Qo’shma gaplar ( Umumiy test ) “A” test Quyida berilgan bog’lovchi vositalardan qaysi biri faqat bosh gap tarkibida qo’llanadi? A) nisbiy so’zlar B) -ki yuklamasi C) -sa shart mayli D) deb so’zi
Quyida berilgan bog’lovchi vositalardan qaysi biri faqat ergash gap tarkibida qo’llanadi? A) deb so’zi B) -ki yuklamasi C) nisbiy so’zlar D) ko’makchili qurilmalar
Qismlari teng bog’lovchilar va bo’lsa, esa so’zlari yordamida bog’langan qo’shma gaplar qanday nomlanadi? A) bog’langa qo’shma gaplar B) ergashgan qo’shma gaplar C) bog’lovchisiz qo’shma gaplar D) ko’chirma gapli qo’shma gaplar
Qismlari biriktiruv bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma ga qismlari orasida qanday munosabat aks etadi? 1) qiyoslash 2) payt 3) zidlik 4) sabab-natija 5) ayirish A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,4 C) 2,3,4 D) 2,4
Qismlari bo’lsa, esa so’zlari yordamida bog’langan qo’shma gaplar qanday mazmuniy munosabatni ifodalaydi? 1) zidlik 2) payt 3) qiyoslash 4) shart A) 1,2,3,4 B) 2,4 C) 1,3 D) 1,2,3
Bog’langan qo’shma gap qismlari qanday bog’lovchilar bilan bog’langanda galma-galllik va birini ajratib ko’rsatish munosabati ifoda etiladi? A) Biriktiruv bog’lovchilari B) zidlov bog’lovchilari C) ayiruv bog’lovchilari D) bo’lsa, esa so’zlari
Quyidagi vositalardan nechtasi ergashgan qo’shma gap qismlaini bog’lash uchun xizmat qiladi? 1) –ki yuklamasi 2) nisbiy so’zlar 3) na…na inkor yuklamasi 4) –sa shart mayli 5) ergashtiruvchi bog’lovchilar 6) ko’makchili qurilmalar 7) ergashtiruvchi bog’lovchilar A) to’rttasi B) yettitasi C) beshtasi D) oltitasi
Quyidagi qaysi qo’shma gap qismlari orasida // belgisi o’rnida nuqtali vergul qo’llanishi lozim? A) Mening bir jaydari falsafamdir shu// hargiz iltimosga kuning qolmasin. B) Kampirning jig’ibiyroni chiqdi//ombordan olib chiqqan bir savat paxtasi va chig’irig’ini ko’tarib, vaysaganicha, uyiga kirib ketdi. C) G’animlar duch kelar//jang bo’lar puxta. D) Ruboiyni ichida o’qidi//yuzini tabassum qopladi.
Quyidagi qaysi qo’shma gap qismlari orasida // belgisi o’rnida vergul qo’llanishi lozim? A) Mening bir jaydari falsafamdir shu// hargiz iltimosga kuning qolmasin. B) Kampirning jig’ibiyroni chiqdi//ombordan olib chiqqan bir savat paxtasi va chig’irig’ini ko’tarib, vaysaganicha, uyiga kirib ketdi. C) G’animlar duch kelar//jang bo’lar puxta. D) Ruboiyni ichida o’qidi//yuzini tabassum qopladi.
Quyidagi qaysi qo’shma gap qismlari orasida // belgisi o’rnida ikki nuqta qo’llanishi lozim? A) Mening bir jaydari falsafamdir shu// hargiz iltimosga kuning qolmasin. B) Kampirning jig’ibiyroni chiqdi//ombordan olib chiqqan bir savat paxtasi va chig’irig’ini ko’tarib, vaysaganicha, uyiga kirib ketdi. C) G’animlar duch kelar//jang bo’lar puxta. D) Ruboiyni ichida o’qidi//yuzini tabassum qopladi.
Quyidagi qaysi qo’shma gap qismlari orasida // belgisi o’rnida tire qo’llanishi lozim? A) Mening bir jaydari falsafamdir shu// hargiz iltimosga kuning qolmasin. B) Kampirning jig’ibiyroni chiqdi//ombordan olib chiqqan bir savat paxtasi va chig’irig’ini ko’tarib, vaysaganicha, uyiga kirib ketdi. C) G’animlar duch kelar//jang bo’lar puxta. D) Ruboiyni ichida o’qidi//yuzini tabassum qopladi.