Aylana tenglamasi
Tekislikda figuraning dekart koordinatalaridagi tenglamasi deb, fuguraga qarashli har qanday nuqtaning koordinatalarini qanoatlantiradigan ikkita x, y nomalumli tenglamaga aytiladi. Aksincha, bu tenglamani qanoatlantiruvchi har qanday ikkita son figuraning biror nuqtasi koordinatalari boladi.
Markazi A (a, b) nuqtada, radiusi esa R ga teng aylana tenglamasini tuzamiz. Aylanada ixtiyoriy A(x, y) nuqtani olamiz. Undan A (a;b) markazigacha masofa R ga teng. A nuqtadan A nuqtagacha masofa kvadrati (x-a) + (y-b) ga teng. Shunday qilib, aylananing har bir A nuqtasining x, y koordinatalari
(x-a) + (y-b) =R
tenglamani qanoatlantiradi.Shuni takidlaymizki, aylananing markazi koordinatalar boshida joylashsa, aylana tenglamasi ushbu korinishga ega:
x + y =R .
Geometriyaning vujudga kelishi haqida qisqacha tarixiy malumot
Geometriya matematikaning ajralmas qismi bolib u matematika fanining rivojlanishiga katta ahamiyatga egadir.Geometriyaga oid dastlabki manbalar qadimiy Misrdan topilgan bolib,u Rind va Moskva papiruslarida aks etgan. Angliya sayyohi Rind 1858 yili Nil daryosi qirgoqlarida sayohati davrida eramizdan avvalgi 1800- yillarga taaluqli matematika va geometryaga oid papirusni topib oladi va uni Buyuk Britaniya muzeyiga toipshiradi.
Bu papurusning uzunligi 5,5m eni 32cm bolib unda amaliy xarakterdagi 84 ta masala yechimi keltirilgan bolib, ular kasrlar ustida amallar bajarish,togri tortburchak, uchburchak, trapetsiya va doiraning yuzini hisoblash, parallelipiped, silindr va piramidalarning vajmini hisoblash,shuningdek,kesmani proportsional bolaklarga bolish hamda geometrik progressiyalarga oiddir.
Ikkinchi papirus Moskva nomi bilan atalib, eramizdan avvalgi 2000 yillarga mansubdir.Uning uzunligi 5,44 m va eni 8 sm bolib unda 18ta arifmetikaga va 7 ta geometriyaga oid masala mavjud.
Olimlarning bundan 100 yillar muqaddam ikki daryo (Frot va Dajla) oraligiga joylashgan Shumer-Bobiliklar tarixini organish borasida olib borgan tekshirishlari natijasida topilgan arxeologik yodgorliklardan bu ikki davlat eramizdan 2800 yillar oldin tashkil topganligi va ulardagi fan va madaniyat rivoji haqida malumotlarga ega boladi. Osha davr olimlari tekislik va fazodagi geometrik bilimlarga ega bolib, ularning oziga xos formulalari mavjud bolganligi malum boldi.
Matematika tarixi sohasida hozirgacha topilgan malumotlar bizga geometriyaning fan sifatida rivojlanishi Gretsiyadan boshlanganligini isbotlaydi. Geometriya tarixini oganuvchi olimlar, geometrik malumotlar Misr va Shumer-Bobilliklaridan Gretsiyaga otganligini tasdiqlaydilar.
Grek faylasuflari Misr va Shumer-Bobil donishmandlari ishlari bilan tanisha boshlaganlar. Ular orasida atoqli faylasuflar Aristotel (384-321), Platon (429-348), Fales (640-556), Demokret (460-360), Anaksimandr (610-546), Pifagor (580-500), Gippiy (e.a.1 asr), Arxit (400-365), Gippokrat (e.a. asr), Yevklid (365-300), Arximed (287-212), Apolloniy (265-170), Eratosfen (276-194), Geron (e.a.1 asr) va boshqalar matematika taraqqiyotga salmoqli hissa qoshganlar
Hozirgi vaqtda biz organayotgan geometriya kursi Yevklid tomonidan tizimga solinib, nazariy jihatdan asoslangan holda yozilgan Negizlar asarining orta maktabga moslab tuzilgan qismidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |