Qo`shma gaplar: substantsial talqin



Download 458,74 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/41
Sana03.01.2022
Hajmi458,74 Kb.
#315588
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41
Bog'liq
qoshma gaplar substantsial talqin

uzluksiz

  almashinuvi  va  tadqiq  manbai  mohiyatiga  bosqichma-bosqich  chuqurlashib,  unda 

yangi-yangi  tomon,  qirra,  munosabat  va  aloqadorliklarni  ochib  borishi

1

  o`zbek  tili  sintaksisini 



yevropaviy tadqiq usullarida o`rganishning nisbatan qisqa tarixida o`zining yorqin aksini topdi. 

Ona  tili  sifatida  o`zbek  tili  sintaksisining  talqin  va  tavsifida  generativ-transformatsion 

usullardan tashqari fanimizda o`z davrida ancha keng ommalashgan ilmiy-amaliy yondashish va 

yo`nalishlar sifatida uch asosiy maktabni sanab o`tish va bularni 

1)   formal yondashuv, 

2)   mazmuniy yondashuv, 

3) substantsial (formal-funktsional) yondashuv sifatida  ajratish mumkin. 

Har  uchala  maktabda  til  sistema  sifatida  qaraladi  va  tadqiqotu  tavsiflar  sistem  tahlil  asoslarida 

amalga  oshiriladi,  lekin  har  bir  yo`nalishda  sistema  (tizim)  va  sistem  munosabatlar  tabiatini 

tushunishda  jiddiy  farqlar  va  qarama-qarshi  talqinlar  mavjud.  Bunday  tafovutu  farqlar    tadqiq  

manbai    -  o`zbek  tili    sintaktik    qurilishining    -  serqirraligi  va  ichki  ziddiyatlar  majmuasidan 

iboratligi  bilan bog`liq;  har bir  yondashuv manbaning ma'lum bir qirrasini  yorqinroq ochish  va 

tavsiflashga, shu tomonni boshqa qirralardan ko`ra bo`rttirib tavsiflashga xizmat qiladi. 

Ilmiy yo`nalish tadqiq manbaining qaysi qirrasiga ko`proq e'tibor berishi uning maqsadi – 

serqirra  lisoniy  hodisaning  qaysi  jihatiga  qanday  maqsadlarni  ko`zlab  asosiy  diqqatni  qaratishi, 

shunga muvofiq  ravishda qanday  metodologik  tamoyillarga tayanishi-yu  qanday tadqiq usul va 

vositalaridan  foydalanishi  bilan  uzviy  bog`liqdir.  Shuning  uchun  ham  har  bir  yo`nalishning 

tahlil,  tavsif,  hukm  va xulosalari  ilmiy  maktabning  metodologik  asoslari  nuqtai  nazaridan  turib 

baholanishi  lozim.  Bir  yondashuv  talqin  va  hukmini  ikkinchi  yondashuv  nuqtai  nazaridan 

baholash  yoki  inkor  etish  -  tamoman  g`ayriilmiy  bo`lsa-da,  fanda  juda  keng  tarqalgan  hodisa  - 

umuman  fanning  mohiyatini  tushunmaslik,  tadqiq  manbaining  ma'lum  bir  qirrasini  (shu 

tadqiqotchi uchun  yaqin  tomonini)  manbaning  o`zi  bilan tenglashtirish (fetishizm)  yoki  o`zaro 

                                                 

1

  Бозоров О. Ўзбек тилида даражаланиш. Т.: Фан. 1995; Ne'matov Hamid, Hamroyeva Shahlo, Lingvistik tadqiq 



metodikasi, metodologiyasi va metodlari. Вuхого DU

 

. 2005 (Bu ish internetning ziyonet tarmog’ida ham mavjud)



,.

 

 




yaqin, aloqador hodisalarni aralashtirish (eklektizm) oqibatidir. Tom ma'noda ma'lum bir fanning 

taraqqiyot  holati  unda  mavjud  bo`lgan  yondashuv  va  yo`nalishlarning  tur  va  xillari  bilan  uzviy 

bog`liqdir  -  maktab  va  talqinlar  qanchalik  ko`p  va  rang-barang  bo`lsa,  fan  ham  shuncha 

rivojlangan sanaladi. Fanda talqinlar xilma-xilligi, tavsiflar rang-barangligi bo`lmasa, unda qotib 

qolgan, mutlaqlashtirilgan qoida va talqinlar hukmron bo`lsa, u inqiroz va tanazzul  holatidadir. 

Mana  shu  nuqtai  nazardan  bugungi  o`zbek  sintaksis  fanini  zamonamizning  keng  rivojlangan 

ilmiy  yo`nalishlaridan biri sifatida baholash lozim  -  unda teng huhuqli ilmiy maktablar sifatida 

xilma-xil talqinlar bir davrda yashab rivojlanib bir-birini to`ldirib kelmoqda... 

Yevropa tilshunosligida endi tarqalayotgan substantsial (formal-funktsional) yo n d a sh u 

v      o`zbek    tilshunosligi  bag`rida  funktsional  lingvistika  (Praga  strukturalizmi)  tahlil 

tamoyillarini  dialektik  mantiqning  ilmiy  tushunchaga  qo`yadigan  talablari  asosida  onglilik  va 

izchillik  bilan  to`ldirish  asosida  shakllangan  bo`lib,  voqelikdagi  (jumladan,  uning  parchasi 

bo`lmish  nutqdagi)  har  bir  narsada  umumiylik,  mohiyat,  imkoniyat  va  sabab  (UMIS)ni  va 

yakkalik,  hodisa,  voqelik,  oqibat  (YaHVO)  ni  farqlaydi.  UMISlarni  invariant,  YaHVOlarni  - 

variantlar  sifatida  baholab,  bevosita  kuzatishda  berilgan  YaHVOlarni  bevosita  kuzatishda 

berilmagan,  idrokiy  tahlil  asosidagina  ochiladigan  UMISlarning  moddiy  shakllarda  yuzaga 

chiqishi, ko`rinishi deb biladi. 

Sintaksis  bobida  substantsial  yondashuv  UMISlar  sifatida  faqat  sintaktik  qurilish 

qoliplarini  (modellarini)  tan  oladi  va  ularning  mohiyatini,  umumiy  ma'nosini  va  tizimiy 

qiymatini modellararo paradigmatik munosabatlardan keltirib chiqaradi. Mana shu tomoni bilan 

substantsial  yondashuv  modellarni  tan  oladigan,  lekin  ularning  paradigmatikasiga  e'tibor 

bermaydigan formal yondashuvdan tubdan farq qiladi. 

O`zbek  tilining  ichki  qurilish  qonuniyatlari,  jumladan,  gap  kesimining  morfologik  tugal 

shakllanganligi  -  tasdiq/inkor,  mayl/zamon,  shaxs/son  ma'no  va  formantli  bo`lishi  va  shuning 

uchun  eksplisit  ega  gap  qurilishida  muhim  konstruktiv  bo`lak  bo`la  olmasligi  -  asosida 

substantsial  yondashuvda  gap  markazi  sifatida  kesim  qabul  qilinadi  va  u  mohiyatan  mantiqiy 

bo`lgan  sub'yekt-predikat  aloqasiga  tayanib  emas,  balki  kesimlik  kategoriyasi  ko`rsatkichlari 

bilan  shakllantirilgan  atov  birligi  (mohiyatan  so`z  shakli)ning  sintaktik  (funktsiyasi  sifatida 

qaraladi. Sintaktik tahlil soqasida formal va substantsial  yondashuvlar orasida asosiy farq mana 

shunda. 


Substantsial  yondashuv  asosida  sodda  va  qo`shma  gap  qurilishi,  uning  turlari, 

ko`rinishlari,  o`zaro  munosabatlarini  qabul  qilish  yoki  inkor  etish  yuqorida  sanab  o`tilgan  ikki 

asosni  to`q`ri  (ilmiy  asoslangan  va  o`zbek  tilining  ontologik  tabiatini  aks  ettiruvchi)  yoki 

noto`q`ri  (o`zbek  tili  tabiatiga  yot  bo`lgan  me'yorlarni  chetdan  olib,  tilimiz  hodisalarini  shu 

andozalarga  tiqishtirish)  deb  sanash  bilan  bog`liq;  substantsial  tahlilning  asosi  inkor 



etilmaguncha, uning xulosalarini va hukmlarini inkor etish mumkin emas, chunki bu yondashuv 

ongli  va  izchil  metodologiyaga  tayanadi  va  o`z  tamoyillarini  mantiqiy-riyoziy  uzluksizlikda 

o`tkazadi.  Shuning  uchun  qat'iy  ishonch  bilan  aytish  mumkinki,  hozirgi  tilshunosligimizda 

o`zbek tili sintaktik qurilishi ikki xil sintaktik nazariya - formal va substantsial yondashuv nuqtai 

nazarlaridan talqin etilmoqda. 

Har  bir  yondashuvning  tahlil  tamoyillari  -  o`lchov  birliklari,  tarozu  toshlari  har  xil 

bo`lganligi sababli ularning hukm va xulosalarini - yuqorida aytib o`tganimizdek - o`z mezonlari 

nuqtai  nazaridan  turib  baholash  lozim.  Mezonlarning  asossizligi,  g`ayriilmiyligi,  tilimizning 

ontologik  tabiatidan  kelib  chiqmasligi  isbotlansa,  butun  yuza  qurilma,  qanchalik  pishiq  va 

mustahkam  bo`lmasin  –  asos  /poydevor/  fundament  qulagach,  butun  bino  qulaganidek  - 

batamom qulaydi. 

Quyidagi ishda o`zbek tilida qo`shma gap mohiyati, tasnifi, turlari, o`zaro munosabatlari 

haqida  hukm  va  xulosalar  onglilik  va  izchillik  bilan  substantsial  yondashuv  nuqtai  nazaridan 

chiqarilgan va ularni shunday yondashish nuqtai nazaridangina baholash mumkin... 

 


Download 458,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish