Qosimov jahon adabiyoti


Folklor, mif va yozma adabiyot mushtarakligi



Download 1,14 Mb.
bet24/108
Sana12.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#337425
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   108
Bog'liq
Jahon adabiyoti U Хамдам

Folklor, mif va yozma adabiyot mushtarakligi. Bu uch tashun-cha bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Chunki mifologik qarashlar-dan folklor kelib chiqqani kabi, yozma adabiyot ham,o‘z navbatida, har ikkalasi bulog‘idan hali-hanuz suv ichib keladi. Jahon adabiyotida mif va folklorda aks etgan g‘oyalarga suyanib, ulardan ta'sirlanib yozilgan asarlar ko‘p. Homerning "Iliada'1 va "Odisseya"si, Esxil-ning "Zanjirband Prometey", Sofoklning "Shoh Edip", Evripidning "Medeya", Dantening "Ilohiy komediya", Navoiyning "Lison ut-tayr", Gyotening "Faust", Tomas Manning "Sehrli tog‘" romani asarlarining negizida mif yotadi. Yoki Abdulla Qodiriyning "O‘tkan kunlar' romani boshqa ko‘plab ildizlar qatori, o‘zbek xalq og‘zaki ijodidan oziqlanganligi, yozuvchining o‘z e'tirofidan tashqari, asarning shundoq kompozitsiyasidan bilinib turadi. Mazkur tamo-

11 Adabiyotshunoslik lug‘ati. - Toshkent: Akadem nashr, 2010. - B.175-176.

37

yil hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Bugungi o‘zbek ada-biyotida ham qadimgi afsonalarga murojaat qilish tez-tez uchrab turibdi. Kengesboy Karimovning "Ulug‘ dasht bo‘rilari", Xurshid Do‘stmuhammadning "Sizif' kabi romanlari, Nazar Eshonquming "Vola" kabi hikoyalarida Sharq va Garb afsonalariga yangi, zamo-naviymazmun yuklashga harakat qilingan. K.Karimovning romani-da bo‘ri afsonasiga murojaat bor. Ma'lumki, qadimgi turklar, ital-yanlar va kavkazliklarda bo‘riga alohida munosabat mavjud bo‘lib, bu kult ming yillar mobaynida shakllangan. Chunonchi, qadimgi turklarning bo‘ri haqidagi turli afsonalaridan biriga ko‘ra, turkiy-larning 92 urug‘i ota bo‘ridan tarqagan ekan. Yoki yana bir boshqa asotir aytadiki, turkiylar ona bo‘ri va dushman tomonidan qirib tash-langan urug‘dan tirik qolgan 10 yoshli o‘g‘il boladan so‘ragan. Ona bo‘ri joni omon qolgan bolani qo‘l-oyoqlari kesib tashlangan holda topib oladi. Uni bo‘ri parvarishlab boqib oladi. Oradan vaqtlar o‘tib esa. ona bo‘ri bolalaydi. Afsona turkiylarning ana shu tarzda paydo bo‘lganligini aytadi. Bo‘ri kultining tug‘ilish sababi shunday izoh-lanadi. K.Karimovning romanida shu asotir keltiriladi va yozuvchi badiiy niyatning ochilishiga xizmat qildiriladi. "Xo‘sh. zamonaviy yozuvchi nima uchun miflarga murojaat qiladi?1' degan haqli savol tug‘iladi. Axir, miflar qadim tafakkur shaklining mahsuli bo‘lsa, un-dan keyin bashar ahli diniy va ilmiy tafakkur shakllarini bildi. Hozir-da chaqmoq chaqishi yo shamol turishini hech kim Olimp tog‘idagi ilohlarning kayfiyatiga, kun va tunni esa bahaybat devning qo‘lini ko‘tarib tushirishiga bog‘lamaydi. Bularning hammasiga bugungi insonning aniq ilmiy isbotlari bor. Ya'ni ilmiy tafakkur insoniyatni xurofotning to‘ridan xalos qildi. Lekin nega haligacha miflar ya-shayapti?.. Chunki shunday miflar borki, ularning zaminida bugungi kun muammolariga eng qisqa va eng ishonarli javoblar yashiringan bo‘ladi. Hozirda, yuksak darajada rivoj topgan zamonaviy dunyo-da ham bashariyat:qarshisida shunday shafqatsiz (javobsiz) savol-lar paydo bo‘lib turadiki, ularning yechimiga eng ko‘p miflar yaqin kelishi kishini hayratlantiradi. Shuning uchun ham biz miflarga mu-

38

rojaat qilamiz. Yuqorida keltirilgan "Pandora" haqidagi mifni yoki Bilgamishning boqiy hayot suvini qidirishidan so‘zlaguvchi afso-nani oling. Yoki ijod tabiatini tushuntirib berishga qaratilgan mif-afsonalar ham Garbda, ham Sharqda mavjud. Yunon mifiga ko‘ra, jazoga mustahiq etilgan odam misdan yasalgan ho‘kiz ichiga so-linib, ostidan olov yoqiladi. Mis ho‘kiz qizib, jazolanuvchiga misl-siz azob beradi. U dod soladi. Ammo ho‘kizning og‘zi-yu burnida shunday maxsus teshkichalar bor bo‘lib, odamning faryodi ulardan chiqarkan, quloqqa yoqadigan xush nolaga aylanadi. Bu yoqda -maydonda esa, ishtiyoqmand xaloyiq yoqimli nolani jon quloqlari bilan eshitib huzurlanadi. Bu mifni mis ho‘kiz ichida faryod cheka-yotgan odam - ijodkor, uning ohu nolasidan rohatlanayotganlar esa o‘quvchi, deya tushunish-tushuntirish ham mumkin. Olmon shoiri Heynening bir she'rini Cho‘lpon quyidagicha tarjima qilgan edi:

Hamma esnab turdi, quloq solmadi


Qayg‘umni gapirib bergan vaqtimda. . .

Meni alqamagan kishi qolmadi . .

Dardimni nazmga tergan vaqtimda,



Qaysi bir jihatlari bilan xuddi shu mifga o‘xshab ketadigan Sharq afsonasi bor. F. Attorda u "Qaqnus umrining uzunligi va uning ah-voli hikoyasi" deb nomlanib, quyidagicha talqin qilinadi: "Qaqnus Hindistonda yashaydigan turfa ajib bir qushdir kim, uzun va qat-tiq tumshug‘i bor. Tumshug‘ida xuddi nay kabi bir qancha teshiklar mavjud. Bu teshiklar yuztaga yaqin. Qaqnusning boshqa qushlar kabi jufti yo‘q, u bolalamaydi. Tumshug‘ining har bir teshigidan o’zgacha ovoz chiqaradi, har bir ovozida o 'zgacha nola, o 'zga bir sir bor. Har bir teshikdan turli-tuman ohang-u navolar chiqarib, nola chekkach, barcha qushlar, qushlargina emas, barcha jonivor-lar, hatto suvda baliqlar bundan beqaror bo 'ladilar. Barcha vah-shiy darrandalar jim bo 'lib, bu ovozdan o 'zgacha holatga tushadi-lar. Faylasufiar unga hamroz bo 'lib, ovoziga qarab musiqa ilmini

39

ratdilar. U qariyb ming yii umr ko 'radi, ammo o 'limi vaqti ya-qinlashayotganini oldindan sezadi. O 'limi yaqinlashgach, ko 'ngliga gulg’ula tushib, atrofiga ko 'p-ko 'p o 'tin yig 'adi. O 'tinlar o 'rtasiga o 'tirib olib, o 'tli nolalar chekadi. Keyin har hir teshikdan, boshqa-boshqa dardli navhalar chiqaradi, yuz teshikdan yuz xil navha-soz chiqaradi. Navha chekayotganda o 'lim alamidan lahza-lahza titrab turadi. Bo 'zlab nola chekishidan hayratlanib, qushlar va hayvonlar uning oldiga yig‘iladilar va hayotdan umidlarini uzgandayin, behol bo 'lib qoladilar. Keyin umrining so 'ngida ajab hol yuz beradi: uning nolasi zo 'ridan tumshug‘idan qon oqa boshlaydi, bir nafas tin olib, so 'ngra qanotlarini bir-biriga ura boshlaydi. Shunda uning qanotidan o 't chaqnab chiqadi, keyin butun vujudini o 't qoplab yona boshlaydi, olov o‘tinlarga o‘tadi va birga-birga yonib cho‘g‘ga aylanadilar. Keyin cho 'g‘lar sovib kul bo’ladi. Kul ichida bitta kichkina chog' qoladi va u kichkina qaqnus bo’lib dunyoga keladi".l2

Sharqda shoirlar ko‘pincha ana shu qaqnus qushga mengzatiladi. U oh-u faryod chekadi, lekin tumshug‘idagi teshiklar bois, uning nolasi xuddi yoqimli kuydek eshitiladi. Ko‘rinib turganidek, Garb-u Sharq afsonalarida talay kesishadigan nuqtalar bor bo‘lib, ular ijod va uning tabiatini bir qadar tushunishimizga yordam beradi.

Xullas,'' dunyoda ming yillar mobaynida bashariyat xotirasida
saqlanib kelayotgan mif va afsonalaming o‘rni, ayniqsa, san'at-u ada-
biyot uchun beqiyosdir. Dostonnavislar, dramatik va lirik shoirlar,
yozuvchilar, rassomlar, haykaltaroshlar, rejissorlar o‘z asarlarida
ushbu ma'naviy buloqdan qonib-qonib suv ichdilar, hanuz ichmoqdalar.


Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish