Qosimov jahon adabiyoti



Download 1,14 Mb.
bet9/108
Sana12.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#337425
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   108
Bog'liq
Jahon adabiyoti U Хамдам

"Sarkafaglar kitobi" (m,o. XV asr) "Piramidlar kitobi"ning davomi. Mazmuni "Piramidlar kitobi" ning mazmuniga o‘xshaydi. o‘rta Misr tilida yozilgan.

"Marhumlar kitobi" (m,o. XV asr) didaktik adabiyot bo‘lib, yangi Misr tilida yozilgan. Marhum tilidan "Men o‘ldirmadim, o‘g‘irlamadim, bekorchi gap aytmadim, mol talashmadim" deya aytiladi. Bunda gunohlar katta-kichikligiga qarab emas, shaklning kelishiga qarab sanaladi. Qabr toshlarida marhumning ismi, kimligi, fir'avn oldidagi xizmatlari, ezgu ishlari bitilgan. Masalan, Sheshi nomli kohin (majusiylar ruhoniysi) qabr toshiga quyidagilar yozil-gan: "men haqiqatni gapirdim, men to‘g‘ri ish qildim, men yaxshi-likdan so‘zladim va yaxshilikni takrorladim. Men aka va singilni yarashtirib qo‘yish uchun hukm chiqardim, men ojizni kuchlidan himoya qildim, men ochga non, yalang‘ochga kiyim berdim, qayig‘i

18

yo‘qqa qayiq yasab berdim. Men otamni hurmat qildim, onamga yaxshi munosabatda bo‘ldim, ularning bolalarini tarbiyaladim". Mazkur uchinchi manbada jahon adabiyotida ilk bor "san'at" so‘zi ishlatiladi. Bu matn esa m.o. XXV asrga oid bo‘lib, Isesi nomli ko- hin qabr toshiga yoziigan: "Olimlik bilan maqtanma. Bir o‘zim ham-ma narsani bilaman deb o‘ylama. Maslahatni faqat donishdan emas, hamma joydan qidir. San’at chegara bilmaydi. Axir, rassom o‘z ma-horatining so‘nggi nuqtasiga yetishmog‘i mumkinmi?". Misrliklar uchun bu kabi yozuvlar nihoyatda muhim sanalgan. Dushmanlariga jazo berish uchun raqiblari haykalaridagi nomlarni o‘chirib, o‘rniga boshqa ismlarni yozib qo‘yish ularga kifoya qilgan. Ikkinchi ming yillikning oxirlariga tegishli "Kotiblarni madh qilish11 asari Go-ratsiyning "Exegi monumentum" va A.S. Pushkinning "Haykal" she'rlariga xamirturish bo‘lgan. Mana o‘sha asardan parcha: "Do-nishmand kotiblar// Ilohlarning muovinlari// Kelajakni bashorat qilishgan// Ularning nomlari abadiy saqlanib qoladi// Ular o‘z ish-larini yakunlab ketishdi// Ularning hamma yaqinlari unutildi// Ular o‘zlariga misdan piramidalar yasashmadi// Bronzadan qabr toshlari ham// o‘zlaridan keyin merosxo‘rlar qoldirishmadi// Nomlarini ko‘tarib yuradigan farzandlar ham// Ammo ular o‘z meroslarini bi-tiklarda qoldirishdi// Bitiklar ularning kohinlariga aylandi// Maktub taxtalari esa o‘g‘illarga// Ularning piramidalari hikmatlar kitobi// Ularning bolalari esa qamishdan yasalgan qalam// Ularning umr yo‘ldoshlari qattiq toshlar//... Kitoblar uylardan kerakliroq// Mag‘ribdagi maqbaradan zo‘rroq// Hashamatli saroydan hasha-matliroq// Ibodatxonadagi yodgorlikdan yaxshiroq" (A. Axmatova amalga oshirgan ruscha variantidan U.Hamdamov tarjimasi). Imxotep - Papirusga yozuv bitgan ulug‘ kotiblardan biri (m.o. XXVIII a.). Imxotep yana birinchi piramida yaratuvchisi hisoblana-di (fir avn Joserning zinapoyali piramidasi). U misrliklar tomonidan ilohiylashtirilgan arxitektor, astronom, shifokor, ehtimol, jahon adabiyotining ilk yozuvchisi hamdir (u qoldirgan matnni aniqlab is-bot qilish qiyin bo‘lsa ham), deyiladi manbalarda.




Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish