Talabalarning olgan bilim va ko’nikmalariga qo’yiladigan talablar:
- Chekli va cheksiz to’plamlar ustida amallar bajarishni bilish.
- Berilgan moslik turini, xossalarini aniqlash, sonli funktsiyalarni tanish, to’g’ri va teskari proportsionallikni ajrata bilish.
- Sodda kombinatorika masalalarini yecha olish.
- Tushunchalarni ta'riflash usulini farqlay olish.
- Fikrlar va predikatlar ustida logik amallarni bajara olish.
- To’g’ri va noto’g’ri muhokamalarni farqlay olish.
- Boshlang’ich maktabda qo’llanadigan algoritmlarni bilish, tuza olish.
- Algebraik operatsiya, uning neytral, simmetrik yutuvchi elementlarini bilish. Berilgan algebraik operatsiyaga nisbatan yarim gruppa, gruppa, halqa va maydon tashkil etuvchi to’plamlarni ajrata olish.
- Nomanfiy butun son tushunchasi va sonlar ustida bajariladigan amallarni to’plamlar nazariyasiga ko’ra sharhlay olish. Boshlang’ich maktab matematika darsligidagi matnli masalalarni yechishda bajariladigan amalni tanlashni asoslay bilish.
- Nomanfiy butun sonlar to’plamini tuzishning aksiomatik usulini boshlang’ich matematika kursidan misollar bilan sharhlash.
- Nomanfiy butun sonlar ustida arifmetik amallarni yozma va og’zaki ratsional usulda bajarishni bilish. Matnli masalalarni turli usullarda yecha olish.
- Bo’linish alomatlarini qo’llashni bilish, sonlar EKUBi va EKUKini topa bilish, yig’indi, ko’paytma va ayirmaning berilgan songa bo’linishini bo’lishni bajarmay aniqlay olish.
- Ratsional sonlar ustida amallar bajarishni bilish.
- Mikrokalkulyatorda hisoblashni bilish.
- Sonli va harfiy ifodalarni farqlay olish, sonli tenglik, tenglama, sonli tengsizlik, tengsizliklarni tanish, tenglama va tengsizliklarni yechishni bilish. Ularning dizyunktsiyasi va konyunktsiyasi yechimini topa olish.
- Elementar funktsiyalarning nomini, tenglamasini, xossalarini bilish va grafigini yasay olish.
- Eng sodda limitlarni hisoblay olish.
- Funktsiyalar hosilasini olishni bilish, hosilaning geometrik va mexanik ma'nosini tushunish, hosila yordamida funktsiyani tekshirishni bilish va grafigini yasash.
- Aniqmas intgrallarni topa bilish.
- Aniq integralni hisoblashni bilish. Aniq integral tatbiq qilib yechiladigan masalalarni yecha olish.
- Geometrik figuralarni tekislikda tasvirlay bilish, xossalarini bilish, hisoblashga doir geometrik masalalarni yecha olish.
- Miqdorlarni o’lchashni bilish, matnli masalalarni yechishda miqdorlar orasidagi bog’lanishdan foydalana olish.
- Matematikaning nazariy bilimlarini amaliyotga qo’llay bilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |