapitalini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar tushuniladi.
13.
Pul-kredit siyosati
m)
daromad olish maqsadida bank resurslarini joylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar
14.
Tijorat bankining passiv
operatsiyalari deganda
n)
pul mablag‘larini yig‘uvchi,
saqlab beruvchi, kredit-hisob va boshqa har xil vositachilik
operatsiyalarini bajaruvchi
muassasaga aytiladi.
15.
Tijorat banklarining
aktiv operatsiyalari deb
o)
bank faoliyatini tartibga solish va prudensial normativlar hisob-kitobini amalga oshirish maqsadida hisob-kitob qilish yo‘li
bilan aniqlanadigan bank kapitali;