Qo‘shma gaplar bo‘yicha savоllar


Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi



Download 314 Kb.
bet22/24
Sana13.05.2020
Hajmi314 Kb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi

Ko‘chirma gap qo‘shtirnoq ichiga olinadi, badiiy asarlarda tire bilan ajratib beriladi.

Ko‘chirma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi quyidagicha bo‘ladi:

I. Ko‘chirma gap darak gap bo’lib, muallif gapidan oldin kelsa, undan keyin vergul va tire qo‘yiladi: "Yuring, men o 'sha tomonga boraman", - dedi Komila (badiiy asarlarda tire ishlatiladi). So‘roq va undov belgilari qo‘shtirnoq yopilmasdan oldin qo‘yiladi.

2. Ko’chirma gap muallif gapidan keyin kelsa, muallif gapidan keyin ikki nuqta qo‘yiladi: Bir kun Husayn Mirzo shipga qarab yotib, vazirlariga shunday debdi: - Olib keling!



3. Muallif gapi ko‘chirilgan gap ichida kelsa, tinish belgilari quyidagicha qo‘yiladi: !

1) ko‘chirilgan gapning uzilib qolgan qismida hech qanday tinish belgisi bo’lmasa yoki vergul yoxud ikki nuqta bo‘lsa, bu belgilar tushirilib, muallif gapi har ikki tomondan vergul va tire bilan ajratiladi: "Hazrat, -debdi Xudoyberdi unga qarab, - tandirni qurolmadim".

2) ko‘chirilgan gapning uzilib qolgan qismidan so‘ng nuqta qo‘yish lozim bo’lsa, muallif gapidan oldin vergul va tire, muallif gapidan so‘ng esa nuqta qo‘yiladi: "Noyib to‘raning gaplaridan bilinadi o‘zi, -dedi Miryoqub. - Siz bo’l gan gaplarni aytib bering".

3) ko‘chirilgan gapning uzilib qolgan qismidan so‘ng so‘roq yoki undov belgisi qo‘yish lozim bo‘lsa, muallif gapidan avval o‘sha belgi va tire qo‘yiladi, muallif gapidan so‘ng nuqta va tire qo‘yilib, ko‘chirma gapning davomi bosh harf bilan boshlanadi: Xadichaxon ko’zlarini ayyorlik bilan o’ynatib turib, kundoshiga qaradi: - Gapni eshitayotirsizmi?- dedi. - Ertaga biznikiga shaharlik mehmonlar kelishar ekan!. (Ch.)

4. Ko‘chirma gap muallif gapining o‘rtasida kelsa, tinish belgilari quyidagicha qo‘yiladi:



1) muallif gapining uzilib qolgan qismining oxiriga ikki nuqta qo‘yilib, ko‘chirilgan gap qo‘shtirnoq ichiga olinadi; ko‘chirilgan gapdan keyin vergul va tire qo‘yilib, keyin muallif gapining davomi yoziladi: Saodat: "Biz ham astoydil mehnat qildik", - dedi.

2) ko‘chirma gap so‘roq yoki his-hayajon gap bo‘lsa, ularning belgilari qo‘shtirnoq ichida bo‘ladi: O‘qituvchimiz: "Sen qaysi badiiy kitoblarni oqib chiqqansan?" - deb so 'radilar.

5. Ko‘chirma gaplar hamsuhbatlarning luqmasi tarzida ifodalanganida yozma nutqda har bir luqmadan avval tire qo‘yiladi. Bu luqmalarda muallif gapi bo’lmaydi: - Shaharda qarindoshingiz bormi? - Yo 'q.


Download 314 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat