Qo'shrabot tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish
bo'limiga qarashli 70 - umumta'lim maktabi bo'yicha
BUYRUQDAN KO'CHIRMA
“30”sentyabr` 2022 y. Quvkalla qishlog'i
2021-2022 o'quv yilida ta'lim
sifati monitoringini amalga
oshirish to'g'risida
O'zbekiston Respublikasi “Ta'lim to'g'risidagi” Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi “O'zbekiston Respublikasida umumiy o'rta ta'limni tashkil etish to'g'risida”gi 203-sonli va 2011 yil 1 martdagi “Hududiy xalq ta'limi organlari tuzilmasini takomillashtirish to'g'risida”gi 52- sonli qarorlari, Xalq ta'lim vazirligining 2011 yil 17 sentyabrdagi “O'quvchilar bilimining Davlat ta'lim standartlari talablariga mosligi darajasini aniqlashning monitoringini amalga oshirish to'g'risida”gi 213-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash hamda o'quvchilar bilimlarida aniqlangan bo'shliqlarni to'ldirish va ta'limni sifatiga salbiy ta'sir etuvchi omillarni aniqlab, bartaraf qilish orqali ta'lim sifatini yangi bosqichga ko'tarish maqsadida
BUYURAMAN
1.Tuman xalq ta'limi bo'limining 2021 yildagi buyrug'i rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Maktab monotoring ishchi guruxi tomonidan barcha sinflarda saylanma ravishda 2020-2021 o'quv yilining xar chorak yakunida 1-ilovadagi jadval asosida fanlaridan o'quvchilar bilimining DTS talablariga mosligi yuzasidan ichki nazorat o'tkazilishi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
3. Maktab monitoringi guruhi (J. Ganiev) ga:
3.1. Maktab monitoring a'zolari bilan xamkorlikda mavjud Nizom va Yo'riqnomadan kelib chiqqan xolda xodimlarning ish taqsimoti va rejalarini ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, amaliyotga samarali joriy etish va fan o'qituvchilariga metodik yordam berish;
3.2. Maktab monitoring guruhi tomonidan xar chorakda ikki marotaba doimiy xarakatdagi o'quv seminarlari o'tkazish;
3.3. Maktabda o'tkazilgan monitoring natijalari to'g'risida maktab pedagogika kengashiga va tuman xalk ta'limi bo'limiga hisobot berib borish vazifalari yuklatilsin.
4. Maktabda o'quvchilar bilimining DTS ga mosligi monitoringini amalga oshirish 2020-2021 o'quv yili rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Maktabdagi fan metodika birlashmalari raxbarlari va barcha fan o'qituvchilariga:
5.1. “O'zbekiston Respublikasi umumiy o'rta ta'lim muassasalarida o'quvchilarning ta'lim tayyorgarligi darajasi va sifatining Davlat ta'lim standartlariga mosligi monitoringinio'tkazish bo'yicha Yo'riqnoma” va “Xalq ta'limi tizimida jamoatchi ekspert guruxlari faoliyatini tashkil etish to'g'risida” gi Nizom xamda Davlat standartlari monitoringini amalga oshirish rejasini amaliyotga sifatli joriy etilishini ta'minlash,
5.2. Maktabda o'tkazilgan ichki nazorat natijalariga ko'ra o'quvchilar bilimida aniqlangan bo'shliqlarni to'ldirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilash va ularni to'ldirish bo'yicha qo'shimcha dars mashg'ulotlari o'tkazish vazifasi yuklatilsin.
6. Ushbu buyruq ijrosini nazorat qilish o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari J. Ganiev zimmasiga yuklatilsin.
Maktabi direktori: Sh. Kuchkarov
Tuman XTB ga qarashli
70-umumta`lim maktabining 2021 yil
30-sentyabrdagi buyrug'iga 1-ilova
Tuman XTB ga qarashli 70 -umumta`lim maktabida o'quvchilar bilimining DTS ga mosligi monitoringini amalga oshirish 2021-2022 o'quv yili
R E J A S I
Maktab boshqaruv organlari-ning nomi
|
Monitoring jarayonini amalga oshirish vaqti, qamrab olingan sinflar va fanlar
|
1-chorak
|
2- chorak
|
3- chorak
|
4- chorak
|
70-maktab
|
4-,5-sinflar:
4-sinf: Ona tili, matematika, Fransuz tili, tabiatshunoslik,
5-sinf: Ona tili, matematika, fransuz tili, geografiya
|
8-9-10-11-sinflar: Ona tili, matematika, Fransuz tili, Rus tili, Fizika, Kimyo, Biologiya,
Tarix, Davlat va huquq asoslari,geografiya, Informatika.
|
6-7-sinflarda: 6-sinf: Ona tili, matematika, Fransuz tili, rus tili, biologiya, tarix, geografiya, 7-sinf: Ona tili, matematika, Fransuz tili, rus tili, biologiya, tarix, geografiya, huquq
|
8-9-10-11-sinflar: Ona tili, matematika, Fransuz tili, Rus tili, Fizika, Kimyo, Biologiya,
Tarix, Davlat va huquq asoslari, geografiya, Informatika.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |